Trans-Afgʻon yoʻlagi masalasini hal etish uchun uch mamlakat vakillari Kobulda uchrashishdi
Kecha, 17 iyul kuni Oʻzbekiston, Pokiston va Afgʻoniston hukumat vakillari "Oʻzbekiston - Afgʻoniston - Pokiston" temir yoʻli koridorining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash boʻyicha bitim imzolanishi mintaqaviy hamkorlik arxitekturasi uchun burilish nuqtasiga aylandi
Siyosat
18.07.2025, 11:20
Ulashish:
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afgʻoniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Oxun bilan uchrashdi.
Saidovning aytishicha, Oʻzbekiston qoʻshni Afgʻoniston bilan oʻzaro munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga intilmoqda.
"Uchrashuvimiz davomida savdo, gumanitar hamkorlik va mintaqaviy bogʻliqlikni rivojlantirish, jumladan, "Oʻzbekiston - Afgʻoniston - Pokiston" temir yoʻli boʻyicha hadli bitimni muhokama qildik. Bu mintaqaviy integratsiya yoʻlidagi muhim qadamdir", — degan Baxtiyor Saidov.
Oʻzbekiston Afgʻonistonni doim beqarorlik oʻchogʻi emas, balki Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida koʻrib kelgan. 2011 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Termiz – Mozori Sharif temiryoʻli rasmiy Toshkentning aniq rejalashtirilgan infratuzilma strategiyasining amaliy samaradorligini yaqqol namoyon etdi. 2019 yildan boshlab Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temiryoʻl loyihasi Pokiston tomonidan siyosiy qoʻllab-quvvatlangach, jarayon ortga qaytmas, strategik rivojlanish bosqichiga oʻtdi.
Bu yangi faza aynan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi tufayli roʻyobga chiqmoqda. Uning yetakchiligida Toshkent nafaqat Yevrosiyo tranzit yuragi sifatida oʻz pozitsiyasini tikladi, balki oʻzaro iqtisodiy manfaatlar va pragmatik yondashuv asosida mintaqaviy barqarorlik modelini shakllantirmoqda.
Shimoldagi savdo yoʻllar dolzarbligini yoʻqotayotgan, Kaspiy – Eron yoʻnalishi esa qoʻshimcha sarmoyalarni talab qilayotgan sharoitda, Trans-Afgʻon koridori butun Markaziy Osiyo uchun geoiqtisodiy tayanch nuqtasiga aylanmoqda. Bu faqat yuk tashish loyihasi emas. Temiryoʻl orqali elektr energiyasini eksport qilish, CASA-1000 loyihasini amalga oshirish, Gvadar va Karachi portlariga chiqish hamda Fors koʻrfazi mamlakatlari bilan energetika aloqalarini yoʻlga qoʻyish imkoniyati paydo boʻladi. Shu sababli, bu yoʻnalish bir nechta muhim manfaatlarni bir joyda birlashtiradigan markazga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan Kobulda imzolangan hujjat – oddiy infratuzilma bitimi emas, balki uzoqni koʻzlagan siyosiy tanlovning ifodasidir.
Umuman olganda, Kobulda bugun mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi. Endi davlatlar yoʻllar uchun raqobatlashmayapti, balki manfaatlarni birlashtiryapti. Oʻzbekiston esa bu jarayonda oddiy tranzit hududi emas, balki asosiy yoʻnalishlar va mazmunni belgilovchi muhim ishtirokchiga aylanmoqda.
Joriy yilning 4 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi dunyomamlakatlaridan birinchi boʻlib, Afgʻonistonda Tolibon hukumati, yaʼni Afgʻoniston Islom amirligini hukumat sifatida tan oldi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq PARADIGMA.UZ soʻngi vaqtlarda yuzaga kelayotgan siyosiy va iqtisodiy urushlar fonidan Oʻzbekiston uchun qaysi yoʻlak muhim ekanligi haqida siyosiy tahlilchi Nargiza Umarova bilan suhbatlashgan edik.
Siyosat
18.07.2025, 11:20
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Pokiston–Afgʻoniston chegarasida navbatdagi toʻqnashuvlar: Koʻrammda otishmalar qayta avj oldi, qurbonlar bor
Jahon
15.10.2025, 11:31
Afgʻoniston va Pokiston chegarasida qonli toʻqnashuvlar sodir boʻldi
Jahon
13.10.2025, 10:01

Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida 243 million AQSh dollarlik toʻrtta energiya loyihasi boʻyicha shartnoma imolandi
Siyosat
18.08.2025, 16:00

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda
Siyosat
11.07.2025, 12:20

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
