Gʻazodagi voqealarning barchasi butun dunyo koʻz oʻngida sodir boʻlmoqda — Antoniu Gutterish

Isroil hukumati deyarli 80 kundan buyon Gʻazoga yuborilayotgan yordamni toʻsib qoʻymoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish hozirgacha Isroil tomonidan Gʻazoga ruxsat berilgan yordamni bir tomchi suvga oʻxshatdi.

 

23 may kuni Nʼyu-Yorkda jurnalistlarga bergan bayonotida Gʻazo aholisi ocharchilik xavfiga duch kelganini  maʼlum qilgan. Uning aytishicha, oilalar ochlikka mahkum etilgan va hayot uchun eng oddiy narsalardan mahrum. Bu voqealarning barchasi dunyo koʻz oʻngida sodir boʻlayotganini aytgan.

Jahon

24.05.2025, 14:53

Ulashish:

Gʻazodagi voqealarning barchasi butun dunyo koʻz oʻngida sodir boʻlmoqda — Antoniu Gutterish

"U fuqarolarni insoniylik bilan, ularning tugʻma qadr-qimmatini hurmat qilgan holda muomala qilishi lozim. U fuqarolik aholini majburan koʻchirish, deportatsiya qilish yoki boshqa hududlarga surib chiqarishga haqli emas. Va egallab turgan davlat sifatida zarur yordamni qabul qilish va oʻtkazishga ruxsat berishi shart", degan BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish.

Uning aytishicha, Gʻazo sektoriga soʻnggi yordam Kerem Shalom chegara punkti orqali deyarli 400 ta yuk mashinasi Gʻazoga kirish uchun ruxsatnoma olgan, biroq atigi 115 tasining yuki chegaradan oʻtkazilgan. Ammo qamal ostidagi Gʻazo aholisiga hech qanday yordam yetib bormagan.

 

"Biz yordamni kerakli joylarga yetkazish uchun tun-u kun ishlayapmiz. Nihoyat, biroz bugʻdoy uni, bolalar uchun ovqat, oziqlantiruvchi qoʻshimchalar va dori-darmonlar tarqatdik. Gʻazo janubi va markazidagi ayrim novvoyxonalar yana ishlay boshladi", degan u.

Biroq u, "Bularning bari harbiy harakatlar oʻrtasida amalga oshirilayotganini unutmaslik kerak",  deb ogohlantirdi.

 

Guterrish yordam yetkazishda duch kelinayotgan muammolarga alohida toʻxtatilib oʻtdi. Unga koʻra, chegaradan oʻtkazilayotgan har qanday yordamning miqdori mavjud. Bundan tashqari, yonilgʻi, boshpana vositalari, gaz ballonlari va suvni tozalash vositalari kabi zaruriy narsalarning kirishiga umuman ruxsat berilmayapti.

 

"Yordam karvonlarimiz uchun xavfsizlik kafolatlari soʻrashda davom etamiz. Agar biz oziq-ovqat va bugʻdoy unini odamlar qoʻliga bevosita yetkazishga toʻsqinlik qilinaversa, xodimlarimiz hayoti xavf ostida qoladi", degan BMT rahbari.

 

Bosh kotibning aytishicha, Isroil harbiy harakatlari ayni paytda “dahshatli darajadagi oʻlim va vayronagarchilik”ka olib kelmoqda.

 

Bugungi kunda Gʻazo hududining 80 foizi yoki Isroil tomonidan harbiy zona deb eʼlon qilingan, yoki aholi tark etishga majbur qilingan hudud deb belgilangan.

 

Bayonotda Guterrish BMT oʻz pozitsiyasida qatʼiy ekanligini yana bir bor eslatdi: "Biz xalqaro huquq va insonparvarlik tamoyillari — insoniylik, betaraflik, mustaqillik va xolislik — buziladigan har qanday rejada ishtirok etmaymiz".

 

BMT rahbari shuningdek, BMT va hamkorlari tomonidan ishlab chiqilgan besh bosqichli reja mavjudligini aytdi. Bu rejaga BMT aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlov berilgan. Unda quyidagi tartib nazarda tutilgan: yordamni Gʻazoga yetkazish; chegara punktlarida tekshiruvdan oʻtkazish; yordamni gumanitar markazlarga olib borish; uni tarqatishga tayyorlash; va odamlar qoʻliga yetkazish.

 

"Bizda zarur xodimlar, tarqatish tarmoqlari, tizimlar va mahalliy hamjamiyatlar bilan aloqa mavjud. 160 mingta paket yordam — deyarli 9 ming yuk mashinasiga teng miqdordagi yuk — tayyor holda kutmoqda", degan u.

 

Soʻzining yakunida Guterrish Gʻazo xalqiga hayotni saqlab qoluvchi yordam koʻrsatishga chaqirdi.

 

Soʻzining yakunida Guterrish Gʻazo xalqiga hayotni saqlab qoluvchi yordam koʻrsatishga chaqirdi.

Mavzuga oid yangiliklar

Erdoʻgʻan BMTda Isroilni qoralayotgan vaqtida uning mikrofoni oʻchirildi

Erdoʻgʻan BMTda Isroilni qoralayotgan vaqtida uning mikrofoni oʻchirildi

Turkiya Prezidenti Rajab Toib Erdoʻgʻan BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida Gʻazodagi harakatlari uchun Isroilni qoralay boshlagan paytda, uning mikrofoni oʻchirildi.

Jahon

23.09.2025, 16:00

Isroil yana Gʻazoga hujum qildi

Isroil yana Gʻazoga hujum qildi

Kecha, 21 sentabr kuni Isroil AQShda BMT yigʼilishi arafasida Gʻazaga uyushtirgan hujumi oqibatida 34 kishi halok boʻldi. Bu haqda “Politico” nashri xabar qildi.

Jahon

22.09.2025, 14:00

Isroil harbiylar ovqat izlayotgan falastinliklarni oʻqqa tutdi

Isroil harbiylar ovqat izlayotgan falastinliklarni oʻqqa tutdi

Isroil harbiylari Gʻazo shimolida BMT yordami uchun yuk mashinalarini kutayotgan och falastinliklarni oʻqqa tutgan. Hujum oqibatida kamida 67 kishi halok boʻldi, deya xabar beradi Hududning XAMAS boshqarayotgan sogʻliqni saqlash vazirligi.

Jahon

21.07.2025, 11:11

BMT tugatilishi kerakmi?

BMT tugatilishi kerakmi?

Birgina 2025 yilning oʻzida jahonda bir qancha urushlar va harbiy toʻqnashuvlar sodir boʻldi. AMillatlar Tashkiloti hech narsa qila olmadi. Hozirgacha davom etib kelayotgan Isroil mojarosi va Rossiya-Ukraina urushi hali ham tugagani yoʻq. Bu voqealarda ham BMT biror ish qila olmayotgani bugun hech kimga sir emas. Xoʻsh, nega? Bir necha oy oldin BMTni butunlay isloh qilish kerakligi haqida gapirgan mamlakat yetakchilari BMT Assambleyasi nutqida bu haqda har holda gapirmadi. Tashkilot butunlay tugatilib, oʻrniga boshqa tashkilot ochilishi kerakmi yoki u qaytadan isloh qilinishi? Paradigma.uz studiyasida shu haqida siyosatshunos Farhod Tolipov bilan suhbatlashdik.

Siyosat

15.10.2025, 12:24

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

AQSh rahbari Donald Tramp Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi urush butunlay tugaganini eʼlon qildi. Uning aytishicha, dushanba yoki seshanba kuni asirlar almashinuvi boʻladi. Shuningdek, u Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi tinchlikka erish boʻyichagi Misrdagi imzolash marosimiga ham qatnashish niyati bor ekanini maʼlum qildi.

Jahon

09.10.2025, 23:30

Raqamlarga aylangan falastinliklar: 7 oktabr voqealariga 2 yil toʻldi

Raqamlarga aylangan falastinliklar: 7 oktabr voqealariga 2 yil toʻldi

Roppa-rosa 2 yil muqaddam – 2023 yilning 7 oktabr kuni HAMAS Isroil harbiy bazalariga keng koʻlamli hujumlarni amalga oshirdi. Mazkur hujum Isroilning Gʻazo sektorida mislsiz qatliomni amalga oshirishiga sabab boʻldi. Oʻn minglab falastinliklar, shu jumladan, bolalar va ayollar qurbon boʻldi, jarohatlandi, uysiz, oziq-ovqatsiz, tibbiy yordamsiz qoldi. Gʻazoliklar butun insoniyat koʻz oʻngida raqamlarga, statistik maʼlumotlarga va tarixga aylanib bormoqda...

Jahon

07.10.2025, 15:01

So‘nggi yangiliklar

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

Moskvadagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishi sudda yetti oy davomida koʻrib chiqildi. 

Jahon

12.03.2026, 10:56

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?

Eron Ekspertlar kengashi 8 mart kuni Seyid Mojtabo Husayniy Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahnamosi etib sayladi.

Jahon

12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58