Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik - Vladimir Solovyov nima demoqchi?
«Oʻyin tugadi. Biz xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik», — rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov Markaziy Osiyoni Rossiyaning navbatdagi «maxsus operatsiya» nuqtasiga aylantirishga chaqirdi.
Siyosat
13.01.2026, 09:49
Ulashish:
Xalqaro huquqni ochiq inkor etish
Solovyov oʻz chiqishlarida xalqaro huquqiy meʼyorlarga rioya qilish niyati yoʻqligini yashirmadi. Uning taʼkidlashicha, milliy xavfsizlik manfaatlari har qanday xalqaro qoidalardan ustun turadi.
«Biz tushuntirishimiz kerak: oʻyinlar tugadi. Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik», — dedi u.
Shuningdek, u Ukrainada boshlangan harbiy harakatlar boshqa mintaqalarda ham takrorlanishi mumkinligini ochiq tan oldi:
«Agar milliy xavfsizligimiz sabab Ukraina hududida maxsus harbiy operatsiyani boshlagan boʻlsak, aynan shu mulohazalardan kelib chiqib, taʼsir doiramizning boshqa nuqtalarda ham nega uni boshlamasligimiz kerak?» — dedi Solovyov.
Geosiyosiy ustuvorliklar va mintaqaviy tahdidlar
Kreml propagandisti Rossiya uchun «yaqin xorij» — avvalo Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlari Suriya yoki Venesuela kabi uzoq hududlardan ancha muhim ekanini taʼkidladi. Uning fikricha, ushbu mintaqalarda taʼsirni yoʻqotish Rossiya uchun jiddiy strategik oqibatlarga olib kelishi mumkin.
«Venesueladagi voqealardan koʻra Armanistonda yuz berayotgan jarayonlar biz uchun ancha ogʻriqli. Armanistonni yoʻqotish — ulkan muammo», — dedi u.
Markaziy Osiyo haqida esa quyidagicha baho berdi:
«Osiyodagi, Oʻrta Osiyodagi, ular aytganidek, Markaziy Osiyodagi muammolar biz uchun katta falokatka aylanishi mumkin. Shu sababli maqsad va vazifalarimizni aniq belgilab olishimiz shart», — deya taʼkidladi Solovyov.
Zoʻravonlikka ochiq daʼvatlar
Solovyov Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari «yetarlicha shafqatsiz emas» degan fikrni ilgari surib, boshqa hududlarda yanada «qonunsiz va shafqatsiz» usullarni qoʻllashni taklif qildi. U Rossiya manfaatlari doirasiga kiruvchi mamlakatlarda «har qanday hokimiyat boʻlishi mumkin, faqat antirossiyachi boʻlmasligi kerak», deya Armaniston va Gruziyani misol sifatida tilga oldi.
Shuningdek, u zarurat tugʻilsa, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni oʻgʻrilashga oʻxshash maxsus operatsiyani ham amalga oshirish mumkinligini aytdi. Solovyov bu fikrlarida Donald Trampning Grenlandiya va Venesuela haqidagi bahsli ritorikasiga ham ishora qildi.
Vladimir Solovyovning bayonotlari Rossiyaning oʻz «taʼsir doirasi» deb bilgan hududlarda, jumladan Markaziy Osiyo va Armanistonda harbiy aralashuv ehtimolini istisno qilmayotganini koʻrsatadi. Bu esa xalqaro huquqni ochiq rad etish va milliy xavfsizlikni bahona qilib, qoʻshni davlatlar suverenitetiga tahdid solish demakdir.
Siyosat
13.01.2026, 09:49
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada migrantlarni ishdan boʻshatish tartibi soddalashtirildi
Jahon
02.03.2026, 13:46

Oʻzbekiston rossiyaliklar orasida kuzgi sayohatlar uchun eng mashhur yoʻnalishlardan biriga aylandi
Oʻzbekiston
20.09.2025, 14:30

Yangi Toshkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etiladi
Siyosat
11.09.2025, 09:01
Tramp Yevropani Rossiya neftidan voz kechishga chaqirdi
Jahon
05.09.2025, 13:33
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
So'nggi yangiliklar

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi
Jahon
19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda
Jahon
19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan
Iqtisodiyot
18.09.2026, 15:13

O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilgan
Jahon
18.09.2026, 15:10

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi
Oʻzbekiston
17.09.2026, 16:39

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda
Jahon
17.09.2026, 16:19

Turkiya 2040-yilgacha tamaki mahsulotlari savdosini taqiqlashni rejalashtirmoqda
Jahon
16.09.2026, 16:46

Trampning boyligi 7 mlrd dollarga yetdi — Forbes
Iqtisodiyot
16.09.2026, 16:16

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Rossiya droni Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga zarba berdi: 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
16.09.2026, 14:20

Tibbiyot xodimlariga 2027 yildan har oy ustamalar tölanadi
Iqtisodiyot
16.09.2026, 14:18

Chempionlar ligasida oʻzbek klublari uchun necha million dollar tikilgan?
Sport
16.09.2026, 12:07

Islom Karimov shaxsi va Yelizaveta II bilan uchrashuv | Beruniy Alimov
Madaniy
16.09.2026, 11:29

Bahsli xarita: Xitoyning qo‘shnilariga hududiy da’volari
Jahon
15.09.2026, 17:16

Qamashida 2 ming yildan ortiq tarixga ega mehrob va ostodon topildi
Madaniy
15.09.2026, 12:32

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi
Oʻzbekiston
15.09.2026, 11:46
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
