“"Siyosatda doʻstlik boʻlmaydi. Siyosat — bu shaxsiy sadoqat emas" Sadir Japarov
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi va Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Kamchibek Tashiyevni, sobiq doʻsti boʻlishiga qaramay, lavozimidan ozod qildi.
Jahon
12.02.2026, 12:48
Ulashish:

Japarov Kamchibek Tashiyevni isteʼfoga chiqardi. Vaziyat fonidagi xavotirlar, munosabatlar…
10 fevral kuni Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ) raisi va Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Kamchibek Tashiyevni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida farmon imzoladi.
Kamchibek Tashiyev 2020 yil oktabr oyida, ommaviy namoyishlar ortidan qamoqdan ozod etilgan Sadir Japarov bosh vazir, soʻngra prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganidan keyin, MXDQ rahbari lavozimiga tayinlangan edi.
Prezident farmonida Qirgʻiziston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasi 1-qismi 4-bandiga tayanilgan. Unga koʻra, prezident oʻz tashabbusi bilan, shuningdek, parlament yoki Qurultoy taklifi asosida Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini lavozimidan ozod etish huquqiga ega.
Prezident matbuot kotibi Askat Alogozov Sadir Japarov soʻzlarini ilova qildi:
«Avvalo, bu qarorni davlatimiz manfaatlarini koʻzlab, jamiyatda, jumladan davlat tuzilmalari oʻrtasida boʻlinishning oldini olish va aksincha, birlikni mustahkamlash maqsadida qabul qildim».
Yana kimlar ishdan ketdi?
Prezident maʼmuriyati bergan maʼlumotga koʻra, kadrlar oʻzgarishi faqat Tashiyev bilan cheklanmagan. Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining bir qator yuqori lavozimli vakillari ham vazifasidan ozod etilgan. Jumladan:
* Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Qurvanbek Avazov;
* Qoʻmita raisi oʻrinbosari, Kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha muvofiqlashtirish markazi direktori Daniyel Risaliyev;
* Qoʻmita raisi oʻrinbosari Elizar Smanov.
Shuningdek, Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi kotibi Rustam Mamasaddiqov hamda Chuy viloyati Kemin tumani hokimi Kutpidin Shakirov ham lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, Tashiyevning yaqin doʻsti va parlament spikeri Nurlanbek Turgunbek uuluning ham isteʼfoga chiqishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq parlament bu xabarlarni rad etdi.
«Jogorku Kenesh Toragʻasi lavozimi bilan bogʻliq tarqatilayotgan maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi», — deyiladi parlament matbuot xizmati xabarida. Unga koʻra, Turgunbek uulu hozirda Turkiyada xizmat safarida.

Qamchibek Tashiyev: «Bu qarorni kutmagandim»
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyev oʻz isteʼfosi yuzasidan munosabat bildirib, bu qaror oʻzi uchun «kutilmagan» boʻlganini maʼlum qildi. Uning murojaati tarafdorlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilindi.
U oʻz bayonotida avvalroq (2021 yilda) oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan soʻng tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun prezident ruxsati bilan xorijga chiqqani va lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorni kutmaganini aytgan. Shu bilan birga, u har qanday holatda ham davlat rahbari qarori ijro etilishi shartligini taʼkidlagan.
«Men davlatimizga, xalqimizga va prezidentga halol xizmat qildim va bundan faxrlanaman. Afsuski, shaxsiy tarkib bilan xayrlashish imkoni berilmadi. MXDQning har bir xodimiga minnatdorchilik bildiraman va ularga muvaffaqiyat tilayman!», – deyiladi murojaatda.
Tashiyev ayni vaqtda yuragini davolatish uchun Germaniyada boʻlib turibdi. Ilgari ham u 2021 yilning fevral, aprel va iyul oylarida xorijda davolangan edi. «Region» telekanali rahbari Otkurbek Raxmanovning aytishicha, Tashiyev oʻz lavozimidan ozod etilganini prezident farmoni eʼlon qilinganidan keyingina bilgan.

«Yarashinglar»
Jogorku Kenesh deputati Umbetali Qidiraliyev prezident Sadir Japarov va Qamchibek Tashiyevni kelishmovchiliklardan mamlakat manfaati yoʻlida voz kechishga chaqirdi. Buni u 11 fevraldagi parlament yigʻilishida maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi kunlarda respublikada shov-shuvli voqealar sodir boʻlmoqda va bunday vaziyatda chuqur oʻylangan qarorlar zarur.
«2006 yilda «Ata jurt» partiyasi tashkil etildi, unga Sadir Japarov va Qamchibek Tashiyev rahbarlik qildi. Ularni boshidanoq qoʻllab-quvvatlaganlardan biri men edim. Ularga hech qachon yolgʻon gapirmaganman. Kechasi bilan yuzaga kelgan vaziyat haqida oʻyladim. Ishonchim komilki, ular ham uxlashmagan. Men ulardan kattaroqman, shuning uchun ikkalasini kelishmovchiliklarni bartaraf etishga chaqiraman», - dedi u.
Shuningdek, Qidiraliyev Sadir Japarov saylangan prezident, Qamchibek Tashiyev esa Qirgʻiziston Respublikasi qahramoni ekanini taʼkidladi.
«Hammasi yaxshi boʻladi»
Ertalabki reyd chogʻida Oʻsh hokimi Jenishbek Toktorbayev «Tozalik» munitsipal korxonasi xodimlari bilan suhbatlashdi, ular nafaqat ish bilan bogʻliq masalalar, balki mamlakatdagi soʻnggi kadrlar almashinuvi jarayoni haqida ham soʻrashdi.
Tashiyevdan xavotirda boʻlgan xodimlarni «Hammasi yaxshi boʻladi» deya tinchlantirgan hokim.
Bundan tashqari, Prezident huzuridagi Davlat qoʻriqlash xizmati raisi Sirgʻak Berdiqojoyev ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning Qamchibek Tashiyev xavfsizligi yuzasidan bildirayotgan xavotirlariga izoh berdi. Uning maʼlum qilishicha, Qamchibek Tashiyev ilgari qoʻriqlanadigan shaxs boʻlgan va bundan keyin ham belgilangan tartibda shaxsiy qoʻriqlash choralari bilan taʼminlanadi.
Tashiyevning isteʼfosi muddatidan oldin prezidentlik saylovlari oʻtkazilishi mumkinligi haqidagi muhokamalar va uning nomzodini qoʻyishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar fonida roʻy berdi. Shu bilan birga, Tashiyev bir necha bor prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini bildirgan.
Kamchibek Tashiyev Sadir Japarovning yaqin doʻsti va siyosiy hamkori sifatida tanilgan. Ular oʻrtasidagi munosabatlarda ixtilof borligi haqida mish-mishlar bir necha bor tarqalgan, ammo har ikki siyosatchi ham doʻstliklarini taʼkidlab, raqobat yoki kelishmovchilik haqidagi xabarlarni rad etib kelgan.
Prezident xato qildimi?
Markaziy Osiyo va Xitoy boʻyicha ekspert Temur Umarov «Kloop» nashriga bergan intervyusida Tashiyevning isteʼfosini «Japarov rejimi uchun eng yomon ssenariy» deb baholadi.
Uning soʻzlariga koʻra, Japarov boshidanoq barcha siyosiy jarayonlarda Tashiyevga tayangan. U Tashiyevga katta vakolatlar berilishi va ijrochi sifatidagi roli uning yetakchilik ambitsiyalarini qondirishga yetarli boʻladi, deb oʻylagan. Ammo Qirgʻizistonning soʻnggi tarixi koʻrsatganidek, prezident, ehtimol, notoʻgʻri tanlov qilgan. Uning nuqtai nazaridan, 2027 yilgi saylovlar orqali rejimni uzaytirishga tayyorgarlik koʻrilayotgan bir paytda, rejimning asosiy tayanchi silkina boshladi.
MXDQ raisi vazifasini vaqtincha Jumgalbek Shabdanbekov bajaradi. U ilgari qoʻmita raisi oʻrinbosari boʻlib, toʻqqizinchi xizmatga rahbarlik qilgan. Mazkur xizmat yuqori lavozimli shaxslar, jumladan prezident qoʻriqlovi bilan shugʻullanadi.
“Siyosatda doʻstlik boʻlmaydi. Siyosat — bu shaxsiy sadoqat emas, balki kuch va imkoniyatlar muvozanati. Shuning uchun "doʻstlik" tushunchasidan koʻra, manfaatlar toʻqnashuvi hal qiluvchi omilga aylanadi,” — dedi Sadir Japarov.
Jahon
12.02.2026, 12:48
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sadir Japarov: "Tashiyev davlat lavozimini egallamaydi"
Jahon
16.02.2026, 14:42

Japarov: «Men uni ogohlantirgandim»
Jahon
14.02.2026, 05:52

Qamchibek Tashiyev barcha lavozimlaridan ozod etildi
Jahon
11.02.2026, 09:33

Qamchibek Tashiyev vaqtincha chet elga joʻnab ketdi
Jahon
18.02.2026, 08:36

Qirgʻizistonda guruch atrofida bahs: kontrabandami yoki eksport soʻrovi?
Jahon
12.02.2026, 11:45

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi
Jahon
09.02.2026, 11:20
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
So‘nggi yangiliklar

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda
Iqtisodiyot
04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi
Oʻzbekiston
04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda
Jahon
04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi
Ta'lim
04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi
Jahon
03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi
Jahon
03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi
Oʻzbekiston
03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.
Sport
03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari
Jahon
03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi
Jahon
03.03.2026, 09:48
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
