updated: 22.03.2026, 08:37

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Oʻzbekistonga qish mavsumi kirib kelishi bilan havo harorati sezilarli darajada pasaydi. Bunday sharoitda tetik va sogʻlom yurish uchun ovqatlanish ratsioniga alohida eʼtibor qaratish lozim. Xoʻsh, sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak? Mazkur savolga Tibbiyot fanlari doktori Ilhom Otajonov Sogʻliqni saqlash vazirligiga bergan intervyusida javob berdi

Ulashish:

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Ilhom Otajonovga koʻra, sovuq kunlarda tanaga issiqlik baxsh etuvchi taomlarni isteʼmol qilish foydali. Chunki bunday havoda organizm oʻzini oʻzi isitishi uchun juda koʻp quvvat sarflaydi.

"Inson tanasi koʻproq vitamin va minerallar, ayniqsa, oqsil moddasini talab qiladi. Oʻz navbatida, uning tarkibidagi aminokislotalar immunitetni mustahkamlab, mikroblarga qarshi kurashda yordam beradi", deydi doktor.

Issiqlikni saqlash uchun qanday mahsulotlarni isteʼmol qilish kerak? 

Tarkibida issiqlik saqlovchi yeguliklarga grechka va joʻxori yormalari, piyoz, sarimsoqpiyoz, yerqalampir, qalampir, zira, turshak, mayiz, baliq, qoʻy, mol, tovuq goʻshti, sut mahsulotlari, zanjabil choyi, arpabodiyon choyi va qahva kabi mahsulotlar kiradi. 

Nutrisiologlar vazn tashlash uchun qishda parhezdan foydalanishni tavsiya etmaydi. Aksincha, aynan shu vaqtda organizm dam olishi va kuch yigʻishi kerak.

"Sovuq mavsumda qizil va qora qalampir, zanjabil, dolchin kabi issiq ziravorlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ularning tarkibidagi qizdiruvchi moddalar ovqat hazm qilish tizimining retseptorlarini qoʻzgʻab, qonni tomirlar boʻylab tezroq aylanishi va issiqlikni taʼminlaydi", deydi mutaxassis.

Qishda kam miqdorda yogʻli goʻsht isteʼmol qilib turish ham zarar qilmaydi. Unda sovuqqa qarshi turish uchun zarur boʻlgan arxidon kislotasi mavjud. Xamirli ovqatlar ham tanani isitish uchun xizmat qiladi. Bunday taomlar qish uchun juda mos keladi. 

Issiq, toʻyimli ovqat isteʼmol qilish qishning sovuq kunlarida odamlarning kayfiyatiga ijobiy taʼsir qiladi. Ayniqsa, tovuqli shoʻrva organizmda proteinning kerakli darajasini saqlab qolish uchun muhim taomdir.

Nimani isteʼmol qilmaslik kerak?

Shakar isteʼmolini cheklash salomatlik uchun ahamiyatli. Issiq va achchiq qahva organizmga undan koʻra koʻproq tetiklik bagʻishlaydi. Shuningdek, vitaminlarga boy mol, qoʻy jigari qishda A vitamini manbai sifatida organizm uchun zarur boʻladi. Mazkur mahsulotlarning isteʼmolidan tiyilish insonni yanada sogʻlom qiladi. 

Maʼlumot uchun, nutrisiolog – oziqlanish boʻyicha konsultantdir. Nutriyentlar – organizm uchun oziqlantiruvchi moddalar boʻlsa, nutrisiolog – ularni oʻrganish bilan shugʻullanadi. Nutrisiolog kishiga kundalik rasionidagi asosiy xatolarni topish hamda tuzatishda koʻmaklashadilar.

Shuningdek, ularning vazifasi – odamlarni mahsulot va taomlarni tanlashda organizm uchun maksimal foyda keltiradiganini tahlil qilishga oʻrgatishdir. Yaʼni, organizmdagi barcha almashinuv jarayonlarini yuqori darajada qoʻllab-quvvatlash uchun toʻgʻri ovqatlanishga oʻrgatishdir.

Fan-texnologiya

17.12.2024, 10:53

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?

Oziq-ovqat allergiyasi — dunyoda tobora keng tarqalayotgan patologiyalar sirasidan boʻlib, tahlillarga koʻra, bundan asosan bolalar, ayniqsa, emizikli goʻdaklar koʻp aziyat chekadi. Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova kuchli allergen hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Fan-texnologiya

24.02.2025, 10:40

Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni isteʼmol qilsa boʻladimi?

Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni isteʼmol qilsa boʻladimi?

Qish fasli kirib kelishi bilan uy sharoitida tayyorlangan qoʻlbola konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish boshlanadi. Bunday mahsulotlarning sifat nazorati maxsus tekshiruvlardan oʻtmagani bois, ularning isteʼmolga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini bilish mushkul. Agar odam konserva mahsulotidan zaharlansa, unda qanday belgilar paydo boʻladi, kasallanishning oldini olish uchun nimalar qilish kerak? Mazkur savollarga Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tomonidan tashkillashtirilgan intervyuda javob berildi. 

Fan-texnologiya

02.12.2024, 09:58

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?

Sogʻlom ovqatlanishga rioya qilishni boshlagan har bir oila tuz isteʼmol qilish kerakmi yoki yoʻqmi, deya oʻylaydi. Hatto insonlar orasida mutlaqo tuz isteʼmol qilmaydiganlar ham uchrab turadi. Xoʻsh, oʻzi tuz isteʼmol qilish qanchalik sogʻliqqa zarar yetkazadi? Uning insonlarga foydasi bormi? Shu kabi savollarga Sogʻliqni saqlash vazirligi batafsil javob berdi. 

Fan-texnologiya

25.11.2024, 10:23

Bolalarni nafas yoʻllari kasalliklaridan qanday himoya qilish mumkin?

Bolalarni nafas yoʻllari kasalliklaridan qanday himoya qilish mumkin?

Kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan kattalardan tortib, yosh bolalargacha tez-tez burun bitishi, aksi urish holatlari kuzatiladi. Bolalarda mazkur holatlar boshlanishi bilan ularning ota-onalari oʻzlari bilgan usulda farzandlarini davolashga harakat qiladi. Ammo bunday oʻzbilarmonlikning oxiri boshqa bir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur kasalliklarni bartaraf etish boʻyicha tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiyev oʻzining tavsiyalarini berib oʻtdi.

Fan-texnologiya

25.10.2024, 10:13

Yoshga toʻlmagan chaqaloqlarni qanday ovqatlantirish kerak?

Yoshiga toʻlmagan chaqaloqlarni qanday ovqatlantirish kerak?

Bir yoshgacha boʻlgan bolalarga qanday qoʻshimcha ovqatlar berish mumkinligi haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassisi tomonidan bir qator tavsiyalar berildi.

Fan-texnologiya

01.10.2024, 14:20

Qanday mahsulotlar odamni tez qaritadi?

Qanday mahsulotlar odamni tez qaritadi?

Kunlik tanovul qilayotgan baʼzi bir taomlarimiz salomatligimizga bevosita salbiy taʼsir qilib, organizmning qarish jarayonini tezlashtirishi mumkin. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ana shunday mahsulotlarning roʻyxati va ularning tanaga taʼsiri haqida maʼlumot berildi.

Fan-texnologiya

23.09.2024, 10:17

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45