Buxoroda chegaradan katta miqdorda pul oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 25 sentabr kuni Buxoro viloyati Olot tumanida joylashgan bojxona chegara postidan yashirincha 50 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni olib oʻtmoqchi boʻlgan fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasining axborot xizmati maʼlum qildi

Qayd etilishicha, xodimlar tomonidan bojxonadan oʻtmoqchi boʻlgan, oʻzini shubhali tutgan fuqaro tekshirilgan. Bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida fuqaroning yonida 5 000 AQSh dollari hamda 38 mln soʻm miqdorda milliy valyuta borligini aytib, uni xodimlarga koʻrsatgan. Biroq bu summa qayta hisob kitob qilingan vaqtda 10 000 AQSh dollari, milliy valyutalar esa 38 mln soʻm emas balki, 61 580 000 soʻm ekanligi aniqlangan. 

Shu jarayonda mazkur xatti-harakatlari bilan oʻzida shubha tugʻdirgan shaxs boshqatdan tekshiriladi va navbatdagi tekshiruvda uning oyoq kiymi ostidan 30 ming AQSh dollari chiqadi. Bundan tashqari, kiyimining yon choʻntagidan ham 10 ming AQSh dollari topilgan. 

Holat yuzasidan yuqoridagi shaxsga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Yashirincha postdan oʻtkazilishi rejalashtirilgan jami 50 ming AQSh dollari va 61 580 000 soʻm miqdordagi milliy valyutalar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlovga olingan. 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) soʻmgacha boʻlgan naqd valyuta mablagʻlarini ixtiyoriy tarzda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasiga koʻrsatib, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etilgan. Biroq mazkur meʼyordan ortiqcha boʻlgan pul mablagʻlarini olib chiqish uchun esa, tegishli ruxsatnoma olinishi lozim.

Oʻzbekiston

02.10.2024, 11:46

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekistonda taqiqlangan va cheklov qoʻyilgan tovarlar roʻyxati ochiqlanadi

Oʻzbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit orqali oʻtkazish taqiqlangan tovarlar boʻyicha yagona elektron ochiq reyestr joriy etiladi. Yangi tizim har bir fuqaro va tadbirkor uchun ochiq tarzda mavjud boʻladi.

Iqtisodiyot

08.12.2025, 10:15

"iPhone 17" olib kirmoqchisizmi? Bojxonada yangi qoidalar kuchga kirdi

Mobil qurilmaning bojxona qiymati chek, kvitansiya yoki boshqa tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan narxlardan kelib chiqib belgilanadi.

Iqtisodiyot

06.10.2025, 12:18

Chet eldan olib kelingan dorilar tarkibida xavfli moddalar aniqlandi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasining “Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti orqali boshqa nom ostida xavfli moddalar olib oʻtilishining oldi olindi.

Oʻzbekiston

27.09.2025, 10:01

Bojxona va soliq qoʻmitalari xodimlarining noqonuniy harakatlari fosh etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasining shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

20.09.2025, 12:25

Davlat byudjetiga 34,2 milliard soʻm zarar yetkazilishining oldi olindi

Bojxona qoʻmitasining tezkor tuzilmalari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash borasida olib borilgan tezkor tadbir natijasida davlat byudjetiga 34,2 milliard soʻm zarar yetkazilishining oldi olindi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 12:28

Bojxonada 8 ming 860 quti tamaki mahsuloti ushlandi

Amaldagi tartib bilan jismoniy shaxslarga xorijdan bojxona chegarasi orqali 200 donadan koʻp boʻlmagan miqdordagi tamaki mahsulotini olib kirishga ruxsat etiladi.

Oʻzbekiston

23.07.2025, 10:03

So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekistonning tillarda doston boʻlgan madaniy merosi - Registon maydoni

Oʻzbekiston qadimiy tarixga va boy madaniy merosga ega mamlakatlardan biridir. Bu hududda asrlar davomida turli sivilizatsiyalar yashab, oʻz madaniyati, sanʼati va meʼmorchiligini rivojlantirgan. 

Madaniy

11.03.2026, 13:38

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42