O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
O‘zbekistonda daxlsizlik va immunitetga ega shaxslarni javobgarlikka tortish, ushlab turish va ularning huquqlarini buzganlik uchun jazo tartibi belgilandi.
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01
Ulashish:

Yangi qonun daxlsizlik va immunitetga ega shaxslarni ushlab turish, jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortish tartibini, shuningdek, ularning huquqlarini buzganlik uchun jazolarni belgilaydi.
Qonunga ko‘ra, daxlsizlik huquqiga ega shaxslar qatoriga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Bola huquqlari bo‘yicha vakil, sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, advokatlar, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda prezidentlikka nomzodlar kiradi.
Prezident Administratsiyasining boshqaruv xodimlari ham ayrim holatlarda daxlsizlikka ega. Jumladan, ular lavozimdan ketganidan keyin besh yil davomida Administratsiyadagi vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlari yoki harakatsizligi yuzasidan daxlsizlik huquqiga ega bo‘ladi.
Immunitetga ega shaxslar qatoriga O‘zbekiston prezidenti, Prezident Administratsiyasining mansabdor shaxslari va ularning oila a’zolari, shuningdek, Administratsiya boshqaruv xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qarorlari va harakatlari kiradi. Parlament a’zolari esa ovoz berish va o‘z fikrini bildirish bilan bog‘liq holatlarda immunitetga ega.
Ushlab turishga cheklovlar
Daxlsizlikka ega shaxslarni ushlab turish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga olib borish taqiqlanadi. Biroq Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi birinchi bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, ular uch soatgacha ushlab turilishi mumkin.
Jinoiy javobgarlikka tortish tartibi
Bunday shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun tegishli parlament palatasi, prezident yoki vakolatli organning roziligi talab etiladi. Masalan, deputatni javobgarlikka tortish uchun tegishli palataning roziligi olinadi. Prezident Administratsiyasi boshqaruv xodimlariga nisbatan esa Bosh prokuror taqdimnomasi asosida prezidentning yozma roziligi talab qilinadi.
Daxlsizlik yoki immunitet talablarini buzgan holda olingan dalillar nomaqbul deb topiladi va ish materiallaridan chiqarib tashlanadi.
Ma’muriy javobgarlik va tezkor-qidiruv tadbirlari
Daxlsizlikka ega shaxslarni sud tartibida ma’muriy javobgarlikka tortish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi XXIII³ bobi asosida amalga oshiriladi. Immunitetga ega shaxslarga esa sud tartibida ma’muriy jazo qo‘llanmaydi.
Daxlsizlikka ega shaxslarning telefon suhbatlarini tinglash va yozishmalarini nazorat qilish uchun sud qarori yoki Bosh prokurorning yozma ruxsati talab etiladi.
Qonunni buzganlik uchun jazo
Daxlsizlik huquqiga ega shaxsni bila turib noqonuniy ushlab turish, majburiy olib kelish yoki unga nisbatan tergov harakatlarini o‘tkazish, shuningdek, bunday harakatlarga buyruq berish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Muayyan huquqdan mahrum qilish ham qo‘llanishi mumkin.
Agar bu harakatlar takroran, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, zo‘ravonlik yoki uning tahdidi bilan, dalillarni soxtalashtirish orqali yoxud qamoqqa olish yoki jinoiy javobgarlikka tortish shaklida sodir etilsa, jazo besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni tashkil etadi.
Prezident Administratsiyasi mansabdor shaxslari va boshqaruv xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida yetkazilgan zarar Davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Bunday holatlarda ularga nisbatan regress talabi qo‘llanmaydi.
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Toshkent shahri uchun “Noqonuniy qurilish” maxsus Telegram-boti ishga tushdi
Oʻzbekiston
19.08.2026, 12:03

“Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi boshlandi
Oʻzbekiston
15.07.2026, 14:10

Navoiyda 34,8 mlrd so‘mlik keshbek firibgarligi fosh etildi
Oʻzbekiston
03.07.2026, 15:35

“Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushiriladi
Iqtisodiyot
27.06.2026, 14:35

Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron, avans - bo‘nak: yuridik atama va tushunchalar o‘zgartirilmoqda
Oʻzbekiston
10.06.2026, 15:26
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01
So'nggi yangiliklar

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01
