Yana bir rossiyalik mafkurachi Markaziy Osiyo suvereniteti borasida keskin fikr bildirdi

Rossiyalik siyosiy mafkurachi Aleksandr Duginning milliy davlatlar suvereniteti tugagani haqidagi bayonoti Rossiya siyosiy doiralarida postimperial tafakkur hanuz mavjudligi haqidagi bahslarni yanada jonlantirdi.

Ulashish:

Dugin suverenitet va milliy davlatlar konsepsiyasini oʻtmishga tegishli deb atab, bu kabi tuzilmalarni vaqtinchalik hodisa sifatida koʻradi. Uning fikricha, kelajak «imperiyalar»ga tegishli boʻlib, Rossiya qoʻshni davlatlar ustidan alohida taʼsir doirasiga ega boʻlishi kerak.

«Suverenitet tugadi. Milliy davlatlar — bu oʻtmish», — deya taʼkidlagan Aleksandr Dugin.

Bu bayonot Rossiya davlat OAVlarida faol chiqish qilayotgan teleboshlovchi Vladimir Solovyovning Markaziy Osiyoda «maxsus harbiy operatsiya» oʻtkazish haqidagi chaqiriqlaridan koʻp oʻtmay yangradi.

Kuzatuvchilar bu kabi ketma-ket chiqishlar tasodifiy emas, degan fikrni ilgari surmoqda. Shu bilan birga, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ushbu bayonotlarni yana «shaxsiy fikr» sifatida izohlab qoladimi, degan savol paydo boʻldi.

Shu fon ortida qator muhim savollar kun tartibiga chiqmoqda:
Oʻzbekiston bu kabi ochiq mafkuraviy daʼvolarga qachon va qanday munosabat bildiradi?

Ushbu bayonotlarga javoban kamida diplomatik nota yuborish rejalashtirilganmi?

Ayrim ekspertlar fikricha, bunday chiqishlar mualliflarini «persona non grata» deb eʼlon qilish masalasi ham tobora dolzarb tus olmoqda. Savol esa ochiq: buning uchun yana nechta shunga oʻxshash bayonot yangrashi kerak?

Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston Rossiyadagi migrantlarning huquqlari buzilganligi yuzasidan Federatsiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi

Tashqi ishlar vazirligi (TIV) Rossiya Federatsiyasidagi ayrim tashkilot va idoralarini Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan hurmatda boʻlish, ularning shaʼn va qadr-qimmatini kamsitmaslikka chaqirdi.

Oʻzbekiston

11.06.2025, 11:07

Rossiyada muzlab qolgan itga yordam bergan kurer ishdan boʻshatildi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida -20 daraja sovuqda muzlab qolgan, Dodobonya laqabli uysiz itni adyol bilan oʻrab qoʻygan pitsa yetkazib beruvchi kurer ishdan boʻshatildi.

Jahon

27.02.2026, 12:34

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik

Volodimir Zelenskiy urushning toʻrt yilligi munosabati bilan murojaat qilib, Ukraina Rossiya bosqinidan buyon mustaqilligini himoya qilayotganini va tinchlik yoʻlida xalq qurbonliklariga xiyonat qilmasligini bildirdi.

Jahon

25.02.2026, 13:51

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar

Rossiyaning Ukrainaga toʻliq masshtabdagi bosqini boshlanganiga bugun, 24 fevralda toʻrt yil toʻldi.

Jahon

24.02.2026, 14:06

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin

Mamlakatdagi zoʻravonliklar sabab ayrim oʻyinlar taqdiri, jumladan Oʻzbekiston — Kolumbiya uchrashuvi ham xavfsizlik vaziyati tufayli bekor qilinishi mumkin.

Jahon

24.02.2026, 10:39

Rossiyada bolani qutqargan oʻzbek migranti “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻzbekistonlik fuqaro Xayrullo Ibodullayev 7-qavatdan tushib ketgan bolani qutqarib qolgan edi.

Oʻzbekiston

24.02.2026, 09:40

So‘nggi yangiliklar

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Krishtiano Ronaldu xavfsizlik maqsadida Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Sport

03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda

Mojaroga AQSh, Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar qoʻshilishi mumkin.

Jahon

02.03.2026, 15:58

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman

Aliment qarzdorlarining roʻyxatlari va fotosuratlarini ommaviy tarqatish inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadi hamda Konstitutsiya normalariga ziddir.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 15:07

Rossiyada migrantlarni ishdan boʻshatish tartibi soddalashtirildi

Rossiyada 1 martdan boshlab yangi qonun kuchga kirdi. Unga koʻra, agar muayyan mintaqa migrantlarni ishga jalb etishga cheklov yoki kvota joriy etsa, ish beruvchilar xorijiy xodimlarni ishdan boʻshatish huquqiga ega boʻladi. 

Jahon

02.03.2026, 13:46

Umra safari tadbirlari vaqtincha kechiktirildi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi umra safarlari vaqtincha kechiktirilganini eʼlon qildi. Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va havo makoni cheklovlari sabab, bir qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 11:23

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi

Amerika fuqarolari Nyu-York shahri markazida Amerika harbiy operatsiyalariga qarshi norozilik bildirmoqda. 

Jahon

02.03.2026, 10:18