Eldor Shomurodov yana Konferensiyalar Ligasida – bu safar “Istanbul Bashakshehir” bilan

“Bashakshehir” 2025/26 yilgi UEFA Konferensiyalar Ligasining ikkinchi saralash bosqichida ishtirok etadi.

Sport

23.07.2025, 19:06

Ulashish:

Oʻtgan mavsum UEFA Konferensiyalar Ligasida “Istanbul Bashakshehir” 6 uchrashuvda atigi bitta gʻalaba va 3 durang qayd etib, 26-oʻrinni egallagan va pley-off bosqichiga yoʻl ola olmagandi. Endilikda, oʻz vaqtida bu musobaqada chempionlikni qoʻlga kiritgan Eldor Shomurodov yana ushbu turnirda maydonga tushadi — bu safar Turkiya klubi safida.

2022 yilda “Roma” tarkibida Konferensiyalar Ligasi tarixidagi ilk gʻolib boʻlgan Shomurodov, finalda “Feynoord” ustidan 1:0 hisobidagi gʻalaba qozongan edi. U butun turnir davomida 9 oʻyinda maydonga tushib, 2 bor golli uzatma muallifi boʻlgan. Yevropa Ligasida esa Eldor 10 oʻyinda 3 ta gol urib, 1 ta golli uzatma qayd etgan.

“Bashakshehir” 2025/26 yilgi UEFA Konferensiyalar Ligasining ikkinchi saralash bosqichida ishtirok etadi. Ularning ilk raqibi — Bolgariyaning “Cherno More” klubi boʻladi. Bellashuv 24 iyul kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da, Varna shahrida boʻlib oʻtadi. Bu jamoalar tarixda ilk marta oʻzaro toʻqnash kelishmoqda.

“Bashakshehir” yozgi tayyorgarlik jarayonida ijobiy natijalar qayd etdi, biroq bu bahs ular uchun yangi mavsumdagi ilk rasmiy sinov boʻladi.

“Cherno More” esa aynan shu bosqichda oʻtgan yili musobaqani tark etgandi. Bu safar ular oʻz maydonida, oʻz muxlislari qarshisida gʻalaba qozonishga harakat qiladi. Bolgariya klubi tayyorgarlik doirasida oʻtkazgan soʻnggi yetti oʻyinda ketma-ket gʻalaba qozongan. Ichki chempionatni esa “Lokomotiv Sofia” bilan 1:1 hisobida boshladi.

Sport

23.07.2025, 19:06

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Endi moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma olish tartibi yengillashadi

2026 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda moped va skuterlarni, shuningdek, soatiga 25 km/s tezlikdan oshmaydigan mototransport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasida yangi — «A1» kichik toifasi joriy etiladi.

Oʻzbekiston

27.10.2025, 13:08

Toshkentda kesilgan 145 tup daraxt boʻyicha hokimlik izoh berdi

Taʼkidlanishicha, archalarning koʻpchiligi kasallangan va qurub borayotgan daraxtlarni ehtiyotkorlik bilan koʻchirish rejalashtirilgan, ammo ayrim masʼullar jarayonda talablarga toʻliq amal qilmagan. Guvohlar esa ishlar hokim oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonov topshirigʻi bilan amalga oshirilganini aytishmoqda.

Oʻzbekiston

27.10.2025, 10:00

Oʻzbekiston delegatsiyasi Ar-Riyoddagi Islom birdamlik oʻyinlariga 194 nafar sportchi bilan boradi

7–21 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri VI Islom birdamlik oʻyinlariga mezbonlik qiladi.

Sport

27.10.2025, 09:01

SSV tizimida 1000 dan ortiq manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlandi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida 2025 yil iyul holatiga koʻra moliya va iqtisodiyot yoʻnalishida faoliyat yurituvchi 1 280 nafar xodimda manfaatlar toʻqnashuvi va nepotizm holatlari aniqlandi.

Oʻzbekiston

27.10.2025, 08:17

Tramp sanksiyalari sabab “Rosneft” va “Lukoyl” 5,2 mlrd dollarga arzonladi

Trampning yangi sanksiyalari Rossiya bilan munosabatlarni yanada keskinlashtirdi. Hindiston Rossiya nefti importlarini qisqartira boshlagach, “Rosneft” va “Lukoyl” aksiyalarida katta muammolar yuzaga kelmoqda.

Iqtisodiyot

25.10.2025, 18:44

Oʻzbekistonda nikohlar kamaymoqda, ajrimlar esa koʻpaymoqda

Yil boshidan buyon 177 ming nikoh qayd etilgan boʻlsa, 32 ming oila buzilgan. Shuningdek, 16 ming ota-ona aliment toʻlamasdan qochib yuribdi va ayrimlari bolalarini qarz bilan tashlab ketishgan.

Oʻzbekiston

25.10.2025, 17:07

Sergey Mironov: "Til bilmaslikni bahona qilib davlatdan chiqarib yuborish — bu haqiqiy fashizm"

Sergey Mironov Latviyada rusiyzabonlarni chiqarishni “fashizm” deb atadi. Rossiyada qonunbuzar migrantlarni esa nafaqat oʻzi, balki butun oilasi bilan deportatsiya qilish tarafdori. Shuningdek, Mironov Rossiyaga mehnat migrantlari faqat vaxta usulida kelishi, ularning oilalari esa mamlakatga kiritilmasligi lozimligini bildirdi.

Jahon

25.10.2025, 14:51

London sudi “Vagner” bilan hamkorlik qilgan britaniyaliklarga hukm chiqardi

London sudi 20–23 yoshli olti nafar britaniya fuqarosini 7 yildan 17 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan hukm qildi. Ular 2024 yil mart oyida Rossiyaning terroristik tashkilot deb eʼtirof etilgan “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi topshirigʻi bilan sharqiy Londondagi omborni yoqib yuborgan.

Jahon

25.10.2025, 11:49

Kanadalik xonanda Devid Keroll oʻzbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

“Aybi” oʻzbekistonlik boʻlgan Suhrob Ubaydullayevni samolyotga chiqarmagan Vengriyaning Wizz Air loukasteri haqida Don’t Fly Wizzness Class qoʻshigʻini kuylagan kanadalik xonanda Devid Keroll ushbu taronani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni soʻrab instagram sahifasi orqali murojaat bilan chiqdi.

Oʻzbekiston

25.10.2025, 11:00

Oʻzbekiston prezidenti Belgiyaga tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi.

Siyosat

25.10.2025, 06:57

Shavkat Mirziyoyev Belgiyaliklar qiroli bilan uchrashdi

Bryussel shahriga rasmiy tashrif doirasida Laken saroyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgiyaliklar qiroli Filipp bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Siyosat

24.10.2025, 21:17

Oʻzbekiston va YeI munosabatlari yangi strategik bosqichga koʻtarildi

Bryusseldagi Yevropa kengashi qarorgohi — «Yevropa» binosida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi.

Siyosat

24.10.2025, 16:59