Toshkent viloyatidagi ulkan imkoniyatlar koʻrsatib oʻtildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 sentabr kuni Toshkent viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Ulashish:

Bu goʻzal tabiatli va salohiyati yuqori viloyat iqtisodiyoti bugun izchil rivojlanib bormoqda. Keyingi 8 yilda 10 milliard dollar hududiy, 8 milliard dollar tarmoq investitsiyalari kiritilgan, 10 mingga yaqin sanoat, savdo va servis korxonalari ishga tushgan.

Oxirgi 3 yilda yillik aylanmasi 10 milliard soʻmdan koʻp boʻlgan korxonalar soni 1,8 barobar oshib, 1,7 mingga yetgan. Yana aylanmasi 100 milliard soʻmdan yuqori korxonalar esa 137 tadan 193 taga koʻpaygan. Natijada oldingi yillarda yillik oʻrtacha eksport 1 milliard dollarga ham yetmagan boʻlsa, shu yilning 8 oyida bu raqamdan oshgan.

Viloyatda xitoylik investorlar tomonidan 2,1 milliard dollarlik yirik sanoat parklari tashkil etilmoqda. Shuningdek, viloyatni 2025-2027 yillarda jadal rivojlantirish boʻyicha Prezident qarorlari qabul qilinib, ular ijrosi uchun 40 trillion soʻmdan ziyod mablagʻlar yoʻnaltirilgan. Bularning bari hududlarda ishsizlikni pasaytirib, kambagʻallik darajasini qisqartirish imkonini bermoqda. Yil yakuniga qadar viloyatda ishsizlik va kambagʻallik darajasini 4,5 foizga tushirishning aniq hisob-kitobi qilingan.

Bunday natijalarni oshirish maqsadida davlatimiz rahbarining tashabbusiga muvofiq, Toshkent viloyatida ham “Islohotlar shtabi” tuzildi. Yigʻilishda shtab tomonidan tayyorlangan reja va loyihalar taqdimot qilindi.

Prezident tomonidan mazkur loyihalarni bekam-koʻst amalga oshirishga koʻmaklashish, ayrim masalalarni zudlik bilan yechish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Jumladan, Nurafshon, Olmaliq va Chirchiq shaharlarida xorijiy investitsiya ishtirokida sanoat korxonalarini tashkil etish uchun 2 ta nimstansiya qurish koʻzda tutilmoqda.

Bekobod shahrida import oʻrnini bosuvchi avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, Oqqoʻrgʻon tumanida oziq-ovqat va toʻqimachilik korxonalarini ochish, Ohangaron, Angren va Oʻrta Chirchiq hududidan oqib oʻtuvchi Qorasuv kanali boʻyida turizm va savdo maskanlarini tashkil etish imkoniyati bor. 

Umuman, viloyatda 2 milliard 500 million dollarlik  investitsiyaviy loyihalar ishlab chiqilgan. Ularning natijasida 11 mingdan ziyod aholi bandligi taʼminlanadi, 434 million dollarlik eksport quvvati yaratiladi.

Prezident loyihalar bilan atroflicha tanishib, qoʻshimcha imkoniyatlarni koʻrsatib oʻtdi.

– Toshkent viloyati sanoatda ham, qishloq xoʻjaligida ham eng katta salohiyatga ega hudud. Asosiysi, viloyat yurtimizdagi eng yirik isteʼmol va xizmatlar bozorini, yaʼni poytaxtimizni har tomondan oʻrab turadi. Bu ham juda katta imkoniyat. Uni toʻliq ishga solib, investitsiya, eksport va ish oʻrni koʻrsatkichlarini karrasiga oshirsa boʻladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yigʻilishda Toshkent shahri va tumanlari hokimlari ham qatnashdi. Toshkent viloyatidagi ayrim boʻsh yerlar “Toshkent invest” kompaniyasi va shaharning sanoat zonalari direksiyasiga ajratilib, ularga ekologiyaga zarar keltirayotgan korxonalar koʻchirilishi aytildi.

Toshkent viloyatining barcha hududlarini poytaxt bilan tezkor elektr poyezdlar orqali bogʻlash vazifasi belgilandi. Bu orqali u yerlarda ham yangi uy-joylar, infratuzilma va xizmatlarga talab oshadi, odamlar poytaxtga qatnab ishlashi mumkin boʻladi.

Viloyatdagi 263 ta mahalla biror mahsulot yetishtirish, sanoat yoki xizmat koʻrsatishga ixtisoslashmagan. Shu bois, ularda bogʻdorchilik, limon, uzum, malina, brokkoli va koʻchat yetishtirishni rivojlantirish moʻljallanmoqda. Bu mahallalarga “Agrostar” kompaniyasini bogʻlab, urugʻ, koʻchat va kafolatli xarid boʻyicha odamlarga yordamlashish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Toshkent viloyati yer va suvga juda boy. Bundan samarali foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini koʻpaytirish bilan birga ularni qayta ishlab, eksportini oshirish vazifasi qoʻyildi.

Umuman, barcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarib, mahallalarni ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududga aylantirish zarurligi taʼkidlandi.

Siyosat

12.09.2025, 10:05

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Yangi Toshkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etiladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.

Siyosat

11.09.2025, 09:01

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi.

Siyosat

03.09.2025, 15:14

Oʻzbekiston prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni Xitoyga rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Iqtisodiyot

02.09.2025, 14:10

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida muhim hujjatlar qabul qilindi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralari yakunida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻldi. Shu jumladan:

Siyosat

02.09.2025, 10:16

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida pardozlash va jihozlash ishlarini koʻzdan kechirdi

Davlat rahbari markazdagi bunyodkorlikni yuqori baholab, uning faoliyatini toʻgʻri tashkil etish, maʼno-mazmunini boyitib borish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 15:24

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻydi, Yangi Oʻzbekiston koʻchasidagi yerosti avtomobil yoʻli ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. Shuningdek, Yangi Oʻzbekiston koʻchasida barpo etilgan yerosti avtomobil yoʻlini koʻzdan kechirdi.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 15:19

So‘nggi yangiliklar

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln soʻmlik yordam beriladi

2025/2026 yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yil noyabr oyida 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi.

Oʻzbekiston

12.09.2025, 12:05

Oʻzbekistonda 2025 yilning birinchi yarmiga qadar qancha asal yetishtirildi?

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning birinchi yarmida respublika boʻyicha jami 6,6 ming tonna asal yetishtirilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 4,8 foizga oshgan.

Iqtisodiyot

12.09.2025, 11:02

Toshkentda oʻquvchilar oldida oʻqituvchilarni haqorat qilgan direktor ishdan boʻshatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Uchtepa tumanidagi 62-maktab direktori 1-sinf oʻquvchilari oldida maktabning ayol oʻqituvchilarini haqorat qilayotgani aks etgan.

Ta'lim

12.09.2025, 09:03

Notarial xizmatlar koʻrsatishda ayrim talablar bekor qilinadi

2026 yil 1 apreldan koʻchmas mulk va undagi ulushlar bilan bogʻliq barcha bitimlar notarius tomonidan Tizim orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yuboriladi.

Oʻzbekiston

11.09.2025, 18:25

Surxondaryoda ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan shaxslarga nisbatan sud hukmi oʻqildi

Guruh aʼzolari orasida muqaddam ekstremistik gʻoyalar bilan bogʻliq sodir etgan jinoyatlari uchun 2021 yilda yengillik qoʻllanilib, shartli ozodlik bilan ochiqlikda qoldirilgan shaxslar ham bor.

Oʻzbekiston

11.09.2025, 17:28

Oʻzbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) soni kamaymoqda

2025 yilning 1 mart holatiga mamlakatda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) soni 284 ming 110 nafarni tashkil etgan.

Iqtisodiyot

11.09.2025, 16:28

Milliy gvardiya: "Kichik portlash yuzaga kelib, 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi"

Milliy gvardiya: "Kichik portlash yuzaga kelib, 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi"

Milliy gvardiyaning maʼlumot berishicha, joriy yilning 10 sentabr kuni Nukus dala oʻquv maydonida, amaliy oʻquv mashgʻuloti tashkillashtirilgan.  

Oʻzbekiston

11.09.2025, 15:54

Navoiyda fuqarolarni Ukrainaga qarshi urushga yollash orqali pul ishlamoqchi boʻlgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi

44 yoshli ayol fuqarolarni Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etsa, oyiga 4-7 ming AQSh dollaridan pul berilishini aytib, qiziqtirib kelgan. U bir fuqaroni yollab, Rossiyaga joʻnatish uchun Toshkent viloyatida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona posti orqali Qozogʻistonga oʻtayotganida DXX Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan ushlangan.

Oʻzbekiston

11.09.2025, 15:27

“Atrofdagi mish-mishlardan charchadim” – Temur Kapadze

Oʻzbekiston terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Temur Kapadze kecha Futbol + podkastida ishtirok etib, soʻnggi paytlarda murabbiy olib kelinishi haqida chiqayotgan mish-mishlardan charchaganini va qarorlar tartibsiz qabul qilinayotganini taʼkidladi. 

Sport

11.09.2025, 14:25

Senat raisi: fuqarolarning mehnat huquqlarini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik takomillashmoqda

Tanzila Norboyeva ushbu qonun loyihasi mamlakatda munosib mehnatni tashkil etish va kasaba uyushmalarining rolini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

Oʻzbekiston

11.09.2025, 13:20

Isroil armiyasi Gʻazoda 360 ta obʼektga hujum qilganini maʼlum qildi

Isroil armiyasi soʻnggi kunlarda Gʻaza sektorida 360 ta obʼektni, jumladan baland uylarni nishonga olganini maʼlum qildi.

Jahon

11.09.2025, 12:03