Rossiya armiyasiga 20 mingdan ortiq markaziy osiyolik yollangan
2026-yil 1-oktyabrgaça Markaziy Osiyo davlatlaridan 20 mingdan ortiq kişi Rossiya armiyasi bilan şartnoma imzolagan. Ularning aksariyati majburan yoki turli hiyla usullari bilan majburlanayotgan bölsa-da, Markaziy Osiyo hukumatlari bunga oçiq munosabat bildirmayapti. Xöş, buning sababi nima va Rossiya fuqarolarni uruşga qanday yöllar bilan jalb qilmoqda?
Siyosat
23.10.2026, 15:31
Ulashish:

Ukraina tomonidan yuritiladigan “Yaşaşni xohlayman” (I Want to Live) loyihasi 2026-yil 1-oktyabr holatiga köra, Rossiya Ukraina bilan uruşda Markaziy Osiyoning beş mamlakatidan 20 437 nafar fuqaroni yollaganini ma’lum qildi.
Manbada aytilişiça, Rossiya armiyasi bilan şartnoma imzolagan xorijiy fuqarolarning umumiy soni 45 959 nafar. Uning 44 foizini esa Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari taşkil etadi.
Şuningdek, Rossiya qurolli kuçlari safida jang qilayotgan markaziy osiyoliklar soni Tojikiston armiyasidagi harbiy xizmatçilar sonidan ham köpligi ta’kidlangan. Loyihaga köra, Tojikiston armiyasida 9 500 nafar harbiy xizmatçi bor.
Mintaqada uruşga yollaniş kölami keskin oşgan. Beş mamlakat böyiça tuzilgan şartnomalar soni:
- 2022-yilda 56 ta;
- 2023-yilda 1 396 ta;
- 2024-yilda 4 119 ta;
- 2025-yilda 8 497 tani taşkil qilgan.
2026-yilning dastlabki töqqiz oyida esa 6043 ta şartnoma qayd etilgan.
2025-yildagi körsatkiç 2024-yildagidan 2,1 baravar köp. 2026-yilning dastlabki töqqiz oyidagi natija esa 2025-yilgi umumiy körsatkiçning allaqaçon 71 foiziga yetgan.
Rossiyaga qöşni mamlakatlarda til, madaniy aloqalar va migratsiya bilan boğliq yaqin munosabatlar mavjudligi sabab odamlarni jalb qiliş nisbatan oson.
Jadvalda keltirilgan jami 20 437 ta şartnoma tarkibida imzolangan sanasi noma’lumlari ham bor. Şu sabab umumiy körsatkiç yillar böyiça berilgan raqamlar yiğindisidan yuqori.
Mamlakatlar kesimida
Eng köp yollanganlar Özbekiston fuqarolari bölib, 2022-yildan buyon ularning soni 8 207 nafarni taşkil etadi. Bu mintaqa böyiça umumiy körsatkiçning 40 foizidir.
Keyingi örinlarda:
- Tojikiston – 5 308 nafar (26 foiz);
- Qozoğiston – 3 819 nafar (19 foiz);
- Qirğiziston – 2 219 nafar (11 foiz);
- Turkmaniston – 884 nafar (4 foiz) qayd etilgan.
Özbekistonlik safarbar etilganlar soni 2024-yildagi 1 446 nafardan 2025-yilda 3 487 nafarga kötarilgan. 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida esa bu körsatkiç 2 602 nafardan iborat bölgan.
Tojikistonda esa yillik ösiş 2024-yildagi 1 126 nafardan 2025-yilda 2 285 nafarga yetgan. 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida mamlakatdan 1 432 nafar fuqaro yollangan.
Yuqoridagi barça raqamlar “Yaşaşni xohlayman” loyihasi tomonidan Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga tayangan holda berilgan. Undagi raqamlarni töliq tasdiqlangan hisob sifatida emas, balki hozirça aniqlangan şaxslar soni sifatida talqin qiliş töğriroq.
Töliq röyxat esa katta ehtimol bilan Rossiya mudofaa vazirligida mavjud, biroq, tabiiyki, ular buni e’lon qilmaydi.
Loyiha vakillari Markaziy Osiyo hukumatlarini fuqarolarining taqdiri yuzasidan Moskvadan izoh söraşga, ularni yollaş tafsilotlarini aniqlaşga hamda Rossiya uruşga jalb qilgan insonlarni vatanga qaytariş çoralarini körişga çaqirdi.
Markaziy Osiyo nega jim?
Markaziy Osiyo hukumatlari bir neça bor Rossiya elçilarini çaqirtirgan. Sönggi ikki yil içida Bişkek Moskvadagi hammomlardan biriga politsiya uyuştirgan reyd ortidan şunday qildi. Reyd davomida qirğizistonlik migrantlar kaltaklangan edi. Toşkent şovinist yozuvçi Zaxar Prilepin Özbekiston hududini “qöşib oliş” haqida oçiq fikr bildirganidan söng Rossiya elçisi TIVga taklif etildi. Duşanbe esa Moskva yaqinida tojikistonlik maktab öquvçisining öldirilişi yuzasidan tekşiruv va aybdorlarni jazolaşni talab qildi.
Bu holatlar mintaqa davlatlari ayrim masalalarda Kremlga oçiq e’tiroz bildirişga jur’at eta olişini isbotlaydi.
Biroq Rossiya ayrim hollarda Markaziy Osiyo fuqarolarini majburan yoki turli soxta ayblovlar uyuştirib, Ukrainaga qarşi uruşga jalb qilişiga kelganda, rasmiy Ostona, Bişkek, Duşanbe va Toşkent asosan sukut saqlamoqda.
Ukrainalik jurnalist Grigoriy Pirlikning Turan Research Center saytida e’lon qilgan tahliliga köra, buning sababi Kremlning harbiy xizmatçilarga bölgan ehtiyojiga borib taqaladi.
Xöş, nega xorijliklarni yollaş Moskva uçun muhim?
2022-yil sentyabr oyida Putinning “qisman” safarbarlik e’lon qilişi Kreml eng köp xavfsiragan oqibatlarga olib keldi: önlab şaharlarda norozilik namoyişlari va mehnatga layoqatli erkaklarning mamlakatdan ommaviy ravişda çiqib ketişi boşlandi. Hisob-kitoblarga köra, öşa yili Rossiyani tark etganlar soni million nafargaça yetgan.
Moskva bundan muhim xulosa çiqardi: majburiy harbiy xizmatga oçiq çaqiruv nihoyatda xatarli. Şundan söng Kreml pul evaziga köngillilarni jalb qilişga ötdi. Ularga şartnoma imzolagani uçun mömaygina bir martalik tölov va amaldagi iş haqlaridan ança yuqori oylik maoş taklif qilina boşlandi.
Ayniqsa, Rossiya uçun xorijliklar ahamiyatli. Çunki, jang maydonidagi yöqotişlar ança katta. NATO hisob-kitoblariga köra, Rossiyaning umumiy talafotlari 1,3–1,45 million kişiga yetgan, halok bölganlar soni 500 mingdan ortiq.
Xorijliklarni yollaş orqali esa Kreml frontni yangi harbiy xizmatçilar bilan töldirişi mumkin. Natijada rossiyaliklar ölimi ham, Rossiya içida norozilik ham kamayadi.
2026-yil martida Rossiya şartnoma asosida armiyada xizmat qilgan va janglarda qatnaşgan xorijiy fuqarolarni boşqa davlatlarga ekstraditsiya qilişni ma'lum darajada çeklovçi hamda ularni ma’muriy çiqarib yuborişdan himoya qiluvçi qonunlarni qabul qildi.
Endi öz vatanida jinoiy javobgarlikka tortilişdan xavfsirayotgan bölajak yollanma askar xotirjam bölaverişi mumkin. Uruşga borsa bas, Rossiya uni öz davlatiga topşirmaydi.
Fuqarolari frontga olib ketilayotgan davlatlarga bu aniq signal: yollaş jarayoni Rossiyaning jangni davom ettiriş salohiyati uçun nihoyatda zarur. Şu bois, bu masalada Moskvaga bosim ötkaziş yoki norozilik bildiriş yaxşilikka olib kelmasligi mumkin.
Markaziy Osiyo davlatlari esa Rossiya bilan mehnat migratsiyasi, pul ötkazmalari va savdo jihatidan muhim hamkor hisoblanadi.
Migrantlar qanday qilib uruşga jalb qilinmoqda?
Rasmiy ma’lumotlarga köra, Rossiyada taxminan 1,3 million özbekistonlik va qariyb bir million tojikistonlik mehnat qiladi.
Uruşda qatnaşiş roziligini olişda qöllaniladigan usullar rağbatlantirişdan tortib oçiqdan oçiq majburlaşgaça bölgan çoralardan iborat. Odatda şartnoma imzolaganlik uçun yirik miqdordagi tölovlar va soddalaştirilgan tartibda fuqarolik berilişi va’da qilinadi.
Giyohvand moddalar bilan boğliq soxtalaştirilgan işlarda qölga olingan, aslida esa aybsiz migrantlarga qamoq yoki harbiy şartnomadan birini tanlaş şarti qöyiladi. Mehnat nizolari ham xuddi şunday ultimatum orqali hal qilinadi.
Umumiy manzara bir xil: Rossiya huquqiy va iqtisodiy jihatdan himoyasiz odamlarni frontdagi harbiy kuçga aylantirmoqda.
Markaziy Osiyolik asirlar Ukraina lagerlarida uzoq qolib ketmoqda
Kiyev Rossiya armiyasining barça harbiy xizmatçilariga, ularning fuqaroligidan qat’i nazar, duşman askari sifatida qaraydi. Asirlar almaşinuvida harbiy tutqunlar özlari xizmat qilgan davlatga qaytariladi. Bu holatda – Rossiyaga.
Biroq Moskva asirlarni almaşişda öz fuqarolarini birinçi öringa qöyadi. “Yaşaşni xohlayman” loyihasi ma’lumotlariga köra, şu kungaça Rossiya asirlar almaşinuvida Markaziy Osiyo fuqarolaridan birortasini ham söramagan. Faqat Rossiya pasportiga ega sanoqli markaziy osiyoliklargina qaytarilgan.
Mintaqa öz davlatida qanday çoralar körmoqda?
Markaziy Osiyo davlatlarining barçasida yollanma askarlik va xorijiy mojarolarda qatnaşiş jinoiy javobgarlikka sabab böladi.
Turan Research Center tahliliga köra, Qozoğistonda 2023–2025-yillarda xorijiy qurolli mojarolarda qatnaşiş bilan boğliq 20 ta sud qarorining 19 tasi aynan şu jinoyat tarkibi böyiça çiqarilgan. 2025-yilda esa Qozoğiston huquqni muhofaza qiluvçi organlari xorijiy qurolli mojarolarda qatnaşiş böyiça 709 ta, yollanma askarlik böyiça 28 ta jinoyat işi qözğatgan.
Qirğiziston yollanma askarlik böyiça kamida 16 ta hukm çiqargan. 2025-yil aprelida yollaş bilan boğliq işlar yuzasidan tört kişi hibsga olingan. Biroq Rossiya elçisi Qirğiziston xavfsizlik xizmati rahbari bilan uçraşganidan keyin ulardan ikkitasi uy qamoğiga çiqarilgan.
Özbekiston 2022-yildan 2025-yilgaça Jinoyat kodeksining 154-moddasi — “Yollaniş” böyiça 338 ta jinoyat işi qözğatgan. Körib çiqilgan 15 ta sud hukmidan beştasida ayblanuvçilar ozodlikdan mahrum etilgan. Qolgan hollarda ozodlikni çeklaş jazosi berilgan.
Tojikiston boş prokurori 2026-yil fevralida birorta ham tojikistonlik uşbu masala böyiça javobgarlikka tortilmaganini tasdiqlagan.
Turkmanistonda esa Ukrainadagi uruşdan qaytgan bir jangçi pora beriş orqali jazodan qutulib qolgani haqida xabarlar mavjud.
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiya yangi safarbarlik boshlagan – Zelenskiy
Jahon
29.09.2026, 11:27

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Rossiyada migrantlar uchun majburiy imtihon bekor qilinishi mumkin
Siyosat
13.10.2026, 17:06

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lida muhim tunnel qurib bitkazildi
Jahon
08.09.2026, 16:09

2026-yilda O‘zbekistondan ko‘chib ketganlarning 83 foizi Qozog‘istonga yo‘l olgan
Oʻzbekiston
07.09.2026, 14:31

Rossiya ukrainalik bolalarni frontga tayyorlamoqda
Jahon
03.08.2026, 12:02
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
So'nggi yangiliklar

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Özbekistonda gaz ballonlari noqonuniy sotilmoqda
Oʻzbekiston
23.10.2026, 09:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
