Rossiya Yevropa bilan muzokaralarga tayyor – Dmitriy Peskov
Kreml matbuot kotibi Rossiya Yevropa davlatlari bilan muloqotga ochiq ekanini, biroq ultimatumlarni qabul qilmasligini aytdi.
Siyosat
19.06.2026, 17:59
Ulashish:

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, kun tartibida bir talay murakkab masalalar borligi hisobga olinsa, sog‘lom fikr muzokaralarni taqozo etadi. Biroq yevropaliklar Rossiyaga nisbatan o‘z yondashuvini o‘zgartirishi lozim.
“Yevropaliklar yanglish qarashga ega: ular Rossiya bilan muzokaralar kuchli pozitsiyadan va Rossiyaning zaifligiga tayanib olib borilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu – eng katta xato... Bunday gaplar bilan biron narsaga erishish mahol”, – dedi u jurnalistlarga.
Putin Yevropa hukumatlari bilan muzokaralarga ochiqligini, biroq birinchi qadamni ular qo‘yishi kerakligini, chunki aloqalarni aynan ular uzganini ta’kidlagan. Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bostirib kirgani sababli Rossiyaga qarshi 20 bosqichli sanksiyalar joriy etgan.
Yevropa pozitsiyasining o‘zgarishi
Bir yildan oshiq vaqt davomida chetda turib, ziddiyatga barham berish vositachiligini AQSh prezidenti Donald Trampga qo‘yib bergan Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan aloqa o‘rnatishni ehtiyotkorona tarzda boshladi.
Yevropa Kengashi raisi Antonio Koshtaning idorasi so‘nggi haftalarda aloqa kanallarini ochish maqsadida Kreml bilan diplomatik darajada qisqa muloqotlar o‘tkazgan.
Avstriya kansleri Kristian Shtoker “Financial Times” nashriga bergan intervyusida Yevropa Ittifoqi Putin bilan muzokaralarni qayta boshlash uchun Ukrainadagi tinchlik muzokaralari atrofidagi “qulay vaziyat”dan foydalanishi kerakligini aytdi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, agar qarshi taraf haqiqiy muloqotga kirishmoqchi bo‘lsa, Rossiya muzokara o‘tkazishga tayyor, biroq bu pand-nasihat qilish yoki ultimatum qo‘yish uchun bo‘lmasligi kerak.
Moskvaga dron zarbalari berildi
Ukraina Rossiya ichkarisidagi portlar, neftni qayta ishlash zavodlari va boshqa muhim infratuzilmalarga bergan dron zarbalari tufayli urushdagi vaziyat o‘zgartirayotganini aytmoqda. Moskva esa buni rad etib, agar diplomatik kelishuvga erishilmasa, maqsadlariga yetish uchun kurashni davom ettirishini ta’kidlamoqda.
Moskva viloyati gubernatorining ma’lum qilishicha, 18-iyun kuni poytaxt va uning atrofidagi hududlarga qilingan keng ko‘lamli Ukraina hujumida sakkiz yoshli qizaloq halok bo‘lgan.
Neftni qayta ishlash zavodining yonayotgan tasvirlari Putinga ko‘rsatilgan-ko‘rsatilmagani haqidagi savolga javoban Rossiya kuchlari zarba bergan Ukraina shaharlarini ko‘rishni tavsiya qildi Peskov. “Bu zarbalar davom etadi”, — dedi u.
Siyosat
19.06.2026, 17:59
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27

Zelenskiyning taklifi Putinga yetkazildi – Kreml
Jahon
05.06.2026, 16:01

Fransiya harbiylari Rossiya neft tankerini to‘xtatdi
Jahon
01.06.2026, 11:25

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Tramp Kim Chen In bilan yana uchrashadimi?
Jahon
01.10.2026, 13:21
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
