«Antikorrupsiya» sayti muxbiri 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Fargʻona viloyatida «Antikorrupsiya» saytida muxbir boʻlib ishlagan shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarildi.
Oʻzbekiston
20.01.2026, 17:59
Ulashish:

Bu haqda Fargʻona viloyati sudlari axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 2026 yil 20 yanvar kuni Margʻilon shahar sudida avval sudlangan, muxbir sifatida faoliyat yuritgan Elyor Tojiboyevga nisbatan jinoyat ishi koʻrib chiqilib, unga hukm oʻqilgan.
Sud qaroriga koʻra, Elyor Tojiboyev Jinoyat kodeksining olti moddasi boʻyicha aybdor deb topildi. Jumladan, u:
- tuhmat qilish,
- haqoratlash,
- tovlamachilik,
- hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish,
- yolgʻon axborot tarqatish,
- shuningdek, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar hamda avtotransport vositalari davlat raqam belgilari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Sud tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 59 va 61-moddalariga asosan 3 yil 10 oylik jazo, shuningdek, 60 va 61-moddalariga muvofiq ilgari muddatidan oldin shartli ozod qilingani bekor qilinib, jami 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Elyor Tojiboyev tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyada oʻtashi belgilandi.
Maʼlumot uchun, ushbu shaxs 2021 yilda ham Jinoyat kodeksining tergov yoki sud ishlariga aralashishni nazarda tutuvchi moddasi bilan aybdor deb topilib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U oʻsha vaqtda «Effect.uz» saytining sobiq, «Taftish.uz» saytining esa amaldagi muxbiri boʻlgan.
Oʻzbekiston
20.01.2026, 17:59
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Rossiya TIV “shaxsiy fikr” ortiga yashirinib, navbatdagi bahsli bayonotlarga javob berdi
Siyosat
19.01.2026, 18:06

Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik - Vladimir Solovyov nima demoqchi?
Siyosat
13.01.2026, 09:49

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52
So‘nggi yangiliklar

«Paradigma»da eʼtirof: fidoyi jurnalistlar va faollar taqdirlandi
Madaniy
09.02.2026, 18:28

Oʻzbekiston boksi jahon yetakchilari safida
Sport
09.02.2026, 16:18

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi
Sport
09.02.2026, 15:30

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda
Oʻzbekiston
09.02.2026, 13:57

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi
Jahon
09.02.2026, 11:20

Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda
Madaniy
09.02.2026, 10:32

Oʻzbekiston taʼlimida yangi davr: 12 yillik uzluksiz tizim va “Yangi avlod” maktablari
Ta'lim
09.02.2026, 09:58

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda
Fan-texnologiya
08.02.2026, 07:47

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Yoʻl harakati qoidalari buzilganlik uchun jarimalar yengillashdi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 12:28

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi
Jahon
06.02.2026, 17:04

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin
Jahon
06.02.2026, 16:00
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Rossiya TIV “shaxsiy fikr” ortiga yashirinib, navbatdagi bahsli bayonotlarga javob berdi
Siyosat
19.01.2026, 18:06

Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik - Vladimir Solovyov nima demoqchi?
Siyosat
13.01.2026, 09:49

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52
