O‘zbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqda, qachon va nima uchun vaqt o‘tkazmoqda?

25 millionlik Telegram auditoriyasi, 16 millionlik YouTube va kuniga soatlab tarmoqlarda vaqt o‘tkazadigan odamlar... O‘zbekistonning raqamli manzarasi qanday?

Ulashish:

O‘zbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqda, qachon va nima uchun vaqt o‘tkazmoqda?

O‘zbekiston raqamli bozori pandemiyadan keyingi yillarda keskin tarzda o‘smoqda. Buni statistik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.

O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining internetdan foydalanishi:

  • 2021-yil – 76,6 foiz
  • 2022-yil – 83,9 foiz
  • 2023-yil – 89,0 foiz
  • 2024-yil – 93,3 foiz
  • 2025-yil – 94,6 foiz
  • 2026-yil (yanvar–avgust) – 97,3 foiz.

Internet qamrovi kengayishi, smartfonlardan foydalanishning ommalashishi va kontent iste’molining mobil qurilmalarga ko‘chishi natijasida Telegram, YouTube va Instagram kabi platformalar nafaqat kommunikatsiya vositasi, balki biznes uchun muhim marketing tarmog‘iga aylandi.

Internetdan foydalanish ommalashgani sari “Odamlar qaysi platformadan foydalanmoqda?”, “Ularning yoshi?”, “Qaysi vaqtda faol?” kabi savollarning ahamiyati oshadi.

Shu nuqtayi nazardan biz 2026-yil sentyabr oyidagi onlayn bozor manzarasini tushunish uchun statistik ma’lumotlarga asoslangan tahlil amalga oshirdik. Keltirilgan raqamlarning bir qismi ochiq manbalardagi ma’lumotlarga, bir qismi esa mavjud statistikalarni 2026-yil sentyabriga proporsional ravishda hisoblashga asoslangan. Shu sababli ularni rasmiy statistika emas, balki asosan, analitik taxminiy ko‘rsatkichlar sifatida qabul qilish kerak.

 

1-rasm. O‘zbekiston aholisi: auditoriyani baholashning asosiy bazasi

Birinchi rasm butun tahlil uchun asos bo‘ladigan demografik bazani ko‘rsatadi.

2026-yil yanvaridagi aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olishining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 39 047 321 kishini tashkil qilgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, shundan 19 766 166 nafari erkaklar, 19 281 155 nafari ayollardir.

Biz sentyabr oyidagi aholi sonini taqriban 39,5 mln deb oldik. Bu rasmiy sentyabr statistikasi emas, balki yil davomida aholi o‘sishini hisobga olgan taxminiy ko‘rsatkich.

Yosh tarkibiga qaraganda, O‘zbekiston juda yosh mamlakat bo‘lib qolmoqda. Eng katta guruhlardan biri 25–34 yoshdagilar – taxminan 5,89 mln, 35–44 yoshdagilar esa 5,85 mln atrofida. 18–24 yosh guruhi qariyb 4 mln kishini tashkil qiladi.

Bu raqamlar iste’mol bozori uchun juda muhim. Chunki 18–44 yosh oralig‘idagi auditoriya bir vaqtning o‘zida xarid qilish, xizmatlardan foydalanish, kredit olish, ta’lim, ish, avtomobil, texnologiya va boshqa ko‘plab kategoriyalarda eng faol segmentdir.

Ayniqsa, reklama kampaniyasida faqatgina qancha foydalanuvchi borligi emas, “bu foydalanuvchilarning yoshi qanaqa?” degan savol ham hisobga olinadi. 

 

2-rasm. Platformalar bo‘yicha umumiy taqqoslash

Ikkinchi rasm O‘zbekistondagi top platformalarni auditoriya hajmi bo‘yicha taqqoslaydi.

Platformalar kesimida foydalanuvchilar soni taqriban:

  • Telegram — 25 mln
  • YouTube — 16 mln
  • Instagram — 14,1 mln
  • TikTok — 2,59 mln
  • Facebook — 2,35 mln
  • LinkedIn — 1,10 mln
  • Facebook Messenger — 0,51 mln
  • X — 0,15 mln

deb olingan.

Asosiy ko‘rsatkichlar xalqaro DataReportal 2026 hisobotiga asoslangan. DataReportalning o‘zi esa mazkur reklama auditoriyasi oylik faol foydalanuvchilar bilan teng emasligini alohida ta’kidlaydi. 

YouTube bo‘yicha esa 16 mln raqam boshqa metodologiyaga ega StateGlobe'ning 2026-yilga mo‘ljallangan hisobotidan olingan. 

Bu grafikning asosiy vazifasi – platformalarning nisbiy ko‘lamini ko‘rsatish.

 

3-rasm. Platformalar bo‘yicha batafsil statistika

Uchinchi rasm platformalarni yanada chuqurroq ko‘rib chiqadi: auditoriya hajmi, aholiga nisbati, o‘sish sur’ati va gender taqsimoti.

Telegram — 25 mln

Telegram tahlilimizning eng muhim platformasi. 2025-yil boshida Timur Bakiyev O‘zbekistonda Telegramning taxminan 25 mln noyob foydalanuvchisi borligini aytgan. 2025-yil mayidagi Kun.uz intervyusida ham u aynan 25 mln noyob foydalanuvchi haqida gapirgan. 

Boshqa manbalarda O‘zbekistondagi Telegram foydalanuvchilari soni 20 dan 27 mln.gacha ko‘rsatiladi. Biz 25 mln.ni o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida oldik.

YouTube — 16 mln

YouTube uchun 16 mln ko‘rsatkich 2026-yil sentyabrida yangilangan StateGlobe hisobotiga asoslangan.

16 mln.lik nisbiy ko‘rsatkich YouTube auditoriyasi ham kattaligini anglatadi.

Instagram — 14,1 mln

Instagram bo‘yicha eng ishonchli ochiq manbalardan biri DataReportal/Meta ma’lumotidir. DataReportal 2026 hisobotida O‘zbekistonda Instagram reklama auditoriyasi 14,1 mln bo‘lganini ko‘rsatadi. 

Facebook — 2,35 mln

Facebook uchun 2,35 mln — 2026-yil sentyabriga chiqarilgan taxminiy ko‘rsatkich. DataReportal 2026 hisobotida Facebook reklama auditoriyasi 2025-yil oktabrida 2,30 mln bo‘lgan va yillik o‘sish atigi 2,2% ni tashkil qilgan. 

Shu o‘sish sur’atining davom etishini hisobga olib, sentyabr uchun taxminan 2,35 mln olingan.

TikTok, LinkedIn, Messenger va X

Bu platformalar uchun ham DataReportalning 2026-yilgi ma’lumotlari asos qilib olingan. 

Platforma hajmi uning biznes uchun avtomatik ravishda eng samarali kanal ekanini anglatmaydi. Masalan, LinkedIn auditoriyasi kichikroq bo‘lsa-da, B2B kompaniya uchun Telegramdagi katta auditoriyadan ko‘ra ko‘proq qiymatga ega. 

 

Aholining ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazishi bo‘yicha tahlil

2026-yil “Yuksalish” harakatining “Opinions” sotsiologik tadqiqotlar markazi Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda  “Ijtimoiy tarmoqlar davrida hayot” mavzusida o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovida mamlakatning 14 ta hududidan 1 371 nafar respondent ishtirok etdi. 

Respondentlar belgilagan javoblarga ko‘ra, eng ko‘p foydalaniladigan top platformalar quyidagilar: 

  • Telegram – 88,9 foizi (ishtirokchilarning 1 219 nafari;
  • Instagram – 73,5 foiz;
  • YouTube – 61,8 foiz;
  • Facebook – 24,7 foizi (ishtirokchilarning 338 nafari).

 

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish maqsadlariga ko‘ra:

  • do‘stlar va oila a’zolar bilan muloqot qilish – 69,9 foizi (958 nafar);
  • yangiliklarni kuzatish – 64 foiz (877 nafar);
  • ta’lim olish – 43,8 foiz (600 nafar);
  • ko‘ngilochar kontent – 42,2 foiz (579 nafar);
  • daromad va kasbiy maqsadlar – 40,6 foiz (557 nafar).

Bu natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ijtimoiy tarmoq faqat ko‘ngilochar maydon emas. Respondentlarning aksariyati ijtimoiy tarmoqlardan axborot va muloqot vositasi sifatida foydalanayotgan bo‘lsa, ma’lum qatlam ijtimoiy tarmoqlar orqali daromad olishni ko‘zlagan.

Kuniga 2 soatdan ortiq foydalanadiganlar ulushi:

  • nafaqadagilar – 54 foiz;
  • uy-ro‘zg‘or ishlari bilan band respondentlar – 43,7 foiz;
  • maktab o‘quvchilari – 27,3 foiz;
  • talabalar – 32,7 foizni tashkil etgan.

 

4-rasm. Telegram: yosh, gender va kunlik faollik

Timur Bakiyevning 2024-yilda o‘tkazilgan keng ko‘lamli tadqiqotida 1,1 mln dan ortiq Telegram foydalanuvchisi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalarida erkaklar 53%, ayollar 47% ekani, eng katta yosh guruhlari esa 25–34 va 35–44 yoshlar ekani ko‘rsatilgan.

Biz ushbu foizlarni 2026-yil uchun qabul qilingan 25 mln auditoriyaga mosladik.

Natijada:

  • Erkaklar – 14,25 mln (57%)
  • Ayollar – 10,75 mln (43%)

Yosh bo‘yicha eng katta segment:

  • 25–34 – 7,25 mln (29%)
  • 35–44 – 7 mln (28%)

Ya’ni 25–44 yoshdagi jami 57% ni tashkil qilmoqda.

Kunlik faollikda esa eng katta ulush 20:00 dan keyin — 24%. Keyingi o‘rinlarda 08:00–11:00 — 21% va 11:00–14:00 — 20%.

Bu ma’lumot media-rejalashtirishda muhim: Telegramda reklama yoki kontentni faqat ish vaqtiga bog‘lab qo‘yish shart emas. Kechki vaqt ham katta auditoriyani qamrab olishi mumkin.

 

5-rasm. Telegram auditoriyasining geografik taqsimoti

Tahlilda:

  • Toshkent va Toshkent viloyati — 7,25 mln (29%);
  • Farg‘ona vodiysi — 5,75 mln (23%);
  • Qashqadaryo va Surxondaryo — 3,75 mln (15%);
  • Boshqa hududlar — 8,25 mln (33%).

deb olingan.

 

Nega gender tafovuti katta?

Platformalar kesimida eng qiziqarli ko‘rsatkichlardan biri – YouTube va Telegramda erkaklar ulushining yuqoriligi.

Telegram uchun ishlatilgan modelda erkaklar 57%, ayollar esa 43%. YouTube uchun esa 2025-yilgi gender nisbati asosida erkaklar 63,6%, ayollar 36,4% deb olingan.

Yuzaki qarashda “erkaklar bu platformalardan ko‘proq foydalanadi” degan xulosa chiqishi tabiiy.

Aslida esa bunday ko‘rsatkichning asosiy omili – akkaunt ochish amaliyoti bilan bog‘liq.

O‘zbekistonda, ayniqsa katta yoshdagi foydalanuvchilar orasida, raqamli savodxonligi yuqoriroq bo‘lgan oila a’zosi (masalan, o‘g‘il farzand) onasi yoki opa-singlisi uchun hisob ochib berishi, ayrim hollarda esa o‘z telefoni, raqami yoki ism-familiyasi orqali profil yaratib berishi mumkin.

Xuddi shunday holat er-xotinlar orasida ham ko‘p uchraydi.

Natijada platformadagi “profil egasining jinsi” bilan undan haqiqiy foydalanayotgan insonning jinsi har doim ham bir xil chiqmaydi.

 

Bu raqamlardan qanday foydalanish kerak?

2026-yilgi raqamlar O‘zbekiston bozorida har bir platformadan turli maqsadlarda foydalanish lozimligini ko‘rsatmoqda.

Telegram — katta auditoriya, xilma-xil yosh guruhlari va kuchli kommunikatsiya imkoniyatlariga ega.

YouTube — video, ekspertlik, ta’lim, mahsulot sharhlari va uzoq muddatli kontent uchun ko‘proq munosib.

Instagram — vizual brending, rels, jonli hikoyalar, mahsulotni tez va qisqa ko‘rsatish uchun muhim platforma.

TikTok — qisqa video va yoshroq auditoriya bilan ishlashga qulay.

LinkedIn — auditoriyasi kichikroq bo‘lsa-da, B2B va professional segmentlar uchun yuqori qiymatga ega.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston MDHga raislik qiladi: sammit Buxoroda o‘tkaziladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) raislik O‘zbekistonga o‘tadi. Kelgusi yilgi MDH sammiti 8–9-oktyabr kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadi.

Oʻzbekiston

09.10.2026, 17:08

Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujumlarda 3 nafar Qirollik fuqarosi halok bo‘ldi

Husiylarning bildirishicha, ular Yamanda qayta avj olgan fuqarolar urushida hukumat kuchlarini qo‘llab-quvvatlayotgani sababli Saudiya Arabistoniga hujum qilmoqda. 

Jahon

09.10.2026, 16:12

Paypoqqa yashirilgan 64 ming dollar fosh boʻldi

Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida Qirg‘izistonga ketayotgan fuqaroning paypoqlariga yashirilgan 64 ming dollar topildi.

Oʻzbekiston

09.10.2026, 14:48

MrBeast Toshkentga keladi

Dunyoga mashhur YouTube blogeri MrBeast 9-oktabr kuni Toshkentdagi tadbirda ishtirok etadi. Uchrashuv formati, qatnashish shartlari haqida maqolada batafsil bilib oling.

Oʻzbekiston

09.10.2026, 09:32

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi

Human Rights Watch Sirojiddin Odilovning tovlamachilik va firibgarlik bo‘yicha shubhali ayblovlar bilan qamalishi O‘zbekistonda adolatli sudlov mezonlari yuzasidan jiddiy savollar tug‘dirayotganini ta’kidladi.

Oʻzbekiston

08.10.2026, 19:12

“Men sakkizta urushni to‘xtatdim” – Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ekanini aytdi

Tramp agar unga ushbu mukofot berilmasa, Norvegiya Nobel qo‘mitasi obro‘yiga putur yetishini ta’kidladi.

Jahon

08.10.2026, 17:49

AQSh xorijlik talabalarning ish vizasi uchun 100 ming dollar talab qildi

AQSh Milliy xavfsizlik vazirligi F-1 vizasidagi xorijlik talabalar uchun yangi to‘lovlarni joriy etmoqda.

Jahon

08.10.2026, 14:43

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?

"O'zbek" atamasi ba'zi xabarlarda faqat fuqarolikni ko'rsatish uchun ishlatilsa, boshqalarida jinoyat, migratsiya va xavfsizlik mavzulari bilan bog'lab qo'llanmoqda.

Oʻzbekiston

08.10.2026, 14:31

Neft narxi $100 dan oshdi: Yaqin Sharqdagi xavflar kuchaymoqda

Yaqin Sharqda neft ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlar va Fors ko‘rfazi hamda Hormuz bo‘g‘ozida kemalarga hujumlar kuchayishi xalqaro neft bozoriga bosim o‘tkazmoqda. Bugun Brent nefti narxi bir barrel uchun $102 dan oshdi.

Jahon

08.10.2026, 11:35

Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza quradi

Turkiya Makka mudofaa pakti doirasida Saudiya Arabistonidagi harbiy ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Mamlakat qirollik hududida o‘z harbiy bazasini tashkil etishi mumkin.

Jahon

08.10.2026, 08:45

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?

Sirojiddin Media nomi bilan tanilgan bloger Sirojiddin Odilov firibgarlik va tovlamachilikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo ish ortidagi eng muhim savol ochiq qolmoqda: nega ayrim fuqarolar o‘z muammosini davlat idorasidan ko‘ra bloger orqali hal qilishga urinadi?

Oʻzbekiston

07.10.2026, 18:38

Varshavada inson huquqlari bo'yicha yirik xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda

Bu nima uchun muhim?

Jahon

07.10.2026, 17:42

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urushda Los-Anjeles va San-Diyego kabi shaharlardan ayrilish “kichik narx” bo‘lishi mumkinligini aytdi. Uning bu bayonoti demokratlar qatori ayrim respublikachilar tomonidan ham keskin tanqid qilindi.

Siyosat

07.10.2026, 15:25

Ummon Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan tanker ekipajini evakuatsiya qildi

 Ummon harbiy-havo kuchlari Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan Panama bayrog‘i ostidagi neft tankeridan 10 nafar ekipaj a’zosini evakuatsiya qildi. Hodisada kamida 12 kishi jarohatlangan.

Jahon

07.10.2026, 10:06

Cobalt va Damas’ni bank ishtirokisiz bo‘lib to‘lashga sotish boshlandi

UzAuto Motors 7-oktabrdan Cobalt va Damas avtomobillarini bank ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lash sharti asosida sotishni boshladi.

Iqtisodiyot

07.10.2026, 09:15

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Rossiyaning xorijiy diplomatik vakolatxonalarni Kiyevni tark etishga chaqirig‘iga qaramay, Amerika diplomatlari Ukrainada qolishini bildirdi.

Siyosat

06.10.2026, 18:02

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi

6-oktabrga o‘tar kechasi Zaporojye shahridagi Dnepr orqali o‘tuvchi ko‘priklardan biriga berilgan zarba oqibatida besh kishi jarohatlangan.

Jahon

06.10.2026, 16:14

Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tark etyaptimi?

"Men qaror qabul qildim", deb yozdi Kristianu Ronaldu.

Sport

06.10.2026, 15:41

Pokistonda yirik namoyishchilar yurishi boshlandi

Qamoqdagi sobiq bosh vazir Imron Xonning minglab tarafdorlari mamlakat shimoli-g‘arbidan poytaxt tomon yo‘l oldi.

Siyosat

05.10.2026, 16:24

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →