Deputatlik saylovida muddatidan oldin ovoz berish qachon boʻlishi aytildi
Oʻzbekiston deputatlari saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish 16−23 oktabr kunlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda 8 oktabr kuni boʻlib oʻtgan Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston
09.10.2024, 11:29
Ulashish:

Deputatlik saylovida muddatidan oldin ovoz berish qachon boʻlishi aytildi
Unda aytilishicha, muddatidan oldin ovoz berish kunlaridagi saylov uchastkalarida ovoz berish vaqti ish kunlarida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar, dam olish kunlarida esa soat 11:00 dan 17:00 ga qadar davom etadi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish ushbu saylov uchastkalari joylashgan davlatdagi mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Markaziy saylov komissiyasiga koʻra, joriy yil 27 oktabr kuni oʻtkaziladigan saylovda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 11 nafar va mahalliy kengashlarga 605 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar deputatlikka nomzod sifatida roʻyxatga olingan. Saylov komissiyalari tarkibida esa 1343 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Boʻlajak saylovlarda nogironligi boʻlgan shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarini yanada kengroq taʼminlash maqsadida 830 mingdan ortiq nogironligi boʻlgan saylovchilarga koʻmak beruvchi koʻngillilar biriktirilmoqda.
"Nogironligi boʻlgan shaxslarga oʻz saylov huquqlarini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida saylov byulletenlarini toʻldirish uchun Brayl alifbosi asosidagi trafaret namunasini tasdiqlash, saylov uchastkalarida nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari, optik lupalar (kattalashtiruvchi oynalar) hamda qoʻshimcha yoritkichlar oʻrnatish hamda saylov uchastkasiga mustaqil ravishda bora olmaydigan saylovchilarning saylov kuni turgan joylarida ovoz berishini tashkil etiladi", deyiladi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida.
Shuningdek, unda Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan Turkiy Davlatlar Parlament Assambleyasining 19 nafar, Shanxay hamkorlik tashkiloti, MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Rossiya va Xitoydan 2 nafardan, AQShning 3 nafar hamda Buyuk Britaniya, Latviya, Litva, Fransiya, Hindiston va Yaponiyaning 1 nafardan vakillari, jami 36 nafar xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar akkreditatsiyadan oʻtkazilgani taʼkidlangan.
Oʻzbekiston
09.10.2024, 11:29
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25
So'nggi yangiliklar

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Kolumbiya nikohsiz tug‘ilishlar ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi
Jahon
14.10.2026, 15:12

Honda elektromobillarni simsiz quvvatlash tizimini ishlab chiqmoqda
Fan-texnologiya
14.10.2026, 12:28

Qozog‘iston Tengizdagi avariya sababli 6 mln tonna neft qazib ololmadi
Iqtisodiyot
14.10.2026, 12:22

Rossiyada migrantlar uchun majburiy imtihon bekor qilinishi mumkin
Siyosat
13.10.2026, 17:06

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Ozarbayjonda maktab formasi qoidalariga qarshi noroziliklarda 37 kishi hibsga olindi
Jahon
13.10.2026, 11:48

Aholining banklar oldidagi qarzdorligi 10,6% ga oshdi
Iqtisodiyot
13.10.2026, 11:02

O‘zbekistonda XI Yevropa kino festivali bo‘lib o‘tadi
Madaniy
13.10.2026, 10:26

Yangi Toshkent uchun qancha yer maydoni ajratiladi?
Oʻzbekiston
12.10.2026, 17:00

Eng norozi avlod
Madaniy
12.10.2026, 10:05

Banklar kredit qarzi uchun kartadagi barcha pulni yechib ololmaydi
Iqtisodiyot
10.10.2026, 10:48

O‘zbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqda, qachon va nima uchun vaqt o‘tkazmoqda?
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:40

O‘zbekiston MDHga raislik qiladi: sammit Buxoroda o‘tkaziladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:08

Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujumlarda 3 nafar Qirollik fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon
09.10.2026, 16:12

Paypoqqa yashirilgan 64 ming dollar fosh boʻldi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 14:48

MrBeast Toshkentga keladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 09:32

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

“Men sakkizta urushni to‘xtatdim” – Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ekanini aytdi
Jahon
08.10.2026, 17:49
Mashhur yangiliklar

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25
