Oʻzbekistonning birinchi mudofaa vaziri vafot etdi
12 oktabr kuni Oʻzbekistonning birinchi mudofaa vaziri general-polkovnik Rustam Axmedov vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi maʼlum qildi.
Oʻzbekiston
13.10.2025, 13:34
Ulashish:

Foto: Mudofaa vazirligi
Rustam Urmanovich oʻzining 40 yildan oshiq umrini Qurolli Kuchlarga bagʻishlagan. U 1943 yil 10 noyabrda Fargʻona viloyatining Bogʻdod tumanida tavallud topgan. 1965 yilda Toshkent oliy tank qoʻmondonlik bilim yurtini “tank qoʻshinlari taktik qoʻmondonligi” mutaxassisligi boʻyicha, 1985 yilda esa Zirhli tank qoʻshinlari harbiy akademiyasini “qoʻmondon-shtab operativ-taktik” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1966 yildan 1972 yilgacha qadar Boltiqboʻyi qoʻshinlari harbiy okrugi 11-armiya tank polki tank vzvodi komandiri lavozimidan Shimoliy qoʻshinlar tankchilar diviziyasi tankchilar batalyoni komandirining siyosiy boʻlim boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.
1972 yildan 1986 yilgacha Toshkent oliy tank qoʻmondonlik, Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtlarida kursantlar batalyonida komandirning tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari hamda batalyon komandiri lavozimlarida xizmat oʻtagan.
1986 yildan 1991 yilgacha Toshkent viloyati fuqarolik mudofaasi komandirining oʻrinbosari – shtab boshligʻi lavozimida xizmat qilgan. 1991 yildan 1992 yilgacha bir vaqtning oʻzida mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari boʻyicha vaziri – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya qoʻmondoni lavozimida, 1992 yildan 1997 yilgacha esa Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Marhum nafaqat mudofaa tizimida, balki 1997 yil sentabr oyidan 1998 yil sentabr oyigacha Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritganligi ham barchamizga maʼlum. 1998 yilda nafaqaga chiqqan.
Shuningdek, 2018 yildan 2020 yilgacha Mudofaa vazirining maslahatchisi lavozimida mudofaa tizimining muhim yoʻnalishlarini qayta isloh qilishda faol ishtirok etgan.
Koʻp yillik fidoyi xizmatlari uchun Sobiq ittifoq va Oʻzbekiston Respublikasining bir qator orden va medallari bilan taqdirlangan.
1993 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻi va 1995 yilda II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi milliy armiyasini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 2018 yilda “Doʻstlik”ordeni bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston
13.10.2025, 13:34
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.
Iqtisodiyot
07.03.2026, 14:42
So'nggi yangiliklar

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda
Fan-texnologiya
04.04.2026, 15:48

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi
Iqtisodiyot
03.04.2026, 17:17

Apple va Samsung: Jahon smartfon bozorining yetakchilari
Iqtisodiyot
03.04.2026, 12:37

50 yildan so‘ng insoniyat yana Oyga parvoz qildi
Fan-texnologiya
02.04.2026, 17:01

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?
Oʻzbekiston
02.04.2026, 11:24

Bitta bilet – bir nechta manzil: “Uzbekistan Airways” qiziqarli shartnoma imzoladi
Oʻzbekiston
01.04.2026, 16:01

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Ukraina va Saudiya: Kiyev harbiy tajribasini Fors ko‘rfaziga eksport qilmoqda
Jahon
28.03.2026, 17:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.
Iqtisodiyot
07.03.2026, 14:42
