Yoshiga toʻlmagan chaqaloqlarni qanday ovqatlantirish kerak?
Bir yoshgacha boʻlgan bolalarga qanday qoʻshimcha ovqatlar berish mumkinligi haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassisi tomonidan bir qator tavsiyalar berildi.
Fan-texnologiya
01.10.2024, 14:20
Ulashish:

Yoshga toʻlmagan chaqaloqlarni qanday ovqatlantirish kerak?
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boʻlim mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Fotima Abdurahmonovaga koʻra, chaqaloq olti oygacha faqatgina tabiiy ona suti bilan oziqlanishi kerak.
"Chaqaloq olti oyga toʻlgach, shifokor tavsiyasi asosida unga ona sutidan tashqari boʻtqa, sharbat va pyure koʻrinishida qoʻshimcha ozuqalar berish mumkin. Sababi tez rivojlanayotgan murgʻak organizmning ehtiyojlari ona suti bilan toʻla qoplanmaydi", deydi u.
Shifokorning taʼkidlashicha, goʻdakni qoʻshimcha taom bilan ona sutidan oldin oziqlantirish kerak. Bolaga bunday yegulik ikki hafta davomida berilgach, uchinchi haftadan bir martalik koʻkrak suti bilan ovqatlantirish oʻrniga almashtiriladi. Ular tarkibi sabzavot boʻtqalaridan tashkil topgan boʻlishi lozim.
Dastavval, boʻtqa oz-ozdan (5-10 gramm) berib boriladi, keyinchalik kerakli miqdorga asta-sekin yetkaziladi. Shuni yodda tutish lozimki, bu yoshdagi goʻdakka bir paytning oʻzida ikkita qoʻshimcha taom berilmaydi. Bola birinchi qoʻshimcha ozuqaga koʻnikkach, ikkinchisiga oʻtish mumkin.
"Kichkintoy 7 oylik boʻlgach, unga ikkinchi qoʻshimcha taom – boʻtqalar (mannali, grechkali) berilib, 2 hafta ichida ikkinchi galdagi ona suti u bilan almashtiriladi. Ushbu davrda qaynatilgan tuxum sarigʻining yarmini haftasiga ikki marta, keyin kunora berish mumkin.
Bola 8 oyga toʻlganda taomnomaga uchinchi qoʻshimcha yegulik sifatida qatiq va tvorog kiritiladi. Dastlab, qatiq oz-ozdan (5-10 gramm) berib boriladi, keyinchalik esa kerakli miqdorga asta-sekin yetkaziladi" deydi Fatima Abdurahmonova.
Unga koʻra, 9 oylikdan boshlab non (pechenelar), olmani boʻlakcha shaklida berish mumkin. 10 oylikdan boshlab goʻsht qiymasidan tayyorlangan frikadelkalar, 12 oylikdan bugʻda pishgan kotletlar beriladi. Bolaga choy berish maqsadga muvofiq emas. Uning oʻrniga meva sharbati, qaynatilgan suv ichiriladi.
Fan-texnologiya
01.10.2024, 14:20
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?
Fan-texnologiya
24.02.2025, 10:40

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?
Fan-texnologiya
17.12.2024, 10:53

Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni isteʼmol qilsa boʻladimi?
Fan-texnologiya
02.12.2024, 09:58

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?
Fan-texnologiya
25.11.2024, 10:23

Bolalarni nafas yoʻllari kasalliklaridan qanday himoya qilish mumkin?
Fan-texnologiya
25.10.2024, 10:13

Qanday mahsulotlar odamni tez qaritadi?
Fan-texnologiya
23.09.2024, 10:17
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
