Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?

Oziq-ovqat allergiyasi — dunyoda tobora keng tarqalayotgan patologiyalar sirasidan boʻlib, tahlillarga koʻra, bundan asosan bolalar, ayniqsa, emizikli goʻdaklar koʻp aziyat chekadi. Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova kuchli allergen hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Ulashish:

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?

Unga koʻra, bolalarda bu turdagi kasallik rivojlanishiga koʻp hollarda onaning homiladorlik yoki emizikli davrida notoʻgʻri ovqatlanishi sabab boʻladi. Goʻdak sunʼiy aralashmalar bilan oziqlantirilsa, chala tugʻilsa yoki oshqozon-ichak, oʻt, jigar xastaliklaridan aziyat cheksa ham, oziq-ovqat allergiyasi yuzaga kelishi mumkin. 

"Sigir suti kuchli allergiya qoʻzgʻatuvchi mahsulot hisoblanadi. Tarkibida f2, Bos d 4, Bos d 5, Bos d 6, Bos d 8, Bos d 9, Bos d 10, Bos d 11, Bos d 12 allergenlari mavjud. Ularga 5-6 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlarda allergiya kuzatiladi", deydi mutaxassis.

Tovuq tuxumi ham keng tarqalgan allergen boʻlib, ovalbumin, ovomuyeoid, ovotransferrin va ovomutsin oqsillar guruhlarini oʻz ichiga oladi. Bu moddalar molekulyar darajada oʻrganilganda, Gal d1, Gal d2, ovomukoid, Gal d3, Gal d4 allergenlari reaksiyalarni yuzaga keltirishi maʼlum boʻlgan. 

Shuningdek, baliq ham kuchli allergen. Uning goʻshtida parvaalbumin va tropomiozin oqsil guruhlari mavjud. Molekulyar darajadagi oʻrganishlar uning tarkibida Cyp c1, Gad c 1, Gad m 1 allergenlari borligi tasdiqlangan. 

Bugʻdoy va soya ham baʼzida allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Masalan, soya tarkibini molekulyar darajada oʻrganish natijasida uning tarkibida  Gly m 1, Gly m 5, Gly m 6 allergenlari mavjudligi aniqlangan. 

Ilmira Razikovaning qoʻshimcha qilishicha, goʻsht mahsulotlari orasida parranda va ot goʻshti boshqalariga nisbatan koʻproq allergen xususiyatga ega. Sitrus mevalar, qulupnay va yertut ham koʻproq allergiya qoʻzgʻaydi. Yongʻoqqa allergiyasi boʻlganlarning aksariyati esa ushbu meva daraxti changiga ham taʼsirchan boʻladi.

"Kattalarda allergiya rivojlanishiga sabab boʻluvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan birinchisi yeryongʻoqdir. Bu mahsulot koʻp hollarda anafilaktik reaksiyani keltirib chiqaradi. Undan soʻng turli xil yongʻoqlar, kunjut, asal, shaftoli, uzum, malina, sabzi, shokolad, kofe va kakao allergiya chiqaruvchi mahsulotlar roʻyxatidan joy olgan", deydi shifokor.

Mavzuga oid yangiliklar

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Oʻzbekistonga qish mavsumi kirib kelishi bilan havo harorati sezilarli darajada pasaydi. Bunday sharoitda tetik va sogʻlom yurish uchun ovqatlanish ratsioniga alohida eʼtibor qaratish lozim. Xoʻsh, sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak? Mazkur savolga Tibbiyot fanlari doktori Ilhom Otajonov Sogʻliqni saqlash vazirligiga bergan intervyusida javob berdi. 

Fan-texnologiya

17.12.2024, 10:53

Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni isteʼmol qilsa boʻladimi?

Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni isteʼmol qilsa boʻladimi?

Qish fasli kirib kelishi bilan uy sharoitida tayyorlangan qoʻlbola konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish boshlanadi. Bunday mahsulotlarning sifat nazorati maxsus tekshiruvlardan oʻtmagani bois, ularning isteʼmolga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini bilish mushkul. Agar odam konserva mahsulotidan zaharlansa, unda qanday belgilar paydo boʻladi, kasallanishning oldini olish uchun nimalar qilish kerak? Mazkur savollarga Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tomonidan tashkillashtirilgan intervyuda javob berildi. 

Fan-texnologiya

02.12.2024, 09:58

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?

Sogʻlom ovqatlanishga rioya qilishni boshlagan har bir oila tuz isteʼmol qilish kerakmi yoki yoʻqmi, deya oʻylaydi. Hatto insonlar orasida mutlaqo tuz isteʼmol qilmaydiganlar ham uchrab turadi. Xoʻsh, oʻzi tuz isteʼmol qilish qanchalik sogʻliqqa zarar yetkazadi? Uning insonlarga foydasi bormi? Shu kabi savollarga Sogʻliqni saqlash vazirligi batafsil javob berdi. 

Fan-texnologiya

25.11.2024, 10:23

Bolalarni nafas yoʻllari kasalliklaridan qanday himoya qilish mumkin?

Bolalarni nafas yoʻllari kasalliklaridan qanday himoya qilish mumkin?

Kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan kattalardan tortib, yosh bolalargacha tez-tez burun bitishi, aksi urish holatlari kuzatiladi. Bolalarda mazkur holatlar boshlanishi bilan ularning ota-onalari oʻzlari bilgan usulda farzandlarini davolashga harakat qiladi. Ammo bunday oʻzbilarmonlikning oxiri boshqa bir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur kasalliklarni bartaraf etish boʻyicha tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiyev oʻzining tavsiyalarini berib oʻtdi.

Fan-texnologiya

25.10.2024, 10:13

Yoshga toʻlmagan chaqaloqlarni qanday ovqatlantirish kerak?

Yoshiga toʻlmagan chaqaloqlarni qanday ovqatlantirish kerak?

Bir yoshgacha boʻlgan bolalarga qanday qoʻshimcha ovqatlar berish mumkinligi haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassisi tomonidan bir qator tavsiyalar berildi.

Fan-texnologiya

01.10.2024, 14:20

Qanday mahsulotlar odamni tez qaritadi?

Qanday mahsulotlar odamni tez qaritadi?

Kunlik tanovul qilayotgan baʼzi bir taomlarimiz salomatligimizga bevosita salbiy taʼsir qilib, organizmning qarish jarayonini tezlashtirishi mumkin. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ana shunday mahsulotlarning roʻyxati va ularning tanaga taʼsiri haqida maʼlumot berildi.

Fan-texnologiya

23.09.2024, 10:17

So‘nggi yangiliklar

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi terrorizm boʻyicha 20 yilga qamaldi

Javohir Oʻtkirov Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining bir qator terrorizm va qurol-yaroq bilan bogʻliq moddalari boʻyicha aybdor deb topildi.

Oʻzbekiston

11.02.2026, 17:07

“Muomalasi yoqmagani uchun bojni oshirdim” - Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Shveysariyaga nisbatan joriy etilgan boj toʻlovlari 39 foizgacha oshirilganini maʼlum qildi.

Jahon

11.02.2026, 16:48

“Kvartplata”ni kechiktirganlar elektr uchun toʻlov qila olmaydi

2026 yil 1 iyuldan boshlab koʻp kvartirali uy mulkdorlari har oyning 15-sanasiga qadar majburiy toʻlovlarni amalga oshirmasa, qarzdorlik bartaraf etilmaguncha elektr energiyasi uchun toʻlovlari qabul qilinmaydi.

Iqtisodiyot

11.02.2026, 15:42

Rossiya “Telegram”ni ham bloklashi mumkin

Rossiyada “Telegram” foydalanuvchilari texnik uzilishlar haqida ommaviy ravishda shikoyat qila boshladi. Manbalarga koʻra, “Roskomnadzor” messenjer faoliyatini cheklash boʻyicha yangi choralarni ishga tushirgan.

Jahon

11.02.2026, 13:58

Ombudsmanning 2025 yilgi faoliyati koʻrib chiqildi

Maʼlum qilinishicha, 2025 yilda Ombudsman oʻz ishini qonuniylik, adolat va ochiqlik tamoyillari asosida olib borgan.

Oʻzbekiston

11.02.2026, 10:46

Qamchibek Tashiyev barcha lavozimlaridan ozod etildi

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov farmoni bilan Qamchibek Tashiyev Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari — Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

Jahon

11.02.2026, 09:33

Quruvchilarning makkarona shartnomalari fosh etildi

Ayrim holatlarda shartnomalarni quruvchi kompaniya emas, “agent” yoki “tijorat vakili” sifatida boshqa shaxslar imzolagan boʻlib, bu muammo yuzaga kelganda haqiqiy quruvchining javobgarlikdan qochishiga olib kelmoqda.

Oʻzbekiston

10.02.2026, 16:51

COVID-19 vaksinasi saraton chaqirmaydi — rasmiy izoh

Ijtimoiy tarmoqlarda COVID-19 vaksinasi inson genomiga zarar yetkazishi va saratonga sabab boʻlishi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Bu maʼlumotlarga Sanepid qoʻmita rasmiy izoh berdi.

Oʻzbekiston

10.02.2026, 15:21

Oʻzbekistonda taksi haydovchilarining daromadi yiliga 1 mln soʻmdan ham oshmadi — DSQ

2025 yil yakuniga koʻra taksi agregatorlari faoliyati boʻyicha eʼlon qilingan maʼlumotlarda haydovchilar daromadi, toʻlov usullari, yosh tarkibi va yoʻlovchi tashish bozorining asosiy koʻrsatkichlari keltirilgan.

Iqtisodiyot

10.02.2026, 13:21

Islom taraqqiyot banki Oʻzbekiston yoʻllari va maktablari uchun 160 mln dollar ajratadi

Mablagʻlar Jizzax viloyatidagi hududiy avtomobil yoʻllarini taʼmirlash hamda SmartEd loyihasi doirasida respublika boʻylab yangi maktablar qurish va jihozlashga yoʻnaltiriladi.

Iqtisodiyot

10.02.2026, 12:13

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi

Hukumat huzuridagi atamalar komissiyasi qarori bilan kundalik hayot va rasmiy hujjatlarda keng qoʻllanib kelgan 40 ta xorijiy atama oʻzbekcha muqobillari bilan almashtirildi. 

Ta'lim

10.02.2026, 09:56

«Paradigma»da eʼtirof: fidoyi jurnalistlar va faollar taqdirlandi

 

Madaniy

09.02.2026, 18:28