Tergov izolyatoridan chiqqan jasad: Uzun tumanidagi fuqaro o‘limiga kim javobgar?

Surxondaryo viloyati Uzun tumani "Yangiyoʻl" mahallasida ayol va uning bolalari oʻldirib ketilgani ortidan tergovga jalb qilingan fuqarolardan biri tergov jarayonida vafot etdi. Bu haqda PARADIGMA.UZ'ga marhumning oila aʼzolari maʼlum qildi.

Tergov davomida o‘lim: Uzun tumanidagi fojiada fermer qatag‘on qilindi

Tergov davomida o‘lim: Uzun tumanidagi fojiada fermer qatag‘on qilindi

Gap shundaki, joriy yilning 15 fevral kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumani "Yangiyoʻl" mahallasida yashovchi M.R. (ayol) va uning bir nafar farzandi oʻldirilib, yashash xonadoniga oʻt qoʻyilgan. Marhumaning qolgan ikki nafar bolasi —  M.H. va Z.H.lar ham tan jarohati olganligi sababli Uzun tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. 

Keyinchalik jonlantirish boʻlimidagi ikki nafar bola ham ogʻir tan jarohati olganligi sababli vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qism "a" bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda dastlabki tergov harakatlari boshlangan. 

Maʼlum boʻlishicha, tergovda hodisa yuz bergan hududda yashovchi aholi birin-ketin olib ketilgan. Shulardan biri 1975 yil 21 mayda tugʻilgan Tohir Xaitov boʻlib, u 2016 yildan buyon Uzun tumanida fermerlik bilan shugʻullanib kelgan. 

Tohir Xaitov tergovga voqea yuz berganidan 8 kun oʻtib, aniqroq aytganda, 23 fevral kuni olib ketilgan, ammo oradan ikki kun oʻtganidan soʻng tergov jarayonida vafot etgan. 

Marhumning oʻgʻlining PARADIGMA.UZ'ga maʼlum qilishicha, Respublikadan kelgan tergovchilar hamda ishchi guruh tomonidan olib borilgan tergov davomida uning otasiga tuhmat va boʻhton qilingan.

"Qiynoq va turli xil yoʻllar bilan boʻlgan jinoyatni otamning boʻyniga qoʻyishmoqchi boʻlishdi. Oxir oqibatda otamni 2 kun oʻtgach, 25 fevral kuni yurak xurujidan vafot etdi deb koʻrsatishdi. Vaholanki, otamning sogʻligʻi bilan umuman muammosi boʻlmagan", deydi u.

Surxondaryo viloyatida sodir boʻlgan mudhish jinoyat va ushbu ish boʻyicha gumonlanib hibsga olingan shaxsning qiynoqlar ortidan halok boʻlishi nafaqat sud-huquq tizimidagi muammolarni, balki inson huquqlarining poymol etilayotganini ham ochiq koʻrsatib turibdi. 

Inson huquqlari konsepsiyasida ayrim huquqlar borki, ularni hech qanday sharoitda cheklab boʻlmaydi. Qiynoqlardan holi boʻlish huquqi mutlaq huquqlar turkumiga kiradi. Bu shuni anglatadiki, davlat hech qanday holatda insonni qiynoqqa solish yoki shafqatsiz, gʻayriinsoniy va yoki qadr-qimmatni toptaluvchi muomalaga duchor etishga haqli emas. 

Baʼzi huquqlar cheklanishi mumkin, masalan, favqulodda holatda soʻz erkinligi yoki harakatlanish erkinligi vaqtinchalik cheklanishi mumkin. Lekin qiynoqqa solmaslik huquqi hech qachon va hech qanday sharoitda cheklanishi mumkin emas. 

Oʻzbekiston Respublikasi bir qator xalqaro shartnomalar va konvensiyalarga qoʻshilgan boʻlib, ular qiynoqlarga mutlaq ravishda taqiq qoʻyadi. Jumladan: 

— BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasi (1984 yil) — Oʻzbekiston ushbu konvensiyani 1995 yilda ratifikatsiya qilgan va uning barcha talablariga amal qilishi shart. Konvensiyaning 2-moddasiga koʻra, hech qanday sharoit, hatto urush yoki favqulodda holat ham qiynoqlarga asos boʻla olmaydi. 

— Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt (1966 yil) — Oʻzbekiston mazkur hujjatga ham qoʻshilgan. Uning 7-moddasida shunday deyilgan: "Hech kim qiynoqqa solinmasligi yoki shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoxud qadr-qimmatini toptaluvchi jazo yoki muomalaga duchor etilmasligi kerak". 

— Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — 26-moddaga koʻra, hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka yoki shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoxud qadr-qimmatini toptauvchi muomala yoki jazoga tortilishi mumkin emas. 

— Jinoyat-protsessual kodeksi (235-modda) — bu modda qiynoq va zoʻravonlikka qarshi kafolat beradi, shuningdek, qiynoqlar uchun jinoiy javobgarlikni belgilaydi. 

Garchi qiynoqlarning taqiqlangani haqida qator qonunlar va xalqaro majburiyatlar mavjud boʻlsa-da, amalda bu huquq koʻp hollarda poymol qilinadi. Qiynoqlar hozir ham surishtiruv va tergov jarayonlarida, ayniqsa, gumondorlardan “iqrorlik” olish maqsadida qoʻllanilayotgani haqida turli xabarlar kelib tushmoqda. 

Bunga sabablardan biri — aybdorlarning jazosiz qolishi. Agar huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qiynoqlar sodir etilsa, bu holat koʻpincha yopiq holda qoladi yoki rasmiylar bunga eʼtibor qaratmaydi. Bu esa qiynoqlarning sistemaviy muammo sifatida saqlanib qolishiga olib keladi. 

Qiynoqlar orqali olingan har qanday "dalil" ishonchsiz hisoblanadi. Jabrlanuvchi shunchaki ogʻriq va qiynoqlardan qutulish uchun haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan ayblovlarni tan olishi mumkin. Bu esa haqiqiy jinoyatchilar jazodan qutulib ketishiga va begunoh insonlar jabr tortishiga olib keladi. 

Qolaversa, qiynoqlar jamiyatda davlat organlariga boʻlgan ishonchni yoʻqotadi. Agar fuqarolar politsiya va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishdan qoʻrqsa, bu jamiyatda qonun ustuvorligini susaytirib, huquqbuzarliklarning koʻpayishiga sabab boʻladi. 

Har qanday davlat qiynoqlarga qarshi kurashishga majbur. Oʻzbekiston ham xalqaro majburiyatlarini bajarib, qiynoqlarga mutlaq taqiq joriy qilishi va bu borada aniq choralar koʻrishi kerak.

Oʻzbekiston

27.02.2025, 10:41

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Surxondaryoda shifokor va bemorni kaltaklagan “Alfa” jinoiy guruhi aʼzolari qoʻlga olindi

Surxondaryo viloyatida shifoxonada shifokor va bemorni kaltaklash bilan bogʻliq hodisa yuzasidan “Alfa” deb atalgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.

Oʻzbekiston

26.01.2026, 13:51

Surxondaryoga yoz qaytmoqda: Oʻzbekistonda haftalik ob-havo

Surxondaryoga yoz qaytmoqda: Oʻzbekistonda haftalik ob-havo

Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, bu hafta dushanbadan shanba kunga qadar havo juda issiq va quruq boʻladi. Surxondaryo viloyatida dushanba va seshanba kunlari havo harorati +34 darajagacha koʻtarilishi mumkin.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 11:30

Surxondaryoda 15 yoshli qizga uylangan erkak va nikoh oʻqigan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Denov tumanida voyaga yetmagan qizga uylangan yigit hamda ularga nikoh marosimini oʻtkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. 

Oʻzbekiston

25.09.2025, 16:10

Surxondaryodagi suv omborida yirik zamonaviy ekoturizm majmuasi quriladi

“Janubiy Surxon suv ombori” hududida ekoturizm majmuasini bunyod etish uchun 15,7 gektar maydon ajratilgan. Loyiha qiymati 140 milliard soʻm.

Iqtisodiyot

25.08.2025, 19:03

Surxondaryoda mansabdor xodimga, Fargʻonada esa masʼul xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Surxondaryoda energetika sohasining mansabdor xodimiga, Fargʻonada esa Xalq qabulxonasining masʼul xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Oʻzbekiston

21.08.2025, 11:03

Surxondaryoda 81 marta qoida buzgan “uchar” haydovchi ushlandi

Bular orasida tezlikni oshirish, taqiqlangan qizil chiroqlarida harakatlanish va boshqa qaltis qoidabuzarliklar bor.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 12:09

So‘nggi yangiliklar

Toshkentda BYD va Li 9 ishtirokidagi YTH boʻyicha sud qarori bekor qilindi

Apellyatsiya sudi ishni qayta koʻrib, materiallar qoʻshimcha tekshiruv uchun tegishli organga yuborildi. Sudga koʻra, ayrim holatlar yetarlicha toʻliq oʻrganilmagan.

Oʻzbekiston

14.02.2026, 14:19

Mers: «Qoidalarga asoslangan dunyo tartibi endi mavjud emas»

Har yili oʻtkaziladigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida nutq soʻzlagan Germaniya kansleri yirik davlatlar oʻrtasidagi raqobat kuchaygan bir sharoitda «erkinlik kafolatlanmagani»ni taʼkidladi. 

Jahon

14.02.2026, 13:47

Gʻarb aholisi Uchinchi jahon urushi ehtimoliga ishonmoqda — Politico

AQShdagi soʻrovnoma ishtirokchilarining 46 foizi dunyo yangi jahon urushi tomon harakat qilayotganini bildirgan.

Jahon

14.02.2026, 10:34

Japarov: «Men uni ogohlantirgandim»

Sadir Japarov Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyevni lavozimidan ozod etish qarori ortidagi sabablar haqida izoh berdi.

Jahon

14.02.2026, 05:52

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yigʻilishda Ramazon oyi arafasida ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash masalasi muhokama qilindi.

Madaniy

13.02.2026, 17:31

Chiqindi qarzi tufayli elektr cheklovlari qayta koʻrib chiqilishi mumkin

Chiqindi xizmati boʻyicha asossiz qarzlar tufayli elektr cheklovlari qoʻyilmoqda. Raqobat qoʻmitasi korxonalar bilan muzokara boshladi.

Oʻzbekiston

13.02.2026, 14:43

“ALHADAYA” biologik faol qoʻshimchasi reklamasi uchun moliyaviy jarima qoʻllanildi

Reklama materiallarida taʼsirli daʼvolar va mahsulot haqida toʻliq maʼlumot yoʻqligi aniqlandi. Bu esa isteʼmolchilarda mazkur qoʻshimchani dori vositasi sifatida qabul qilish ehtimolini yuzaga keltirgan.

Iqtisodiyot

13.02.2026, 12:39

20 yillik mehnat stajiga ega ayollar uchun pensiya yoshini bir yilga qisqartirish taklif etilmoqda

“Davlat pensiya taʼminotida zamonaviy xizmatlar” loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Muhokama 26 fevralgacha davom etadi. 

Iqtisodiyot

13.02.2026, 11:57

Istanbulda ikki oʻzbekistonlik ayol oʻldirilib, jasadlari boʻlaklangan

Istanbul shahrida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan ikki ayolning oʻlimi yuzasidan tergov davom etmoqda. Yangi maʼlumotlarga koʻra, har ikki jabrlanuvchining jasadi boʻlaklarga ajratilgan.

Oʻzbekiston

13.02.2026, 11:37

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”

Oʻzbekistonlik siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning “Erkin millat poydevori” nomli yangi kitobi nashr etildi.

Madaniy

13.02.2026, 10:18

Senator Mir-Akbar Rahmonqulov 74 yoshida vafot etdi

Taniqli davlat va jamoat arbobi, huquqshunos olim, senatorning hamkasb va shogirdlari uning yuksak insoniy fazilatlari, Vatanga sadoqati va ilmiy merosini alohida taʼkidlamoqda.

Oʻzbekiston

13.02.2026, 09:40

Germaniya Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qatʼiy rioya etishga chaqirdi

Berlinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashib, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilish va Yevropa Ittifoqini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

Siyosat

13.02.2026, 09:08