BMT maxsus maʼruzachisi: Gʻazoda jurnalistlar oʻldirilishi — genotsidni yashirishga urinish
BMTning soʻz va fikr erkinligi masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachisi Iren Xonning taʼkidlashicha, Isroil tomonidan Gʻazoda jurnalistlarning oʻldirilishi u yerda amalga oshirilayotgan genotsidni yashirishga qaratilgan urinish hisoblanadi.
Oʻzbekiston
16.09.2025, 12:44
Ulashish:

U BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 60-sessiyasi doirasida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Gʻazo va okkupatsiya qilingan Falastin hududlaridagi vaziyat yuzasidan hisobot taqdim etdi.
«Bu odamlar ataylab tanlab oʻldirilgan, chunki oʻz kasbiy faoliyatlari orqali qirgʻin va genotsid haqiqatini ochiqqa chiqarayotgan edi. Bu faqat jurnalistlarni yoʻqotish emas, balki tarixning oʻziga ham zarba berishdir. Hozirgi kunda Gʻazodagi mahalliy jurnalistlar asosiy yukni koʻtarmoqda, chunki u yerda ulardan boshqa hech kim qolmadi», — dedi Xon.
Maʼlumotlarga koʻra, 2023 yil 7 oktabrdan buyon Isroil tomonidan 252 jurnalist qasddan oʻldirilgan.
Xonning taʼkidlashicha, yaqin tarixda birorta ham BMT aʼzosi boʻlgan davlat deyarli uch yil davom etgan qurolli mojaro va genotsid sharoitida xalqaro mustaqil OAVga kirishni bunchalik darajada cheklamagan.
Uning soʻzlariga koʻra, jurnalistlar xalqaro gumanitar huquqqa koʻra fuqaro hisoblanadi va ularni boshqa tinch aholi kabi himoya qilish zarur.
«Jurnalistika — jinoyat emas. Jurnalistlarni oʻldirish — genotsidni yashirishga urinish. Agar mahalliy jurnalistlar va tashqi axborot oqimini toʻxtatishga muvaffaq boʻlishsa, Isroil armiyasi oʻz harakatlarini hech qanday javobgarliksiz davom ettirishi mumkin deb hisoblayapti», — deya qoʻshimcha qildi Xon.
U shuningdek, Isroil okkupatsiya qilingan hududlarda jurnalistlar oʻldirilishi yuzasidan birorta ham mustaqil tergovga yoʻl qoʻymaganini taʼkidladi.
Maxsus maʼruzachi Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaroda 2022 yil fevraldan beri 14 jurnalist halok boʻlganini esga solib, Gʻazodagi vaziyatning koʻlami va yoʻqotishlari bilan butunlay boshqacha darajada ekanini qayd etdi.
Oʻzbekiston
16.09.2025, 12:44
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Isroil armiyasi Gʻazoda 360 ta obʼektga hujum qilganini maʼlum qildi
Jahon
11.09.2025, 12:03

BMTning inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari: «Gʻazo qabristonga aylandi»
Jahon
09.09.2025, 12:10

Venetsiya kinofestivalida 5 yoshli falastinlik qizaloq haqidagi film namoyish etildi
Jahon
05.09.2025, 12:12

Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Isroil 20 kunda 1100 falastinlikni oʻldirdi
Jahon
04.09.2025, 16:26

Gʻazo sektoridagi Isroil hujumlari qurbonlari soni 62 895 nafarga yetdi
Jahon
28.08.2025, 16:19

Kanadalik fotomuxbir agentlikni Isroil tashviqotini qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblab, Reuters agentligidan ketdi
Jahon
28.08.2025, 16:13
Mashhur yangiliklar

Oʻqituvchilar nega vazirlik tizimidagi tashkilotni sudga berdi?
Ta'lim
26.08.2025, 17:24

Paula Bento Oʻzbekiston milliy jamoasini boshqarishi mumkin
Sport
26.08.2025, 14:00

Oʻzbekiston yana rekordlar kitobiga kirdi
Oʻzbekiston
19.08.2025, 11:58

Toshkentda mustaqillik bayrami sayillari oʻtkazildigan joylar eʼlon qilindi
Madaniy
27.08.2025, 14:24

Toshkentda 9 yoshli bola burun operatsiyasidan vafot etdi
Oʻzbekiston
26.08.2025, 14:06

Oʻzbekistonliklarni haqorat qilgan tiktoker qamaldi
Oʻzbekiston
21.08.2025, 17:13
So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekiston va Misr elektrodlar eksporti boʻyicha kelishuvga erishdi
Iqtisodiyot
16.09.2025, 14:39

Margʻilonda salkam 1 mlrd soʻmlik sifati kafolatlanmagan dorilar aniqlandi
Oʻzbekiston
16.09.2025, 13:37

Toshkentdagi koʻchada yer choʻkishi kuzatildi
Oʻzbekiston
16.09.2025, 11:46

Vladivostokda rossiyalik yoshlar Oʻzbekiston fuqarolarini kaltakladi
Oʻzbekiston
16.09.2025, 10:45

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi
Siyosat
16.09.2025, 09:49

Firibgarlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar nomidan aldamoqda – Ombudsman
Oʻzbekiston
12.09.2025, 16:26

Olotdagi katta oʻgʻrilik ortidan ikki oʻsmir qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
12.09.2025, 14:34

Transportdan bepul foydalanuvchilar safi kengaymoqda
Oʻzbekiston
12.09.2025, 13:30

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln soʻmlik yordam beriladi
Oʻzbekiston
12.09.2025, 12:05

Oʻzbekistonda 2025 yilning birinchi yarmiga qadar qancha asal yetishtirildi?
Iqtisodiyot
12.09.2025, 11:02

Toshkent viloyatidagi ulkan imkoniyatlar koʻrsatib oʻtildi
Siyosat
12.09.2025, 10:05
Mashhur yangiliklar

Oʻqituvchilar nega vazirlik tizimidagi tashkilotni sudga berdi?
Ta'lim
26.08.2025, 17:24

Paula Bento Oʻzbekiston milliy jamoasini boshqarishi mumkin
Sport
26.08.2025, 14:00

Oʻzbekiston yana rekordlar kitobiga kirdi
Oʻzbekiston
19.08.2025, 11:58

Toshkentda mustaqillik bayrami sayillari oʻtkazildigan joylar eʼlon qilindi
Madaniy
27.08.2025, 14:24

Toshkentda 9 yoshli bola burun operatsiyasidan vafot etdi
Oʻzbekiston
26.08.2025, 14:06

Oʻzbekistonliklarni haqorat qilgan tiktoker qamaldi
Oʻzbekiston
21.08.2025, 17:13