Erdoʻgʻan BMTda Isroilni qoralayotgan vaqtida uning mikrofoni oʻchirildi

Turkiya Prezidenti Rajab Toib Erdoʻgʻan BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida Gʻazodagi harakatlari uchun Isroilni qoralay boshlagan paytda, uning mikrofoni oʻchirildi.

Jahon

23.09.2025, 16:00

Ulashish:

Erdoʻgʻan BMTda Isroilni qoralayotgan vaqtida uning mikrofoni oʻchirildi

Foto: David Dee Delgado/Bloomberg via Getty Images

Maʼlum qilinishicha, Prezident Erdoʻgʻan BMT Bosh Assambleyasi doirasida boʻlib oʻtgan “Falastin muammosiga yechim topish va ikki davlat yechimini amalga oshirish” mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada nutqining 4-daqiqa 48-soniyasida mikrofon uzilib qolgan. Prezident ovozi yozib olinmayotganidan bexabar yana bir daqiqa atrofida gapirgan.

 

Tarjimon Prezidentning ovozi yetib kelmayotgani va hech narsani eshita olmayotganini aytgan.

 

“Xonimlar va janoblar men Prezident ovozini eshitmayapman. Texnik nosozlik boʻldi, uning ovozi yetib kelmayapti”, degan tarjimon.

 

Ushbu holat yuzasidan, Turkiya Aloqa boshqarmasi munosabat bildirib, assambleyada davlat va hukumat rahbarlarining nutqi uchun 5 daqiqa, boshqa maʼruzachilarga esa 3 daqiqa vaqt ajratilganini aytgan va beshinchi daqiqaning oxirida mikrofonning avtomatik ravishda oʻchirilganini bildirgan.

 

“Turkiya BMT Bosh Assambleyasida Prezidentning maʼruzalari global kun tartibini shakllantiruvchi va keng taʼsir oʻtkazuvchi xabarlar sifatida diqqat bilan kuzatib borildi. Boshqa davlat rahbarlari kabi Prezident Erdoʻgʻanning ham nutq vaqti besh daqiqa boʻlgan. Prezidentning soʻzlari toʻxtatilgani yoʻq”, deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.

 

Jahon

23.09.2025, 16:00

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Isroil yana Gʻazoga hujum qildi

Isroil yana Gʻazoga hujum qildi

Kecha, 21 sentabr kuni Isroil AQShda BMT yigʼilishi arafasida Gʻazaga uyushtirgan hujumi oqibatida 34 kishi halok boʻldi. Bu haqda “Politico” nashri xabar qildi.

Jahon

22.09.2025, 14:00

Isroil harbiylar ovqat izlayotgan falastinliklarni oʻqqa tutdi

Isroil harbiylar ovqat izlayotgan falastinliklarni oʻqqa tutdi

Isroil harbiylari Gʻazo shimolida BMT yordami uchun yuk mashinalarini kutayotgan och falastinliklarni oʻqqa tutgan. Hujum oqibatida kamida 67 kishi halok boʻldi, deya xabar beradi Hududning XAMAS boshqarayotgan sogʻliqni saqlash vazirligi.

Jahon

21.07.2025, 11:11

Gʻazodagi voqealarning barchasi butun dunyo koʻz oʻngida sodir boʻlmoqda — Antoniu Gutterish

Gʻazodagi voqealarning barchasi butun dunyo koʻz oʻngida sodir boʻlmoqda — Antoniu Gutterish

Isroil hukumati deyarli 80 kundan buyon Gʻazoga yuborilayotgan yordamni toʻsib qoʻymoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish hozirgacha Isroil tomonidan Gʻazoga ruxsat berilgan yordamni bir tomchi suvga oʻxshatdi. 23 may kuni Nʼyu-Yorkda jurnalistlarga bergan bayonotida Gʻazo aholisi ocharchilik xavfiga duch kelganini  maʼlum qilgan. Uning aytishicha, oilalar ochlikka mahkum etilgan va hayot uchun eng oddiy narsalardan mahrum. Bu voqealarning barchasi dunyo koʻz oʻngida sodir boʻlayotganini aytgan.

Jahon

24.05.2025, 14:53

BMT tugatilishi kerakmi?

BMT tugatilishi kerakmi?

Birgina 2025 yilning oʻzida jahonda bir qancha urushlar va harbiy toʻqnashuvlar sodir boʻldi. AMillatlar Tashkiloti hech narsa qila olmadi. Hozirgacha davom etib kelayotgan Isroil mojarosi va Rossiya-Ukraina urushi hali ham tugagani yoʻq. Bu voqealarda ham BMT biror ish qila olmayotgani bugun hech kimga sir emas. Xoʻsh, nega? Bir necha oy oldin BMTni butunlay isloh qilish kerakligi haqida gapirgan mamlakat yetakchilari BMT Assambleyasi nutqida bu haqda har holda gapirmadi. Tashkilot butunlay tugatilib, oʻrniga boshqa tashkilot ochilishi kerakmi yoki u qaytadan isloh qilinishi? Paradigma.uz studiyasida shu haqida siyosatshunos Farhod Tolipov bilan suhbatlashdik.

Siyosat

15.10.2025, 12:24

Erdoʻgʻan: Muammoni hal qilish yoʻli — mustaqil Falastin davlatini tuzishdir

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning taʼkidlashicha, Falastin muammosini faqatgina 1967 yilgi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil va suveren Falastin davlatini tashkil etish orqali hal qilish mumkin.

Jahon

14.10.2025, 17:48

Donald Tramp: “Erdoʻgʻan juda toʻgʻri ish qildi”

AQSh prezidenti Donald Tramp Gʻazoda otashkesim jarayonida Turkiyaning katta hissasi boʻlganini taʼkidladi. 

Jahon

10.10.2025, 18:04

So‘nggi yangiliklar

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 10:14

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03