Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni isteʼmol qilsa boʻladimi?
Qish fasli kirib kelishi bilan uy sharoitida tayyorlangan qoʻlbola konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish boshlanadi. Bunday mahsulotlarning sifat nazorati maxsus tekshiruvlardan oʻtmagani bois, ularning isteʼmolga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini bilish mushkul. Agar odam konserva mahsulotidan zaharlansa, unda qanday belgilar paydo boʻladi, kasallanishning oldini olish uchun nimalar qilish kerak? Mazkur savollarga Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tomonidan tashkillashtirilgan intervyuda javob berildi.
Fan-texnologiya
02.12.2024, 09:58
Ulashish:

Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni isteʼmol qilsa boʻladimi?
Sanitariya–epidemiologiya qoʻmitasi boʻlim boshligʻi Anvar Shukurovga koʻra, uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari inson salomatligiga xavf soladi. Chunki ushbu mahsulotlar isteʼmoli ortidan odamlarda botulizm kasalligi yuzaga kelmoqda.
"Botulizm esa oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishlar ichida eng ogʻir kechadigan xastaliklardan biri. Bu xastalik koʻp hollarda uy sharoitida sanitariya qoida va meʼyorlariga rioya qilinmay tayyorlangan sabzavotli, asosan, bodring, pomidor, baqlajon va qoʻziqorin konservalarini isteʼmol qilish oqibatida kelib chiqmoqda", deydi u.
Botulizm qanday kasallik, uning oqibati nimalarga olib keladi?
Botulizm virusi tashqi muhitga oʻta chidamli boʻlib, 100 darajada 6 soat, 120 darajada esa 10 daqiqagacha tirik boʻladi. Oʻzida zararli moddani saqlovchi konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish sababli turli salbiy oqibatlar, hatto, oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilmaganda oʻlimga olib keluvchi eng ogʻir turdagi zaharlanishdan kelib chiqadi.
Xastalikning yashirin davri 2-4 soatdan 14 kungacha davom etishi mumkin. Botulizm mikrobining toksini asosan markaziy asab tizimiga taʼsir etadi va organizmda turli oʻzgarishlarga olib keladi.
Botulizm alomatlari qanday yuzaga chiqadi?
Botulizmga chalingan bemorlarning nafas olishi qiyinlashishi, ogʻiz-tomoqning qurishi, jismlar koʻzga ikkita boʻlib koʻrinishi (diplopiya), koʻz qovoqlari osilib qolishi (ptoz), yutinish qiyinlashishi hamda umumiy holsizlanish, koʻngil aynishi va qusish (koʻpincha takrorlanadi), qorin sohasidagi ogʻriq kabi belgilar namoyon boʻladi. Bundan tashqari, bemorning soʻzlari tushunarsiz boʻlib qoladi, boʻyin va oyoq mushaklarining zaiflashishi natijasida yurishga qiynaladi.
Botulizmni oldini olish uchun nima qilish kerak?
Anvar Shukurovga koʻra, mazkur kasallikni oldini olish uchun uy sharoitida konservalarni tayyorlamaslik kerak. Bozor va aholi gavjum joylarda fuqarolar tomonidan sotilayotgan, nomaʼlum sharoitda tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan konservalarni xarid qilmaslik lozim.
Shuningdek, banka qopqogʻi koʻtarilgan (bombaj), shuningdek, rangida oʻzgarish boʻlgan konservalarni isteʼmol qilmaslik, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlariga eʼtibor berish, savdo doʻkonlaridan konservalarni xarid qilishda uning muddati, idishlarning butunligi, qopqoqlari shishmaganligi va xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlariga eʼtibor berish, taom tayyorlashda tozalikka va shaxsiy gigiyena qoidalariga toʻliq rioya etish lozim.
Fan-texnologiya
02.12.2024, 09:58
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?
Fan-texnologiya
24.02.2025, 10:40

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?
Fan-texnologiya
17.12.2024, 10:53

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?
Fan-texnologiya
25.11.2024, 10:23

Bolalarni nafas yoʻllari kasalliklaridan qanday himoya qilish mumkin?
Fan-texnologiya
25.10.2024, 10:13

Yoshiga toʻlmagan chaqaloqlarni qanday ovqatlantirish kerak?
Fan-texnologiya
01.10.2024, 14:20

Qanday mahsulotlar odamni tez qaritadi?
Fan-texnologiya
23.09.2024, 10:17
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
