Ayrim Isroil amaldorlari urushni cho‘zmoqchi — AQSH vitse-prezidenti
Vitse-prezident Jey Di Vensning yangi bayonoti AQSH va Isroil o‘rtasidagi kelishmovchilik tobora oshib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Siyosat
16.07.2026, 15:54
Ulashish:

AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens 15-iyul kuni boshlovchi Jo Rogan bilan bo‘lib o‘tgan podkastda aytishicha, Isroil hukumatining ayrim vakillari AQSh jamoatchiligini Eron bilan urushni yakunlash bo‘yicha kelishuvga qarshi chiqishga undagan.
Vens avvalgi chiqishlarida ham Isroil hukumati siyosatini tanqid ostiga olgan. Ko‘pchilik uni kelajakda prezidentlikka ehtimoliy nomzod sifatida ko‘radi. AQSH va Isroil o‘rtasidagi ochiq kelishmovchilik esa tobora oshib bormoqda.
Vens o‘tgan oy Eron bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni himoya qildi.
AQSH va Isroildagi tanqidchilar ushbu kelishuv Eronning raketa dasturini cheklamaganini, yadro inshootlari yopilishini nazarda tutmaganini hamda Isroilning Livandagi “Hizbulloh” harakatiga qarshi harbiy amaliyotlarini cheklab qo‘yganini ta’kidlamoqda.
“Men shubhasiz bilamanki, Isroil hukumati ichida AQSHni ushbu kelishuvdan qaytarishga urinayotganlar bor. Chunki ular harbiy harakatni davom ettirishni istaydi”, — dedi Vens.
Vitse-prezidentning aytishicha, u Isroil hukumatining ayrim a’zolari bilan yaxshi munosabatda. Biroq ularning parlamentida AQSH jamoatchilik fikrini o‘zgartirish va urushni noma’lum muddatga cho‘zishga urinayotgan shaxslar ham borligi haqiqat.
Vens iyun oyida ham Eron bo‘yicha kelishuvni tanqid qilgan Isroil vakillariga keskin javob qaytargan edi. U prezident Donald Trampni Isroilning yagona haqiqiy ittifoqchisi deb atab, AQSH Isroilga milliardlab dollar mudofaa yordami ko‘rsatishini eslatgan.
Isroilning yuqori martabali amaldorlari anonim tarzda kelishuv shartlari Isroil manfaatlariga mos emasligini bildirgan. Ularning fikricha, hujjatda Eronning yadro va ballistik raketa dasturlari bilan bog‘liq asosiy xavotirlar inobatga olinmagan.
Vensdan, agar Isroilning ta’siri bo‘lmaganida AQSH Eron bilan so‘nggi urushda ishtirok etarmidi, deb so‘ralganda, u: “Mening fikrimcha, ha, albatta”, — deb javob berdi.
“Prezident Isroilning har qanday ta’siridan qat’i nazar, Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak, degan pozitsiyada. Men ham bunga qo‘shilaman”, — dedi Vens.
Siyosat
16.07.2026, 15:54
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

“Butun Livan yonishi, minglab livanlik onalar yig‘lashi kerak” — Itamar Ben Gvir
Jahon
19.06.2026, 15:12

“Zudlik bilan to‘xtang“ – Tramp Eron va Isroildan o‘t ochmaslikni so‘ramoqda
Jahon
08.06.2026, 17:33

Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jahon
04.06.2026, 12:22

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida
Jahon
01.07.2025, 13:07

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi
Siyosat
07.10.2026, 15:25
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
