Bolalarni nafas yoʻllari kasalliklaridan qanday himoya qilish mumkin?
Kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan kattalardan tortib, yosh bolalargacha tez-tez burun bitishi, aksi urish holatlari kuzatiladi. Bolalarda mazkur holatlar boshlanishi bilan ularning ota-onalari oʻzlari bilgan usulda farzandlarini davolashga harakat qiladi. Ammo bunday oʻzbilarmonlikning oxiri boshqa bir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur kasalliklarni bartaraf etish boʻyicha tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiyev oʻzining tavsiyalarini berib oʻtdi.
Fan-texnologiya
25.10.2024, 10:13
Ulashish:

Bolalarni nafas yoʻllari kasalliklaridan qanday himoya qilish mumkin?
Shamsiyevga koʻra, yomgʻirli kunlar va salqin ob-havo sharoitida organizmning virus vainfeksiyalargaa qarshi kurashish qobiliyati pasayadi. Havoda namlik miqdorining ortishi sababli organizm kasallanishgamoill boʻlib qoladi. Bu holat, ayniqsa, yosh bolalarda yaqqol namoyon boʻladi.
"Bolalarning bunday infeksiyalarga duch kelmasligi uchun, eng avvalo, oʻgʻil-qizlarga gigiyenik qoidalarni oʻrgatish, qoʻlni sovunlab yuvish yoki tez-tez antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilishni uqtirish zarur. Chunki bu — mavsumiy virusli infeksiyalardan himoyalanishning eng muhim omili hisoblanadi", deydi u.
Bundan tashqari, Shamsiyev yuzlarni qoʻl bilan koʻp ushlamaslik, xonalarni doimiy shamollatish, yosh bolalarga yoʻtalganida yoki aksa urganida ogʻiz va burunni salfetka yoki tirsak bilan yopishni oʻrgatish zarurligini uqtirgan.
"Bolalarga kasal boʻlgan tengqurlari oldiga yaqin kelmaslikni aytish, himoya niqoblaridan foydalanishni tushuntirish lozim. Agar ular kasal boʻlib qolgan boʻlsa, maktabgacha taʼlim muassasasiga yoki maktabga yubormaslik kerak", deya qoʻshimcha qilgan u.
Shuningdek, professor oilada ota-onalar tomonidan farzandlari kasal boʻlganida notoʻgʻri yoʻllar bilan ularni tuzatishga urinishlar koʻpayganiga ham toʻxtalgan.
"Isitmasi yuqori bolaning tomogʻini yod yoki "Zelyonka" bilan artish koʻp kuzatiladigan yanglish xatti-harakat. Chunki kichik yoshli bemorning nafas yoʻli shilliq qavati juda nozik, qolaversa, virusdan yalligʻlangan va shishgan boʻladi. Agar yuqorida aytilgan surtmalar bilan ishlov berilsa, shilliq qavat jarohatlanib, shish kattalashib, laringit yuzaga kelishi va boshqa asoratlar kuzatilishi xavfi bor", deydi tibbiyot fanlari doktori.
Biroq Shamsiyev kasal bolaning fibril tutqanogʻi boʻlmasa, kasallik tufayli tana harorati 38-38,5 darajadan past boʻlganda isitmani tushirishga hojat yoʻqligini, isitma yuqorida keltirganidek baland boʻlsa, bolaga "Paratsetamol" yoki "Ibuprofen" (bolalar uchun eritma) berish mumkinligini taʼkidlagan.
"Shuni unutmaslik kerakki, tana haroratining 37 daraja issiq boʻlishi isitma koʻtarilganini anglatmaydi. Qayta-qayta isitmani tushiruvchi dorilarni ichirish esa undagi termoregulyatsiya markaziga salbiy taʼsir etadi. Bundan tashqari, allergik yoʻtal, astma, yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanishi kuzatilayotgan bolalar bor xonalarda isiriq tutatish mumkin emas. Chunki tutun kichkintoy organlari spazmini koʻpaytirib, yoʻtalni yanada kuchaytirishi mumkin", deya ogohlantirgan u.
Professor bolaning shamollashi davomida va tana harorati koʻtarilganda koʻp suyuqlik ichishi kerakligini tushuntirib, suyuqlik kasallikni tezroq yengishga yordam berishini bildirgan.
Qolaversa, bolani toʻgʻri va ratsional ovqatlanishi, surunkali infeksiya oʻchoqlarini bartaraf etish hamda chiniqtirish bunday mavsumiy kasalliklarni oldini olishga koʻmaklashishini ham aytgan.
"Bolaga qoʻshimcha D vitaminining suvli eritmasi (Akvadetrim), askorbin kislotasi, ruh (sink) va selen moddalari, kamqonlikni davolash maqsadida temir preparatlari tavsiya etilsa, nafas yoʻllari kasalliklariga qarshi kurashish kuchini oshirishga yordam beradi. Shamollash mavsumida vaksinatsiya ishlarini olib borish ham kasallikdan himoyalanishda yaxshi samara beradi", deya Furqat Shamsiyev tavsiyalarini yakunlagan.
Fan-texnologiya
25.10.2024, 10:13
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Allergiya mavsumi yaqin: Nimalarni isteʼmol qilmaslik kerak?
Fan-texnologiya
24.02.2025, 10:40

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?
Fan-texnologiya
17.12.2024, 10:53

Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni isteʼmol qilsa boʻladimi?
Fan-texnologiya
02.12.2024, 09:58

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?
Fan-texnologiya
25.11.2024, 10:23

Yoshiga toʻlmagan chaqaloqlarni qanday ovqatlantirish kerak?
Fan-texnologiya
01.10.2024, 14:20

Qanday mahsulotlar odamni tez qaritadi?
Fan-texnologiya
23.09.2024, 10:17
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
