Bolani tez-tez shamollashdan qanday himoyalash mumkin?

Oxirgi paytlarda yurtimizda noodatiy, davolash qiyin boʻlgan shamollash turi paydo boʻldi. Maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar bir-biriga yuqtirib olayotgan bu gripga har doimgi dori-darmonlar deyarli taʼsir qilayotgani yoʻq. Bunday sharoitda bolalarning immunitetini mustahkamlash, ular salomatligiga toʻgʻri yondashish juda muhim. Quyidagi tavsiyalarimiz bu borada juda katta foyda keltirishi aniq.

Ulashish:

Zero, immunitet — bu inson organizmining bakteriyalar, parazitlar, viruslar, zamburugʻlar va boshqa begona moddalardan himoyalanish bareri.

Shifokorlar bu ogʻir davrda organizmni mustahkamlash boʻyicha maslahatlar berishmoqda.

Ovqatlanish. 

Bolaning ovqatlanish ratsioni turfa va muvozanatli boʻlishi kerak.
Faol oʻsish davrida toʻlaqonli rivojlanish uchun vitamin va minerallarni yetarli miqdorda olish juda muhim va bunga eng yaxshisi ovqat orqali erishiladi.

Uyqu va uygʻonish rejimi. 

Har qanday yoshda rejimiga rioya qilish asab tizimi va organizm chalgʻishining oldini oladi.

Oiladagi muhit. 

Koʻzga koʻrinmas, ammo bolalarning ruhiy-emotsional holatiga katta taʼsir qiladigan omil — uydagi atmosfera. Maktab va bogʻcha — bu uzluksiz stress holati, shuning uchun bola uchun uyda oʻzini xavfsiz va xotirjam his etishi nihoyatda muhim.

Toza havo va jismoniy sogʻliq. 

Faol sport mashgʻulotlari jismoniy ham, aqliy rivojlanish uchun foydali. Qolaversa, toza havoda muntazam sayrlar ham juda muhim.

Vitamin-mineral komplekslari. 

Ekologik holatning yomonlashuvi va koʻp mahsulotlarning ozuqa qiymati pasaygani tufayli oilaviy shifokor parhezni vitamin va minerallar bilan qoʻshimcha boyitishni maqsadga muvofiq deb topishi mumkin.

 

So‘nggi yangiliklar

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda

Mojaroga AQSh, Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar qoʻshilishi mumkin.

Jahon

02.03.2026, 15:58

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman

Aliment qarzdorlarining roʻyxatlari va fotosuratlarini ommaviy tarqatish inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadi hamda Konstitutsiya normalariga ziddir.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 15:07

Rossiyada migrantlarni ishdan boʻshatish tartibi soddalashtirildi

Rossiyada 1 martdan boshlab yangi qonun kuchga kirdi. Unga koʻra, agar muayyan mintaqa migrantlarni ishga jalb etishga cheklov yoki kvota joriy etsa, ish beruvchilar xorijiy xodimlarni ishdan boʻshatish huquqiga ega boʻladi. 

Jahon

02.03.2026, 13:46

Umra safari tadbirlari vaqtincha kechiktirildi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi umra safarlari vaqtincha kechiktirilganini eʼlon qildi. Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va havo makoni cheklovlari sabab, bir qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 11:23

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi

Amerika fuqarolari Nyu-York shahri markazida Amerika harbiy operatsiyalariga qarshi norozilik bildirmoqda. 

Jahon

02.03.2026, 10:18

Umradagi oʻzbekistonliklarni qaytarish uchun maxsus reyslar yoʻlga qoʻyiladi

Umra safariga ketgan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida maxsus repatriatsiya reyslari tashkil etiladi.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 08:27

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi

Eronning oliy rahbari, 86 yoshli oyatulloh Ali Xominaiy 28 fevral kuni Tehrondagi qarorgohiga berilgan zarbalar oqibatida vafot etdi.

Jahon

01.03.2026, 08:32

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin

Taxminiy maʼlumotlarga koʻra, insoniyat tarixida 12 mingdan ortiq urush boʻlgan va ularning barchasini insonlar boshlab, davom ettirgan.

Fan-texnologiya

28.02.2026, 13:12

Isroil Eronga harbiy zarba berdi

28 fevral, shanba kuni ertalab Isroil Eron hududiga nisbatan harbiy amaliyot boshladi.

Jahon

28.02.2026, 12:40

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi

27 fevral kuni AQSh Davlat departamenti xavfsizlik xatarlari ortishi tufayli Isroildagi favqulodda boʻlmagan xodimlari va ularning oilalariga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi.

Jahon

28.02.2026, 10:03

YHQ qoidalarini buzganlik boʻyicha jarima xatlarini yetkazib berish xizmati toʻxtatiladi

Endilikda ushbu jarayon toʻliq raqamli formatga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston

28.02.2026, 09:44

10-sinf oʻquvchisi BMWda urib ketgan YPX inspektori vafot etdi

Toshkent shahrida yoʻl-transport hodisasi oqibatida ogʻir tan jarohatlari olgan yoʻl-patrul xizmati inspektori vafot etdi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 18:25