updated: 22.03.2026, 09:44

1 martdan yangi tartiblar: Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi?

2026 yil 1 martdan mamlakat qonunchiligida qator yangiliklar amalga kiritiladi. Ular raqamlashtirish, biznes, bojxona, qurilish, ijtimoiy soha va ekologiya yoʻnalishlarini qamrab oladi.

Ulashish:

1 martdan yangi tartiblar: Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi?

Quyida eng muhim oʻzgarishlar haqida qisqacha maʼlumot beriladi.

 

Raqamlashtirish: onlayn xizmatlar kengayadi

Mart oyidan fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, oʻzlariga tegishli turar joyda roʻyxatda turgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni tahrir qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Shuningdek:

  • Oʻlim holati qayd etilgani haqidagi QR-kodli maʼlumotnoma yaqin qarindoshlarning shaxsiy kabinetiga avtomatik yuboriladi;
  • QR-kodli hujjat gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;
  • Sud ishlari boʻyicha dastlabki maʼlumotlarni onlayn olish mumkin boʻladi;
  • Futbol uchrashuvlariga chiptalar shaxsni identifikatsiya qilish va QR-kod orqali sotiladi.

     

Xorijiy fuqarolar uchun oʻzbek tili imtihoni

Xorijiy fuqarolar uchun oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlovchi CEFR (A1, A2 va B1) standartlari asosida sertifikat berish tizimi joriy etiladi. U davlat tilini bilishning rasmiy tasdigʻi hisoblanadi.

 

Biznes uchun yangi imkoniyat va talablar

1 martdan:

  • “Yagona darcha” tamoyili asosida “Biznes hamroh” loyihasi ishga tushadi;
  • Davlat organlari rahbarlarining tadbirkorlar bilan muloqot qilishining yangi formati joriy etiladi;
  • Davlat fuqarolik xizmatida boʻsh lavozimlarni egallash qoidalari oʻzgaradi;
  • “Litsenziya” tizimida hujjat topshirishdan avval talablarga muvofiqlikni ixtiyoriy dastlabki baholash imkoniyati yaratiladi.

Yosh tadbirkorlarga infratuzilmaga ulanish xarajatlari qoplab beriladi. Elektromobilda ishlovchi oʻzini oʻzi band qilgan taksi haydovchilari ijtimoiy soliq boʻyicha 10 foiz chegirma oladi va davlat avtoturargohlaridan 30 daqiqagacha bepul foydalanishi mumkin.

 

Bojxona va davlat xaridlari

Tovarlar kelguniga qadar dastlabki deklaratsiyalashda:

  • Bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimi 20 foizga kamaytiriladi;
  • Toʻlovlarni 14 kungacha kechiktirishda foiz hisoblanmaydi.

Davlat xaridlari portalida sunʼiy intellekt asosida oʻrtacha bozor narxini hisoblaydigan elektron modul ishga tushiriladi.

 

Qurilish sohasida nazorat kuchaytiriladi

Xavfsiz deb topilmagan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarning elektron reyestri shakllantiriladi. Ushbu roʻyxatga kiritilgan kompaniyalar davlat xaridlarida ishtirok eta olmaydi.

“Oʻzbekkosmos” agentligi hududlardagi qurilish maydonchalarini doimiy monitoring qiladi. Shuningdek:

  • Koʻprik va tonnellarning seysmik chidamliligi onlayn kuzatiladi;
  • Sunʼiy intellekt orqali binolar holati tahlil qilinadi;
  • Potensial seysmik xavfli hududlar prognoz qilinadi.

     

Notariat va sud tizimida oʻzgarishlar

Notariuslar ijara, kommunal toʻlovlar va majburiy badallar boʻyicha qarzdorliklarni undirish yuzasidan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha boʻlgan summalarda ijro xatlarini chiqarish huquqiga ega boʻladi.

Nodavlat notijorat tashkiloti sifatida roʻyxatdan oʻtmagan tashkilotlar tomonidan sud-ekspertiza tadqiqotlari oʻtkazish taqiqlanadi.

 

Ijtimoiy sohada yangiliklar

“Inson” markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolali oilalar uchun “Mehrli oila” xizmati yoʻlga qoʻyiladi. Ota-onalarga bepul oilaviy terapiya xizmati koʻrsatiladi.

Demensiya, Parkinson va Alsgeymer kasalligi bilan roʻyxatda turgan bemorlar uchun “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida kunduzgi parvarish xizmatlari joriy etiladi.

 

Ekologiya va intellektual mulk

I va II toifadagi korxonalar fon monitoringi stansiyalarini oʻrnatmagan va milliy eko-nazorat tizimiga ulamagan boʻlsa, kompensatsiya toʻlovlarini besh baravar miqdorda toʻlaydi.

Intellektual mulk sohasidagi qoidabuzarliklar “Biznesning barqarorlik reytingi”ga taʼsir qiladi: jarimalar reyting ballarini kamaytiradi, roʻyxatdan oʻtgan tovar belgilari esa ball qoʻshadi.

 

Arxiv xizmatlari tezlashtiriladi

Quyidagi xizmatlar boʻyicha muddatlar qisqartiriladi:

  • Oʻqiganlik haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;
  • Yoʻqolgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash;
  • Arxiv hujjatlarini vaqtincha xorijga olib chiqish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirish.

 

Muddati oʻtgan tovarlar avtomatik bloklanadi

1 martdan raqamli markirovka tizimiga kiruvchi, yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni sotish avtomatik ravishda bloklanadi. Kassa apparatlari bunday mahsulot uchun chek chiqara olmaydi.

 

Turizm va “yashil” standartlar

Har yili eng yaxshi 10 ta turistik startap xarajatlarining 50 foizigacha (biroq 1 mlrd soʻmdan oshmagan holda) subsidiya olishi mumkin.

Mehmonxonalarga xalqaro darajada tan olingan “yashil” sertifikat olish xarajatlarining yarmi qoplab beriladi.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda

Dunyo bo‘ylab kompaniyalar sun’iy intellekt  modellarini ta’minlash uchun katta-katta ma’lumot markazlarini qurishga intilayotgan bir paytda, ba’zi tadqiqotchilar tirik inson hujayralarini kompyuter tizimlarida qo‘llash imkoniyatini o‘rganmoqda. Avvallari oylar yoki yillar davom etadigan maxsus laboratoriya ishlarini integratsiyalashgan platforma yordamida bir necha soat yoki kun ichida bajarish mumkin. 

Fan-texnologiya

04.04.2026, 15:48

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi

So‘nggi 48 soatda Hormuz bo‘g‘ozining g‘arbiy tomonida 670 ta yuk kemasi to‘xtab qoldi. BAA, Gretsiya, Xitoy va boshqa Osiyo davlatlari katta zarar ko‘rmoqda. Bo‘g‘ozdan o‘tishga uringanlar ham mavjud.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 17:17

Apple va Samsung: Jahon smartfon bozorining yetakchilari

Apple smartfon ishlab chiqaruvchilar orasida birinchi o‘rinda turibdi. Dunyodagi barcha faol telefonlarning chorak qismini iPhone tashkil etadi. Ya’ni, dunyodagi har to‘rtinchi smartfon egasi iPhone’dan foydalanadi.Samsung esa bozorning sal kam 20 foiziga egalik qilmoqda.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 12:37

50 yildan so‘ng insoniyat yana Oyga parvoz qildi

NASA 2026‑yil 1‑aprelda Oyga ekipaj jo‘natdi. Unda ayol va qora tanli astronavt ham bor.

Fan-texnologiya

02.04.2026, 17:01

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?

Joriy yilning 25-26 – mart kunlari “Toshkent suv haftaligi” forumi bo‘lib o‘tdi va unda Tolibon vakili ma’ruza qildi. Dunyoning 19 davlatidan 80 ga yaqin ma’ruzachi va 1200 dan ortiq vakil ishtirok etgan forumda Afg‘onistonning 2028-yilda Qo‘shtepa kanalini qurib bitkazish rejasi ham muhokama qilindi.

Oʻzbekiston

02.04.2026, 11:24

Bitta bilet – bir nechta manzil: “Uzbekistan Airways” qiziqarli shartnoma imzoladi

Air India va  Uzbekistan Airways rasman kod-sher bitimini imzoladi.

Oʻzbekiston

01.04.2026, 16:01

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi

Dunyoda yadroviy qurolga ega davlatlar soni 10 taga yetgan. Dastlab himoya vositasi sifatida yaratilgan ushbu qurol bugun insoniyat uchun eng katta global tahdidlardan biriga aylangan.Ushbu maqolada yadroviy qurolga ega davlatlar, ularning qanday shakllangani va yadrosiz hududlar haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Fan-texnologiya

01.04.2026, 10:04

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi

Nestlé kompaniyasining Italiyadagi ishlab chiqarish korxonasidan Polshaga jo‘natilgan KitKat brendiga tegishli 12 tonna, aniqrog‘i, 413 793 dona shokolad batonchasi o‘tgan hafta o‘g‘irlangan.

Jahon

31.03.2026, 15:37

Ukraina va Saudiya: Kiyev harbiy tajribasini Fors ko‘rfaziga eksport qilmoqda

Dronlarga qarshi kurashish borasida jahon yetakchisiga aylanib ulgurgan Ukraina Saudiya Arabistoni bilan mudofaa shartnomasini imzoladi.

Jahon

28.03.2026, 17:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)

O‘nlab yillar mobaynida shaxsini sir tuta olgan “ko‘cha” rassomi kimligi ma’lum. Bu haqda Reuters xabar qildi. Biroq ko‘pchilik, xususan, Euronews bu yangilikka shubha qilmoqda, chunki Banksining shaxsi hanuz rasmiy tasdiqlanmadi.

Madaniy

28.03.2026, 15:48

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →