Pokiston, Saudiya Arabistoni va Turkiya qöşma mudofaa bitimini imzoladi
Kelishuvga köra, uç davlatdan biriga qarşi amalga oşirilgan qurolli hujum uçala davlatga qarşi hujum sifatida baholanadi.
Siyosat
08.08.2026, 10:46
Ulashish:

7-avgust kuni Pokiston, Saudiya Arabistoni va Turkiya jamoaviy xavfsizlik, mudofaa sohasidagi hamkorlik hamda mintaqaviy barqarorlikka sodiqligini tasdiqlovçi Makka qöşma mudofaa bitimini imzoladi.
Pokiston taşqi işlar vazirligiga tayangan holda The Express Tribune naşrining xabar berişiça, kelişuv tajovuzkorlik harakatlariga qarşi jamoaviy tiyib turiş mexanizmini belgilaydi. Unga köra, uç davlatdan biriga qarşi amalga oşirilgan qurolli hujum uçala davlatga qarşi hujum sifatida baholanadi.
Vazirlik uşbu pakt uç davlat örtasidagi uzoq yillik tarixiy aloqalar, mustahkam birodarlik riştalari, islomiy birdamlik, strategik manfaatlar va mudofaa sohasidagi hamkorlikka asoslanganini ta’kidladi.
Kelişuv Pokiston, Saudiya Arabistoni va Turkiya örtasida mudofaaning barça yönalişlarida hamkorlikni kuçaytirişni ham nazarda tutadi.
Kelişuvni Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon hamda Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi va Boş vaziri Muhammad bin Salmon Makkadagi As-Safo saroyida bölib ötgan Qöşma mudofaa böyiça Makka al-Mukarrama sammitida imzolagan.
Uç mamlakat yetakçilari Saudiya Arabistoni, Pokiston va Turkiya örtasidagi uzoq yillik munosabatlarni, şuningdek, özaro manfaatli bölgan bir qator masalalarni körib çiqqan.
Qöşma Ştatlar mintaqaviy tahdidlarni tiyib turişga urinayotgan bir paytda, bu uç davlat Yaqin Şarqdagi tartibsizliklar va Isroilning tobora kuçayib borayotgan keskinligidan xavotirda ekanligini ma’lum qilgan.
Uşbu mudofaa pakti, şuningdek, Saudiya Arabistoni va Pokiston örtasida 2025-yil sentyabr oyida imzolangan “Strategik özaro mudofaa töğrisidagi bitim”ga asoslanadi.
Öşa vaqtdagi Pokiston-Saudiya qöşma bayonotida ham“mamlakatlardan biriga qilingan har qanday tajovuz har ikkisiga qilingan tajovuz deb hisoblanişi” qayd etilgan.
Mavzuga oid yangiliklar

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza quradi
Jahon
08.10.2026, 08:45

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Turkiya 2040-yilgacha tamaki mahsulotlari savdosini taqiqlashni rejalashtirmoqda
Jahon
16.09.2026, 16:46

Husiylar qanday qilib Eronning eng kuchli ittifoqchisiga aylandi?
Jahon
27.08.2026, 11:21
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
