Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi
Markaziy bank yangi özbek alifbosiga ötiş munosabati bilan amaldagi pullarni almaştiriş şart emasligini ma’lum qildi.
Iqtisodiyot
23.11.2026, 16:08
Ulashish:

Интернет
Özbekistonda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosining takomillaştirilişi amalda muomalada bölgan banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi. Hozirgi pul belgilari öz qiymatini saqlab qoladi va ulardan avvalgidek foydalaniş mumkin. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Regulyatorning tuşuntirişiça, 2027 yil 19 fevraldan kuçga kiradigan yangi yöriqnoma kelgusida muomalaga çiqariladigan banknot va tangalardagi yozuvlarni takomillaştirilgan özbek lotin alifbosiga moslaştirişni nazarda tutadi.
Markaziy bank ta’kidlaşiça, mazkur sana yangi pul belgilarini muomalaga çiqariş yoki amaldagi banknot va tangalarni almaştiriş sanasi hisoblanmaydi.
«Hozir muomalada bölgan barça banknot va tangalar öz qiymatini saqlab qoladi. Kelgusida yangi pul belgilari çiqarilgan taqdirda ham amaldagi pullardan avvalgidek dökonlarda, bozorlarda va boşqa joylarda bemalol foydalaniş mumkin», — deyiladi Markaziy bank izohida.
Yangi banknotlar qaçon çiqariladi?
Markaziy bank ma’lumotiga köra, kelgusida yangi banknot va tangalar muomalaga çiqarilişi rejalaştirilsa, bu haqda kamida bir hafta oldin rasmiy xabar beriladi. Yangi pul belgilarining tavsifi va ularga oid ma’lumotlar ham ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Yangi tartib Markaziy bank boşqaruvi tasdiqlagan hamda 2026 yil 17 noyabr kuni Adliya vazirligida 3977-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan yöriqnomada belgilangan.
Yangi alifboda qanday özgarişlar bor?
Eslatib ötamiz, 2026 yil 21 oktyabrda Özbekistonda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş töğrisidagi ÖRQ–1184-sonli qonun qabul qilingan.
Unga muvofiq, avvalgi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi örniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat alifbo joriy etiladi. Törtta harfning yoziliş şakli özgaradi:
- O‘ örniga Ö;
- G‘ örniga Ğ;
- Sh örniga Ş;
- Ch örniga Ç.
Qonun 2027 yil 22 apreldan kuçga kiradi.
Qonunçilikda yangi alifbo kuçga kirguniga qadar avvalgi yozuvda rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçini saqlab qolişi ham belgilangan.
Şunday qilib, alifbodagi özgarişlar amaldagi pul belgilarining tölov vositasi sifatidagi maqomiga ta’sir qilmaydi. Fuqarolardan banknot va tangalarni almaştiriş yoki buning uçun qöşimça harakatlarni amalga oşiriş talab etilmaydi.
Iqtisodiyot
23.11.2026, 16:08
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Bugundan bank ilovalarida P2P ötkazmalar va biometriya talablari özgardi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 10:31

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

Banklar kredit qarzi uchun kartadagi barcha pulni yechib ololmaydi
Iqtisodiyot
10.10.2026, 10:48

Aholining banklar oldidagi qarzi $20,3 milliardga yaqinlashdi
Iqtisodiyot
07.09.2026, 17:58

Telefon raqami orqali bank hisobraqamiga pul o'tkazish joriy etiladi
Iqtisodiyot
26.08.2026, 15:06
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
So'nggi yangiliklar

«Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 25 noyabr kuni oçiladi
Oʻzbekiston
23.11.2026, 15:04

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi
Sport
23.11.2026, 10:38

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsining ilk partiyasini oq donalarda boşlaydi
Sport
23.11.2026, 09:35

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi
Sport
20.11.2026, 16:11

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?
Oʻzbekiston
20.11.2026, 14:41

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi
Jahon
19.11.2026, 10:56

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?
Siyosat
18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Siyosat
18.11.2026, 16:45

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?
Jahon
18.11.2026, 10:39

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi
Oʻzbekiston
18.11.2026, 10:10

Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani xabar qilindi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 17:26

Ebola virusidan 6 minga yaqin kişi vafot etdi
Jahon
17.11.2026, 15:33
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
