Qanday mahsulotlar odamni tez qaritadi?
Kunlik tanovul qilayotgan baʼzi bir taomlarimiz salomatligimizga bevosita salbiy taʼsir qilib, organizmning qarish jarayonini tezlashtirishi mumkin. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ana shunday mahsulotlarning roʻyxati va ularning tanaga taʼsiri haqida maʼlumot berildi.
Fan-texnologiya
23.09.2024, 10:17
Ulashish:

Qanday mahsulotlar odamni tez qaritadi?
Shakarli mahsulotlar: Shirinxoʻrlar navbatdagi desert bilan oʻzlarini xursand qilayotganlarida organizmda glikatsiya jarayoni ishga tushadi va AGE va RAGE molekulalari toʻplana boshlaydi. Ular yigʻilgan joyda yalligʻlanish jarayoni doimiy ravishda saqlanib, organlarning normal ishlashi buziladi. Shu tarzda "yoshga doir" kasalliklar boshlanadi. Glyukoza oqsillar va lipidlar bilan bogʻlanadi, bu esa terining elastikligiga bevosita bogʻliq boʻlgan kollagenga halokatli taʼsir koʻrsatib, erta ajin tushishiga olib keladi.
Trans yogʻlar: Ularning asosiy manbalari — "Fast food" va margarin. Bu yogʻlar qarish jarayonini tezlashtiradi. Chunki ular qon tomirlarini toraytirib, uning oqimini buzadi. Oqibatda yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfi sezilarli darajada ortadi.
Qahva va kofeinli ichimliklar (energetiklar): Kofeinning koʻp miqdori tana hujayralarining suvsizlanishiga, bu esa moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Energetiklarda kofeinning taʼsiri natriy bilan yanada koʻproq boʻladi. Terining erta qarishini oldini olish uchun har qahva ichgandan keyin albatta bir stakan suv ham ichish muhim. Energetik ichimliklardan esa butunlay voz kechgan afzal.
Spirtli ichimliklar: Ularni muntazam ichish jigarga jiddiy taʼsir qiladi. Chunki alkogol ushbu filtrlovchi organda toksinlar toʻplanishiga, bu esa organizmda yalligʻlanish jarayonlari boshlanishi va turli kasalliklarga olib keladi.
Oʻta shoʻr mahsulotlar (pishloq, pitssa (ayniqsa pepperoni), chips, krekerlar): Tuz tanadagi suvni ushlab qoladi va bu hujayralarning qisqarishiga olib keladi. Natijada suvsizlanish yuzaga keladi. Bu esa, tabiiyki, qarish jarayonini tezlashtiradi.
Qayta ishlangan goʻsht (kolbasa, sosiska va bekon): Ushbu mahsulotlarda ortiqcha tuz va konservantlar mavjud. Ularni isteʼmol qilish suvsizlanishga olib keladi va yalligʻlanishni keltirib chiqaradi. Shuningdek, bu mahsulotlar sababli organizmda kollagen ishlab chiqarish uchun muhim boʻlgan S vitaminining miqdori kamayadi.
Qovurilgan kartoshka: U organizmda deyarli bir zumda shakarga parchalanadi. Bundan tashqari, yuqori haroratda yogʻda qovurilgan mahsulotlar erkin radikallarni chiqaradi. Oqibatda terining hujayra darajasida shikastlanish yuzaga keladi. Shuningdek, bu roʻyxatga ustki qobigʻi och jigarrang boʻlguncha qovurilgan yoki pechda pishirilgan barcha taomlarni qoʻshish mumkin. Bu ishtahaochar rang, yuqorida aytganimiz, glikatsiya jarayoniga bevosita bogʻliq, hattoki bu taomga shakar qoʻshilmagan boʻlsa ham.
Odatda uzoq va sogʻlom umr koʻrishni targʻib qiluvchi mutaxassislar tez qovurilgan yoki bugʻda pishirilgan taomlarni isteʼmol qilishni tavsiya qilishadi.
Fan-texnologiya
23.09.2024, 10:17
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?
Fan-texnologiya
24.02.2025, 10:40

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?
Fan-texnologiya
17.12.2024, 10:53

Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni isteʼmol qilsa boʻladimi?
Fan-texnologiya
02.12.2024, 09:58

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?
Fan-texnologiya
25.11.2024, 10:23

Bolalarni nafas yoʻllari kasalliklaridan qanday himoya qilish mumkin?
Fan-texnologiya
25.10.2024, 10:13

Yoshiga toʻlmagan chaqaloqlarni qanday ovqatlantirish kerak?
Fan-texnologiya
01.10.2024, 14:20
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
