Toshkentda bank xodimi 120 ming dollar kredit mablagʻini qimorga tikdi

Yashnobod tumanidagi bank filiali boʻlim boshligʻi jinoiy sheriklari bilan til biriktirib, qalbaki hujjatlar orqali kredit mablagʻlarini qimor oʻyinlariga sarflagan.

Ulashish:

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi tomonidan tijorat bankining murojaati asosida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar natijasida maʼlum boʻlishicha, Yashnobod tumanida joylashgan bank filialida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelgan E.N. jinoiy sheriklari bilan til biriktirgan holda qonunga xilof ravishda harakat qilgan.

Xususan, u “A.” MChJ masʼul shaxslari va boshqalar bilan oʻzaro kelishgan holda “B.B.” MChJ nomiga 120 ming AQSh dollari miqdorida kredit rasmiylashtirilishiga erishgan. Keyinchalik mazkur kredit mablagʻlari qalbaki hujjatlar rasmiylashtirish orqali naqd pulga aylantirilib, internet orqali qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga sarflangan.

Natijada bankka 120 ming AQSh dollari miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

So‘nggi yangiliklar

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda

Mojaroga AQSh, Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar qoʻshilishi mumkin.

Jahon

02.03.2026, 15:58

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman

Aliment qarzdorlarining roʻyxatlari va fotosuratlarini ommaviy tarqatish inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadi hamda Konstitutsiya normalariga ziddir.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 15:07

Rossiyada migrantlarni ishdan boʻshatish tartibi soddalashtirildi

Rossiyada 1 martdan boshlab yangi qonun kuchga kirdi. Unga koʻra, agar muayyan mintaqa migrantlarni ishga jalb etishga cheklov yoki kvota joriy etsa, ish beruvchilar xorijiy xodimlarni ishdan boʻshatish huquqiga ega boʻladi. 

Jahon

02.03.2026, 13:46

Umra safari tadbirlari vaqtincha kechiktirildi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi umra safarlari vaqtincha kechiktirilganini eʼlon qildi. Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va havo makoni cheklovlari sabab, bir qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 11:23

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi

Amerika fuqarolari Nyu-York shahri markazida Amerika harbiy operatsiyalariga qarshi norozilik bildirmoqda. 

Jahon

02.03.2026, 10:18

Umradagi oʻzbekistonliklarni qaytarish uchun maxsus reyslar yoʻlga qoʻyiladi

Umra safariga ketgan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida maxsus repatriatsiya reyslari tashkil etiladi.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 08:27

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi

Eronning oliy rahbari, 86 yoshli oyatulloh Ali Xominaiy 28 fevral kuni Tehrondagi qarorgohiga berilgan zarbalar oqibatida vafot etdi.

Jahon

01.03.2026, 08:32

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin

Taxminiy maʼlumotlarga koʻra, insoniyat tarixida 12 mingdan ortiq urush boʻlgan va ularning barchasini insonlar boshlab, davom ettirgan.

Fan-texnologiya

28.02.2026, 13:12

Isroil Eronga harbiy zarba berdi

28 fevral, shanba kuni ertalab Isroil Eron hududiga nisbatan harbiy amaliyot boshladi.

Jahon

28.02.2026, 12:40

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi

27 fevral kuni AQSh Davlat departamenti xavfsizlik xatarlari ortishi tufayli Isroildagi favqulodda boʻlmagan xodimlari va ularning oilalariga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi.

Jahon

28.02.2026, 10:03

YHQ qoidalarini buzganlik boʻyicha jarima xatlarini yetkazib berish xizmati toʻxtatiladi

Endilikda ushbu jarayon toʻliq raqamli formatga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston

28.02.2026, 09:44

10-sinf oʻquvchisi BMWda urib ketgan YPX inspektori vafot etdi

Toshkent shahrida yoʻl-transport hodisasi oqibatida ogʻir tan jarohatlari olgan yoʻl-patrul xizmati inspektori vafot etdi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 18:25