Firibgarlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar nomidan aldamoqda – Ombudsman
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga fuqaro M.P. oʻzining ehtiyotsizligi va soddaligi oqibatida katta miqdordagi mablagʻdan mahrum boʻlgani yuzasidan murojaat qilgan edi.
Oʻzbekiston
12.09.2025, 16:26
Ulashish:

Fuqaro M.P. oʻz murojaatida, 2024 yil dekabr oyida oʻzini Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va Markaziy bank xodimi deb tanishtirgan shaxslar taʼsirida kriptovalyuta orqali 170 000 AQSh dollarini oʻtkazib yuborganini bildirgan. Shu maqsadda u avtomashinasi va uyini sotgan, jamgʻarmalarini yoʻqotgan, hatto qarzga kirgan.
Fuqaro M.P. 2024 yil dekabrida Kiberxavfsizlik markaziga rasmiy tarzda murojaat qilib, jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va u jabrlanuvchi sifatida tan olingan.
Ombudsman shikoyatda koʻrsatilgan vajlarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga murojaat qildi.
Murojaat hamkorlikda oʻrganilishi natijasida Kiberxavfsizlik boshqarmasi tomonidan Kriptodoʻkondan fuqaro M.P. foydasiga 115 ming AQSh dollari (1 mlrd 434 mln 625 ming soʻm) undirib berildi.
Ombudsmanga firibgarlik bilan bogʻliq koʻplab murojaatlar kelib tushadi, ammo ularning katta qismida mablagʻlarni qaytarish imkoni boʻlmaydi. Bu esa bunday holatlarga aldanmaslik va oldindan ogoh boʻlishni taqozo etadi.
Shu munosabat bilan, Ombudsman fuqarolarni quyidagilarga jiddiy eʼtibor qaratishga chaqirib qoladi:
• Oʻzini huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki bank xodimi deb tanishtirgan, ammo shaxsiy raqamlar orqali qoʻngʻiroq qilayotgan, toʻlov yoki maʼlumot soʻrayotgan shaxslarga ishonmang;
• Telefon orqali pasport yoki ID-karta, plastik karta, PIN-kod, SMS-kod kabi shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga oshkor qilmang;
• Siz tanimagan shaxslar kriptovalyuta orqali toʻlov qilishga undasa, bu holatni darhol toʻxtating va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling;
• Davlat organlari, idora va tashkilotlar oʻz faoliyatini faqat rasmiy kanallar orqali amalga oshiradi. Shubhali holatlarda tegishli idoraning ishonchli raqamlari orqali tasdiq oling.
Ombudsman fuqarolarni avvalambor huquqiy xabardor va ogoh boʻlishga chaqiradi.
Oʻzbekiston
12.09.2025, 16:26
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi
Oʻzbekiston
04.03.2026, 15:05

Fargʻonada fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi
Oʻzbekiston
18.02.2026, 10:29

Ombudsmanning 2025 yilgi faoliyati koʻrib chiqildi
Oʻzbekiston
11.02.2026, 10:46

Tergov hibsxonalarida ayrim tartib-qoidalar qayta koʻrib chiqiladi
Oʻzbekiston
19.11.2025, 17:41

Sirdaryoda bogʻcha tarbiyalanuvchisining oʻlimi ortidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzbekiston
12.09.2024, 18:19

Buxoroda besh yashar bogʻcha bolasi kaltaklandi
Oʻzbekiston
31.07.2024, 10:38
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
So'nggi yangiliklar

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring
Oʻzbekiston
14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida
Iqtisodiyot
14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni
Jahon
07.04.2026, 10:23

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Magnus Karlsen: Sindarovning natijasini hech kim kutmagandi
Sport
06.04.2026, 13:50

Afg‘oniston Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Jahon
06.04.2026, 12:12

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda
Fan-texnologiya
04.04.2026, 15:48

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi
Iqtisodiyot
03.04.2026, 17:17

Apple va Samsung: Jahon smartfon bozorining yetakchilari
Iqtisodiyot
03.04.2026, 12:37

50 yildan so‘ng insoniyat yana Oyga parvoz qildi
Fan-texnologiya
02.04.2026, 17:01

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?
Oʻzbekiston
02.04.2026, 11:24
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
