“Grand Swiss-2025”: Samarqandda 855 ming dollarlik shaxmat turniri yakunlandi
Samarqandda qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan “Grand Swiss-2025” turnirining gʻolib va sovrindorlari, 2026 yilgi jahon chempionati nomzodlar musobaqasida ishtirok etish huquqiga ega chiqqan shaxmatchilar nomi aniqlandi.
Sport
17.09.2025, 18:29
Ulashish:

Deyarli ikki hafta mobaynida dunyo shaxmat ishqibozlari, mutaxassislari eʼtiborini Oʻzbekistonga qaratgan musobaqalar har jihatdan yuqori saviyada oʻtgani, unda kutilmagan natijalar qayd etilgani bilan “Grand Swiss-2025” xalqaro shaxmat olamida yangi tarix yaratdi.
Erkaklar musobaqasida 11 imkoniyatdan 8,5 ochko jamgʻargan niderlandiyalik Anish Giri gʻoliblikni tantana qilgan boʻlsa, undan yarim ochko ortda qolgan germaniyalik Mattias Blyubaumga 2-oʻrin nasib etdi.
Oʻzbekiston shaxmatchilaridan Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev 7 ochko bilan 116 nafar ishtirokchi orasida qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra 10 va 14-oʻrinlardan joy egalladi.
Ayollar musobaqasida 8 ochkodan jamgʻargan hindistonlik Vayshali Rameshbabu va FIDE bayrogʻi ostida turnirda qatnashgan Katerina Lagno sovrinli oʻrinlar bilan bir qatorda nomzodlar turnirida qatnashish huquqiga ega chiqdi.
Samarqandda kechgan musobaqalarda amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukesh, turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi Rameshbabu Praggnanandxa, FIDE reytingida 4-oʻrin sohibi Yan Nepomnyashiy kabi bir qator kuchli shaxmatchilar 6 ochko bilan 40-50-pogʻonalardan joy olgani har bir turdagi bahslar nechogʻli murakkab oʻtgani, shaxmatchilarning bilim darajasi yildan yilga yuksalayotganini koʻrsatdi.
Taqdirlash marosimida ishtirok etgan Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi bosh direktori, mamlakat shaxmat federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari A.Saʼdullayev, Samarqand viloyati hokimi A.Boboyev va boshqalar “Grand Swiss-2025”ning gʻolib va sovrindorlariga tegishli darajadagi mukofotlarni topshirdi.
Shuningdek, 2026 yilgi jahon chempionati nomzodlar musobaqasida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan Giri, Blyubaum, Vayshali va Lagnoni qizgʻin tabriklab, tegishli sertifikatlarni taqdim etishdi.
Sport
17.09.2025, 18:29
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Samarqandda mukofot jamgʻarmasi 855 ming AQSh dollari boʻlgan shaxmat turniri boshlandi
Sport
04.09.2025, 17:28

Magnus Karlsen: Sindarovning natijasini hech kim kutmagandi
Sport
06.04.2026, 13:50

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi
Sport
09.02.2026, 15:30

Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyadagi nufuzli shaxmat turnirida gʻalaba qozondi
Sport
02.02.2026, 09:47

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi
Siyosat
31.10.2025, 10:13

Rustam Qosimjonov Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Sport
28.10.2025, 14:17
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
So'nggi yangiliklar

BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi
Jahon
16.04.2026, 10:14

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi
Oʻzbekiston
15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda
Jahon
15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin
Iqtisodiyot
15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring
Oʻzbekiston
14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida
Iqtisodiyot
14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni
Jahon
07.04.2026, 10:23

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Magnus Karlsen: Sindarovning natijasini hech kim kutmagandi
Sport
06.04.2026, 13:50

Afg‘oniston Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Jahon
06.04.2026, 12:12

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda
Fan-texnologiya
04.04.2026, 15:48
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
