Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Sirojiddin Media nomi bilan tanilgan bloger Sirojiddin Odilov firibgarlik va tovlamachilikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo ish ortidagi eng muhim savol ochiq qolmoqda: nega ayrim fuqarolar o‘z muammosini davlat idorasidan ko‘ra bloger orqali hal qilishga urinadi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38
Ulashish:

Odilovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqidagi ilk rasmiy xabar 2026-yil 11-mart kuni tarqalgan. Samarqand viloyati IIB ma’lumotiga ko‘ra, Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro 2024-yil avgustida Odilovdan boshqa bir shaxs bilan bog‘liq moliyaviy nizoni hal qilishda yordam so‘ragan.
Yetarli vakolatga ega bo‘lmasa-da, Odilov muammoni hal qilib berishini aytib, pul olgan. Biroq va’dasini bajarmagan.
Dastlab unga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 211-moddasi bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgani, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangani bildirilgan. Ammo keyingi sud jarayonida ayblovlar boshqa moddalar bilan ifodalandi. Ammo keyinchalik boshqa moddalarga oid ayblovlar ham ilgari surildi.
Sudda 6 yil so‘raldi
Sudda Odilov Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi "a" bandi — takroran tovlamachilik hamda 168-moddasi 3-qismi "b" va "v" bandlari — takroran va mansab mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik sodir etganlikda ayblandi.
4-avgust kuni sud tergovi yakunlanib, tomonlar muzokarasiga o‘tildi. 11-avgust kuni prokuror Nodir Jafarov Odilovni 6 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi. Biroq ish shu bilan tugamadi.
Yana qayta boshlangan sud
Sudya Sanjar Rasulov Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi sudlov hay’ati raisi etib tayinlangach, ish boshqa sudga o‘tkazildi va sud tergovi boshidan qayta boshlandi.
Advokatlar buni jarayonni cho‘zadigan holat sifatida baholadi. Ularning aytishicha, o‘nlab guvoh va ekspertlarni qayta so‘roq qilish zarurati yuzaga kelishi, natijada Odilovning hibsda qolish muddati uzayishi mumkin.
Himoyachilar blogerning sog‘lig‘i keskin yomonlashganini, u yarim yildan ko‘proq vaqt davomida hibsda saqlanayotganini bildirib, ehtiyot chorasini uy qamog‘i yoki boshqa yengilroq choraga o‘zgartirishni so‘ragan.
Siyosiy sabablar
24-sentabr kuni suddagi yakuniy muzokaralarda prokuror Ma’ruf Xudoyberdiyev ayblovlar to‘liq isbotlanganini aytib, yana 6 yil so‘radi. Advokat esa Odilovning aybsizligini ta’kidladi.
Ishda siyosiy motiv bo‘lishi mumkinligini ilgari surgan huquq faoli Abdurahmon Tashanovning aytishicha, Odilovning hibsga olinishi uning “Gulira’no Qosimova ishi”ni faol yoritgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Himoya tomoni tintuv noqonuniy o‘tkazilgani, advokatlarning huquqlari cheklangani va ayrim guvohlar “topshiriq asosida” jalb qilinganini ham da’vo qildi. Himoyachilar Odilovni to‘liq oqlash va reabilitatsiya qilishni so‘radi.
Bu da’volar himoya tomoniga tegishli bo‘lib, sud tomonidan tasdiqlanmagan
Hukm
5-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi hukm chiqardi. Sirojiddin Odilov firibgarlik va tovlamachilikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazo manzil-koloniyada o‘talishi belgilandi.
Sud qayd etgan ma’lumotga ko‘ra, ayblanuvchi D. Shamsiyevdan 12 million so‘m tovlamachilik yo‘li bilan undirgan. Shuningdek, G. Jumaniyozovadan 30 million so‘m va R. Xudoynazarovadan 33 million so‘m firibgarlik yo‘li bilan olgan. Jami 75 million so‘mlik moddiy zarar to‘liq qoplangani bildirildi.
Eng muhim savol ochiq qolmoqda
Sud Odilovning aybdor yoki aybsizligi yuzasidan o‘z qarorini chiqargan. Ammo bu ishni faqat bir blogerning jinoyat ishi sifatida ko‘rish yetarlimi?
Sababi, Sirojiddin Odilov faoliyatining markazida doimo fuqarolarning muammolari turgan. Unga murojaat qilgan ayrim fuqarolar o‘z masalasi tegishli davlat organlarida hal bo‘lmagach, blogerga murojaat qilganini aytgan.
Birinchi holatda fuqaro uy uchun pul to‘lagan, ammo va’da qilingan muddatda uyini olmagan. U tegishli idoralarga murojaat qilib, masalasini hal etolmagan. Shundan so‘ng tanishining tavsiyasi bilan blogerga murojaat qilgan.
Ikkinchi holatda bir guruh aholi davlat yordami haqiqiy ehtiyojmandlarga yetib bormayotgani, hudud chiqindiga to‘lib ketgani uchun mahalla raisidan norozi bo‘lgan. Ular ham murojaatlariga turli idoralardan ijobiy javob olmagach, bloger yordamidan foydalanishgan.
Uchinchi holatda esa fuqaro qo‘shnisi bilan yo‘lga egalik va undan foydalanish yuzasidan kelisholmagan. Turli idoralar orqali masala yechilmagach, bloger .
Uchala holatda ham bitta umumiy jihat ko‘zga tashlanadi: fuqaro avval rasmiy tizimdan yechim kutgan, keyin blogerga murojaat qilgan.
Bloger nega “oxirgi manzil”ga aylanadi?
Bloger davlat organi, sudya, tergovchi yoki prokuror emas. Uning qonuniy qaror chiqarish vakolati ham yo‘q. Shunga qaramay, odamlar ba’zan blogerni muammosini hal qilishi mumkin bo‘lgan vosita deb ko‘radi.
Buning sababi blogerning kuchli ekanida emas, balki fuqaro rasmiy tizimdan natija chiqishiga ishonchi pasayganida bo‘lishi mumkin. Aynan mana shu nuqta Sirojiddin Odilov ishini shaxsiy jinoyat ishidan kengroq masalaga aylantiradi.
Agar fuqaro o‘z haqini talab qilish uchun kamera qarshisidagi norasmiy shaxslarga murojaat qilishga majbur bo‘layotgan bo‘lsa, demak, muammoning ildizi faqat blogerda emas.
Shu sababli bu ishdagi muhim nuqta "Siroj media nega 4 yilga hukm qilindi?" emas, balki "Nega ayrim fuqarolar muammosini hal qilish uchun davlat idorasiga emas, blogerga murojaat qiladi?" degan savoldir. Ushu savolga javob berilmas ekan, bir ish yopilishi mumkin, ammo muammolar muammoligicha qolaveradi.
Mavzuga oid yangiliklar

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

MrBeast Toshkentga keladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 09:32

19 nafar qidiruvdagi o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada yashirinib yuribdi — politsiya
Oʻzbekiston
09.09.2026, 09:25
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
