TOP-5 chempionatlarining yangi mavsumiga start berildi

Bir necha oy oldin mavsumni yakunlab, futbolchilarini terma jamoa ixtiyoriga yuborgan klublar endi yangi mavsumga hozirlik koʻrmoqda. Angliya Premer-ligasi (APL), Ispaniya La Ligasi, Italiya A Seriyasi, Germaniya Bundesligasi va Fransiya 1-Ligasining 2024-2025 yilgi mavsum oʻyinlariga start berildi. 

Sport

16.08.2024, 16:01

Ulashish:

TOP-5 chempionatlarining yangi mavsumiga start berildi

TOP-5 chempionatlarining yangi mavsumiga start berildi

Bu safar ham oʻtgan mavsumdagidek Ispaniya La Ligasi birinchilardan boʻlib tur oʻyinlarini boshladi. Kechki bahslardan oʻrin olgan ikki oʻyinga tashrif buyurgan muxlislar sonidan kelib chiqadigan boʻlsak, yevropaliklar futbol oʻyinlarini ancha sogʻingan. Birinchi tur oʻyini oʻtgan mavsumda La Ligani 5-oʻrinda yakunlagan "Atletik Bilbao" hamda "Xetafe" jamoalari oʻrtasida kechdi. 

Shiddatli kechgan bahsda jamoalar murosa koʻchasini tanladi va yakunda hisob 1:1 boʻldi. Turning ikkinchi bahsida "Betis" oʻz uyida oʻtgan mavsumda furvort koʻtargan "Jirona" jamoasini qabul qildi. Bu oʻyin ham 1:1 hisobida yakunlandi. La Liganing bugungi bahslariga ikkita oʻyin rejalashtirilgan. Dastlab "Selta" oʻz uyida "Alaves" jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 16 avgustdan 17 avgustga oʻtar kechasi muxlislar "Las Palmas" va "Sevilya" jamolarining oʻyinini guvohi boʻladi. Qolgan oʻyinlar boshqa kunlarga rejalashtirilgan. 

Shuningdek, oʻtgan mavsumda biroz omadi yurishmagan "Manchester Yunayted" va "Fulxem" jamoalari oʻrtasidagi oʻyin APLda ham birinchi tur oʻyinlarini boshlab beradi. Muxlislar ertaga debyutant jamoa "Ipsvich Taun" va "Liverpul", "Arsenal" hamda "Vulves", "Everton" hamda "Brayton" va shunga oʻxshagan bir qancha jamoalar ishtirokidagi o'yinning guvohi bo'ladi. 18 avgust kuni oʻtgan mavsum chempioni "Manchester Siti" mehmonda Londonning "Chelsi" klubiga qarshi maydonga tushadi. Bu bahs mutaxassislar tomonidan turning markaziy oʻyini deya baholanmoqda. 

Fransiya 1-Ligasi oʻyinlari ham bugun boshlanadi. 16 avgustga faqatgina "Gavra" hamda PSJ jamoalari oʻrtasidagi oʻyin rejalashtirilgan. Turning qolgan oʻyinlari ertaga boʻlib oʻtadi. 

Italiya A Seriyasida 1-tur oʻyinlariga ertadan start beriladi. Mavsumning ochilish oʻyinini "Jenoa" va "Inter" jamoalari oʻrtasidagi bahs boshlab beradi. Bundan tashqari, ertaga "Parma" hamda "Fiorentina", "Empoli" va "Monsa", "Milan" hamda "Torino" kabi jamoalarning oʻzaro oʻyinlari oʻtkaziladi. 

TOP 5 chempionatlar ichida mavsumni Bundesliga oxirgi boʻlib boshlaydi. Bu oʻyin 23 avgust kuni "Borussia Myunxengladbax" va oʻtgan mavsum kashfiyoti "Bayer" klublari oʻrtasida boʻlib oʻtadi. 

Maʼlumot uchun,  oʻtgan mavsum APL chempionligini "Manchester Siti", La Liga chempionligini "Real Madrid", A Seriya gʻolibligini "Inter", Bundesliga gʻolibligini "Bayer" va Liga 1 chempionligini "Paris Sain-German" jamoalari qoʻlga kiritgan edi.

Sport

16.08.2024, 16:01

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Turkmanistonda ish haqi va nafaqalarni oshirmaslik taklif qilindi

Turkmanistonda ish haqi va nafaqalarni oshirmaslik taklif qilindi

Turkmanistonda yillar davomida ish haqi, pensiya, davlat toʻlovlari va stipendiyalar yillar davomida oshirilib, mamlakat aholining ijtimoiy-maishiy sharoiti yuqori darajaga yetganligi bois ularni oshirmaslik taklif qilindi. Bu taklifni Turkmaniston Xalq Maslahati kengashi oqsoqollarining aʼzosi Yozmurod Otamurodov bergan.

Jahon

24.09.2025, 16:00

Suddan qochib ketgan sobiq Rossiya amaldorining jasadi topildi

Suddan qochib ketgan sobiq Rossiya amaldorining jasadi topildi

Kecha, 23 sentabr kuni Rosreyestr va Rosimulkning sobiq amaldori Boris Avakyan suddan chekish uchun ruxsat soʻrab, Sankt-Peterburg sudidan qochib ketdi. Bugun Armaniston elchixonasining uning jasadi topildi.

Jahon

24.09.2025, 15:00

Sobiq Chorsu mehmonxonasi oʻrnidagi majmuaning qurilishi yil oxirigacha boshlanadi

Sobiq Chorsu mehmonxonasi oʻrnidagi majmuaning qurilishi yil oxirigacha boshlanadi

2025 yil oxirigacha qiymati 100 mln AQSh dollaridan ortiq boʻlgan Toshkentning sobiq Chorsu mehmonxonasi oʻrnida yangi majmua qurilishi boshlanadi.

Iqtisodiyot

24.09.2025, 14:00

Oʻzbekiston badminton boʻyicha Markaziy Osiyo chempionatini 19 ta medal bilan yakunladi

Toshkent mezbonlik qilgan badminton boʻyicha Markaziy Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Oʻzbekistonlik sportchilar medallar jamgʻarish boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi.

Sport

24.09.2025, 12:06

Rus harbiylari bu safar oʻzbekistonliklar ishtirok etayotgan konsert zalida reyd oʻtkazdi

Rus harbiylari bu safar oʻzbekistonliklar ishtirok etayotgan konsert zalida reyd oʻtkazdi

Rossiyaning Krasnoyarsk oʻlkasi, Yemelyanovskiy tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari “Korona” ziyofat zalida oʻzbekistonlik qoʻshiqchi Jaloliddin Ahmadaliyevning konserti oʻtkazilayotgan tadbirga bostirib kirdi.

Oʻzbekiston

24.09.2025, 12:00

Tojikistondan olib kelingan 66 kg narkotik moddalar toʻxtatib qolindi

Giyohvandlik vositalarining xorijdan mamlakatimizga kontrabanda qilinishi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan katta miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolindi.

Oʻzbekiston

24.09.2025, 11:01

Mahmud Abbos: “Olti davlatning Falastinni tan olishi — adolatli tinchlik oʻrnatish yoʻlida muhim qadam boʻldi”

Falastin rahbari Mahmud Abbosning taʼkidlashicha, olti davlatning Falastin davlatini tan olishi «adolatli va barqaror tinchlikka erishish yoʻlida muhim va zarur qadam» hisoblanadi.

Jahon

24.09.2025, 10:02

“Dom”larga tutash hududlarda 1 ming 306 ta noqonuniy qurilmalar aniqlangan

Keyingi paytlarda koʻp kvartirali uylar atrofidagi mavjud sport maydonchalari va bolalar oʻyingohlari, uylarga tutash hududlardagi yashil hududlarda qurilish ishlari amalga oshirilishi holatlariga tez-tez duch kelyapmiz.

Oʻzbekiston

24.09.2025, 09:01

Gaz quyish shoxobchalarida xavfsizlik va shaffoflikni taʼminlovchi “UGaz” tizimi ishga tushirildi

Oʻzbekistonda tabiiy gaz resurslaridan samarali foydalanish hamda fuqarolarga xavfsiz va shaffof xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ tomonidan “UGaz” axborot tizimi joriy etildi.

Iqtisodiyot

24.09.2025, 08:03

BMTda nutq soʻzlagan va Tramp bilan muzokara oʻtkazgan Shavkat Mirziyoyev yana kimlar bilan uchrashdi?

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida tashkilot Bosh kotibi va bir qator davlat rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Siyosat

24.09.2025, 06:37

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida nutq soʻzladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida soʻzlagan nutqida bir qator muhim masalalarga toʻxtalib oʻtdi.

Siyosat

24.09.2025, 06:24

Hokim yordamchisi, muhandis va qishloq xoʻjaligi masʼuliga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan biridagi hokim yordamchisi oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda 1996 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali tuman hokimligi zaxirasidagi 2,5 gektar sugʻoriladigan yer maydonini 30 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 29 mln soʻm talab qilgan.

Oʻzbekiston

23.09.2025, 21:01