Dunyoda vabo kasalligi avj olmoqda — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) soʻnggi yillarda dunyoda vabo epidemiyasi avj olayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Jahon
03.02.2025, 11:54
Ulashish:

Dunyoda vabo kasalligi avj olmoqda — JSST
JSST hisobotiga koʻra, oʻtgan yilda 33 mamlakatda yashovchi 805 mingga yaqin kishiga ushbu kasallik tashxisi qoʻyilgan. Bu 2023 yildagiga nisbatan qariyb 100 mingtaga, 2022 yilga qiyoslaganda esa 340 mingtaga koʻp degani. Bemorlardan 5 ming 800 nafardan ziyodi epidemiya tufayli hayotdan koʻz yumgan. .
Yuqori oʻsish dinamikasi asosan Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasida qayd etilgan. Jumladan, Yaman bu borada yetakchilik qilgan. Mamlakatda oʻtgan yili 260 mingdan ortiq yangi kasallanish holatlari roʻyxatga olingan.
Shuningdek, Afrika davlatlarida ham epidemiya tarqalishi avj olgan. Sudanda 51 ming, Kongo Demokratik Respublikasida 31 ming, Efiopiyada 27 ming va Nigeriyada 24 mingdan ortiq kishida vabo aniqlangan.
Ekspertlar xulosasiga koʻra, bu kasallikni jilovlash mumkin. Biroq farmatsevtika kompaniyalari past rentabellik tufayli vaboga qarshi vaksinalar ishlab chiqarishni deyarli toʻxtatib qoʻygan.
Chunki aksariyat vabo oʻchoqlari eng qashshoq mamlakatlarda aniqlanyapti. Tabiiyki, ular bunday himoya vositalarini katta miqdorda xarid qilishga qodir emas.
Qolaversa, toza ichimlik suvi taʼminoti, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish vabo epidemiyasini toʻxtatishning yagona yechimi boʻlib qolmoqda.
Jahon
03.02.2025, 11:54
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Diqqat: Qizamiq avj olmoqda!
Fan-texnologiya
18.03.2025, 11:17

Maymunchechakka qarshi vaksina ishlab chiqarildi
Fan-texnologiya
14.09.2024, 12:03

AQSh JSSTdan rasman chiqdi
Jahon
23.01.2026, 18:10

SSV tizimida 1000 dan ortiq manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlandi
Oʻzbekiston
27.10.2025, 08:17

JSST ogohlantirgan yoʻtal siroplari Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilmagan
Oʻzbekiston
16.10.2025, 18:06

Chirchiqda siam egizaklari noyob operatsiya orqali ajratib olindi
Oʻzbekiston
10.10.2025, 09:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 10:23
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
