Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Yaqinda Ukrainaning “Xochu jit” – “Yashashni xohlayman” loyihasi 2025 yilda Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan jang qilib halok boʻlgan qariyb besh yuz nafar oʻzbekistonlikning ism-shariflarini eʼlon qildi. Begona urushda qurbon boʻlgan oʻzbeklarning aksariyati hali uylanmagan boʻz yigitlar... Afsuski, bu xabar lov etib yongan olovdek bir koʻrindiyu tezda unut boʻldi... Ammo bu besh yuz oilaning motami hali uzoq davom etadi.
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41
Ulashish:

Dunyoda ayrim fojialar borki faqat bir kishi, bir oilaning dardu hasratiga aylanadi. Shunday dardlar borki, bir inson yoki oiladan koʻra millat va davlat muammosi hisoblanadi. Yaqinda Ukrainaning “Xochu jit” – “Yashashni xohlayman” loyihasi 2025 yilda Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan jang qilib halok boʻlgan qariyb besh yuz nafar oʻzbekistonlikning ism-shariflarini eʼlon qildi. Begona urushda qurbon boʻlgan oʻzbeklarning aksariyati hali uylanmagan boʻz yigitlar... Tasavvur qiling, bir ona, bir ota ne-ne mashaqqatlar, ne-ne orzu umidlar bilan oʻgʻil katta qilib, uni qayoqdagi urushda qurbon bersa! Naqadar ogʻir gaplar-a!
Afsuski, bu xabar lov etib yongan olovdek bir koʻrindiyu tezda unut boʻldi... Ammo bu besh yuz oilaning motami hali uzoq davom etadi, qalblarda ochilgan yaralar umr boʻyi ogʻriq beradi. Va yanada qoʻrqinchlisi, bu raqamlar ortishda davom etaveradi, chunki...
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda 2002 yilda tugʻilgan fargʻonalik yigit Rossiyaning Sankt-Peterburg aeroportida noqonuniy qoʻlga olinib, sud qilinayotgani, unga yo besh yil qamoq yoki Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan qatnashish taklif etilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Afsuski, oʻsha besh yuz oʻzbek halok boʻlgani xabardan soʻng biror rasmiy tashkilot, na Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi, na Mehnat migratsiyasi agentligi va na biror deputatning bu haqdagi bayonotu munosabatiga koʻzim tushmadi. Goʻyoki ularning fojiasiga davlat va jamiyatning aloqasi yoʻqdek, bu qurbonlar oʻzlarining ayblari bilan halok boʻlgandek.
Shu bilan birga, hukumat va jamoat tashkilotlarining bu sukutini qoʻrqoqlik, loqaydlik, zararli ehtiyotkorlikka yoʻyish mumkin. Axir Rossiyadek qudratli davlatga qarshi biror narsa deb boʻladimi? Xoʻp, shunday ham deylik. Lekin, hech boʻlmasa, mamlakat ichida Rossiyadagi urushda qatnashmaslik boʻyicha targʻibotlarni kuchaytirsak boʻlmaydimi? Jurnalist va blogerlar, jamiyat faollari, vijdonini sotib ulgurmagan deputatlar baralla chiqish qilib, davlat oʻlaroq oʻz fuqarolarini himoya qilishini talab etsak boʻlmaydimi? Bu loqaydlik va eʼtiborsizligimiz qachongacha davom etadi? Yoki 500 ta temir tobut kammi? Yanada koʻproq qurbon berishimiz kerakmi?
1979-1989 yillarda Afgʻonistonda boʻlib oʻtgan birodarkushlik urushida 1500 oʻzbek oʻgʻloni halok boʻlgan. Oʻsha paytda Oʻzbekistonning sobiq ittifoq tarkibida boʻlganini inobatga olsak, tushunsa, qandaydir maʼnoda vaziyatni oqlashga harakat qilsa boʻladi. Ammo Ukrainadagi urushga Oʻzbekistoning nima aloqasi bor?! Javob: hech qanday! Unday boʻlsa, nega begona tuproqlarda oʻzbeklar halok boʻlmoqda? Qachongacha davom etadi va yana qancha qurbon beramiz? 5 mingtami, 10 mingtami?
Esingizdami, Suriya yoki Iroqda biror oʻzbek terroristi halok boʻlsa, butun telekanallar, oʻzbek matbuoti jar solar, koʻrsatuvlar qilinar, maqolalar yozilib, majlis va yigʻilishlar oʻtkazilardi. Nega 500 oʻzbek uchun hatto bir ogʻiz munosabat, bayonot ham berilmadi? Koʻp tomondan bu qudratli mamlakatga qaramligimizni, bogʻliqgimizni, muttahamlik joyimiz borligini tushunaman, ammo hamma narsada meʼyor, chegara boʻlishi kerak.
Biz xalq va millat sifatida davlatimizning himoyasi, gʻamxoʻrligini ozgina boʻlsa ham his qilaylik.
Muallif: Sanjar SAID
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
So'nggi yangiliklar

Toşkent 343-óringa kótarildi: Global Cities Index 2026 natijalari e'lon qilindi
Jahon
22.09.2026, 16:38

Rossiya Ukrainaga zarbalari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Jahon
22.09.2026, 14:38

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston
22.09.2026, 11:18

G7 davlatlari husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni tóxtatişga çaqirdi
Jahon
22.09.2026, 11:06

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Gutеrrish bilan uchrashdi
Siyosat
22.09.2026, 10:51

BMT: AQŞning narkokema hujumlari insoniyatga qarşi jinoyat
Jahon
22.09.2026, 09:56

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi
Jahon
19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda
Jahon
19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan
Iqtisodiyot
18.09.2026, 15:13

O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilgan
Jahon
18.09.2026, 15:10

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi
Oʻzbekiston
17.09.2026, 16:39

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda
Jahon
17.09.2026, 16:19

Turkiya 2040-yilgacha tamaki mahsulotlari savdosini taqiqlashni rejalashtirmoqda
Jahon
16.09.2026, 16:46

Trampning boyligi 7 mlrd dollarga yetdi — Forbes
Iqtisodiyot
16.09.2026, 16:16

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Rossiya droni Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga zarba berdi: 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
16.09.2026, 14:20
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35

