Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Samsung smartfonlar, televizorlar yoki kir yuviş maşinalaridan taşqari osmonöpar binolar ham quradi. Kiyim-keçak sotadi. Bir paytlar harbiy texnika ham işlab çiqargan. 2016-yilda esa “portlaydigan” telefonlar sotgan. Ayrimlar kompaniya rahbarini mamlakat prezidentidan ham qudratliroq deb hisoblaydi.
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19
Ulashish:
Qanday qilib 90 yil oldin quritilgan baliq va sabzavot sotgan oddiy dökon dunyodagi eng qudratli korporatsiyalardan biriga aylandi?
Samsung’ga 1938-yilda 28 yoşli Li Byon Çxol asos solgan. Kompaniya faoliyatini oziq-ovqat mahsulotlari sotişdan boşlagan. «Samsung» sözi koreys tilida «uçta yulduz» degan ma’noni anglatadi. Koreyada uç raqami ulkanlik va qudratni, yulduz esa boqiylikni ifodalaydi.
Ammo dastlab Samsung hatto omon qoliş-qolmasligi ham noma’lum edi. 1950–1953-yillardagi Koreya uruşi butun mamlakatga, şu jumladan Li biznesiga ham salbiy ta’sir körsatdi.
Uruşdan keyin tovarlar tanqisligi yuzaga kelib, Janubiy Koreya import mahsulotlariga qaram bölib qoldi. Şu sababli Li aholi uçun hamyonbop mahsulotlar işlab çiqarişga qaror qildi. Dastlab şakarni qayta işlaş korxonasini taşkil etdi, keyin töqimaçilik fabrikasini oçib, kiyim-keçak işlab çiqarişni boşladi.
Biznesni diversifikatsiya qiliş Samsung’ning omon qolişiga yordam berdi. Li universal dökon oçdi va suğurta biznesiga ham kirib bordi. Samsung hanuz Janubiy Koreyadagi eng yirik suğurta xizmatlari körsatuvçi kompaniyalardan biriga ega.
Elektronika bozoriga qadam
1968-yilda Samsung elektronika bozoriga kirişga qaror qildi. Bir yil ötib, 12 dyuymli oq-qora televizorni taqdim etdi. Samarali konveyerli işlab çiqariş tizimi tufayli kompaniya ön yil içida dunyodagi eng yirik oq-qora televizor işlab çiqaruvçiga aylandi.
1979-yilda mikrotölqinli peçlar, 1980-yilda konditsionerlar, 1983-yilda esa şaxsiy kompyuterlar işlab çiqarişni boşladi.
Biroq Samsung xorijdan olib kelinadigan mayda komponentlarga qattiq boğlanib qolgandi. Şu sababli yarimötkazgiçlar işlab çiqaruvçi kompaniyani sotib oldi. Endi butun ta’minot zanjiri nazorat ostida edi. Samsung mikrosxemalarni öz mahsulotlarida işlatiş bilan birga, boşqa elektronika brendlariga ham sota boşladi. Uning asosiy mijozlaridan biri Apple bölib, kompaniya iPhone smartfonlarida Samsung işlab çiqargan xotira mikrosxemalaridan foydalangan.
Samsung’ning biz eşitmagan sohalari
Samsung faqat elektronika işlab çiqariş bilan çeklanmaydi. Samsung Heavy Industries yirik kemalar va dengizdagi neft-gaz inşootlarini quradi. Samsung Construction and Trading esa yöllar, tunnellar, köpriklar va binolar bunyod etadi. Dunyodagi eng baland bino – Dubaydagi Burj Xalifa ham Samsung tomonidan qurilgan.
Kompaniyaning Samsung Techwin bölinmasi K9 öziyurar gaubitsalarini işlab çiqargan. Biroq 2015-yilda mudofaa biznesi sotilgan.
Samsung Group tarkibida Samsung Life Insurance va Samsung Fire & Marine Insurance suğurta kompaniyalari, Beanpole va 8Seconds kabi kiyim-keçak brendlari ham bor. Janubiy Koreyadagi maşhur köngiloçar boğ Everland, mehmonxonalar va Samsung Town majmuasi ham korporatsiya bilan boğliq.
Yana bir kutilmagan yönaliş – biotexnologiya. Samsung Biologics farmatsevtika kompaniyalari uçun biologik preparatlar, Samsung Bioepis esa biologik dorilar işlab çiqaradi. Samsung fondlari ta’lim, madaniyat, ilm-fan va tibbiyot sohalariga homiylik qiladi. Samsung Medical Center esa mamlakatdagi yirik tibbiyot markazlaridan biridir.
Janubiy Koreyani boşqaradigan kompaniya
Koreya uruşidan keyin hukumat iqtisodiyotni rivojlantiriş maqsadida yirik kompaniyalarni qöllab-quvvatlaşga qaror qildi. Samsung va boşqa gigantlar imtiyozli kreditlar, soliq yengilliklari va davlat yordamidan foydalandi. Xorijiy brend mahsulotlariga esa çeklovlar joriy qilindi yoki ular butunlay taqiqlandi.
Samsung elektronika sohasiga kirganidan köp ötmay, hukumat Yaponiya kabi mamlakatlarning elektronika mahsulotlarini sotişni taqiqladi. Natijada iste’molçilarda Samsung mahsulotlarini sotib olişdan bölak çora qolmadi. Elektronika kompaniyalari uçun soliqlar ham 50 foizga kamaytirildi. Hatto AQŞdan uruşdan keyin berilgan yordam mablağlarining bir qismi Samsung’ga yönaltirildi.
Bundan taşqari, asosçi Li Byon Çxolning prezidentlar bilan döstona aloqalari kompaniyaga alohida imtiyozlar olib keldi. Davlatga aloqador banklar unga qulay şartlarda kredit berdi. Li hatto olgan mablağlarining bir qismini öziga kredit bergan banklarni sotib olişga sarfladi.
Bu siyosat minglab iş örinlarini yaratib, iqtisodiyotga foyda keltirgan bölsa-da, kiçik biznesga zarar yetkazdi. Oxir-oqibat köpçilik Li’ni korrupsiya ramzi sifatida köra boşladi.
Samsung’ni qöllab-quvvatlaş Janubiy Koreya iqtisodiyotining bitta kompaniyaga haddan taşqari boğlanib qolişiga ham olib keldi. 2014-yilda ötkazilgan tadqiqot mamlakat iqtisodiyotining qariyb 17 foizini Samsung taşkil etişini körsatgan.
Samsung Janubiy Koreyaning eng katta «çebol»i sanaladi. Bu atama hukumat bilan yaqin aloqalar orqali ulkan imperiyalarni barpo etgan oilaviy korporatsiyalarni anglatadi. LG va Hyundai ham şunday kompaniyalar qatoriga kiradi. Natijada mamlakat boyligi va hokimiyatining katta qismi atigi bir neçta oila qölida töplangan.
1987-yilda Li Byon Çxol vafot etgaç, kompaniya boşqaruvi öğli Li Gon Xi qöliga ötdi. 1996-yilda u sobiq prezidentlardan biriga pora berganlikda ayblandi, biroq afv etildi. 2008-yilda esa prokurorlar va siyosatçilarga pora beriş uçun yaşirin siyosiy fond taşkil etişda ayblanib, lavozimidan ketdi. Oradan ikki yil ötib, prezident uni afv etdi va u Samsung rahbarligiga qaytdi.
Samsung’ning sobiq yuridik maslahatçisi «Think Samsung» kitobida Li Gon Xi kompaniya tarkibidagi korxonalardan qariyb 9 milliard dollarni özlaştirgani, dalillarni yöq qilgani va öğlining rahbarlikka kelişi uçun davlat amaldorlariga pora bergani haqida yozgan. Biroq mahalliy OAV bunga yetarliça e’tibor qaratmadi. Köplab koreyslar Samsung rahbarini hatto mamlakat prezidentidan ham qudratliroq deb hisoblaydi.
2014-yilda Li Gon Xi yurak xurujiga uçragaç, öğli Li Je-Yong kompaniya boşqaruvini öz qöliga oldi. 2017-yilda u poraxörlik va mablağlarni özlaştirişda aybdor deb topilib, beş yilga qamaldi. 2018-yilda apellyatsiya sudi jazosini yengillaştirdi va u ozodlikka çiqdi. 2021-yilda yana qamoqqa tuşgan Li Je-Yong öşa yilning avgustida şartli ozod qilindi. 2022-yilda esa prezident uni avf etdi.
Albatta, yuz minglab xodimlarga ega Samsung Janubiy Koreya uçun köplab foydali işlar qilgan. Biroq kompaniya atrofidagi yaşirin kelişuvlar, poraxörlik va hukumat bilan çuqur aloqalar uning muvaffaqiyat tarixi unçalik ham ertaknamo emasligini körsatadi.
Portlaydigan telefonlar
Ertalab uyğonganingizda xonangiz tutunga tölib ketganini tasavvur qiling. Hammasiga sabab esa – yonayotgan Samsung Note 7 telefoningiz.
2016-yilda dunyoning turli mamlakatlarida şunga öxşaş hodisalar bir neça bor sodir böldi. Köp ötmay, aviakompaniyalar uşbu telefonni samolyot bortiga olib kirişni taqiqladi.
Samsung dastlab muammoga batareya sababçi deb hisobladi. Ammo nosoz telefonlar örniga taqdim etilgan yangi qurilmalarda ham qizib ketiş kuzatildi. Çunki qurilmaning içki tuzilişi va tarkibiy qismlari mukammal işlab çiqilmagandi. Bunga sabab Samsung’ning Apple bilan jiddiy raqobatga kirişib, katta xatolarga yöl qöyganidir.
Muammoning ildizi 2011-yilga borib taqaladi. Öşanda Apple Samsung’ni iPhone dizaynidan nusxa köçirişda ayblab, sudga bergan va milliardlab dollar talab qilgan. Stiv Jobs Samsung’ni oçiqçasiga taqlidçi deb atagan.
Samsung rahbarlari buni bema’nilik deb hisobladi. Şundan keyin kompaniya özining taqlidçi emas, balki yetakçi ekanini isbotlaşga qat’iy bel boğladi. Galaxy Note turkumi, xususan, Note 7 modeliga qisqa muddatda köplab yangi funksiyalar qöşildi. Muhandislar yuqori bosim ostida işladi, sifat nazoratiga esa yetarliça e’tibor qaratilmadi.
Kompaniya mahsulot tayyor bölişidan oldin reklama uçun katta mablağ sarflagan, hatto millionlab qurilmalarni sotişga ulgurgan edi. Telefonlarning portlaşi köpaygaç, 2016-yil oktyabrida Galaxy Note 7 işlab çiqarilişi butunlay töxtatildi. Sotilgan millionlab telefonlar bozordan yiğib olindi va foydalanuvçilarga ularni işlatmaslik tavsiya etildi.
Bu mojaro Samsung obröyiga jiddiy putur yetkazdi. Zarar qiymati 5 milliard dollarni taşkil etdi. Keyingi yillarda kompaniya Galaxy S va Note turkumidagi smartfonlar orqali inqirozdan çiqişga muvaffaq böldi.
Samsung bugun ham innovatsiyalar va yangi bozorlarga kiriş orqali ösişda davom etmoqda. Kompaniya faoliyati juda keng – buklanadigan smartfonlardan tortib biotexnologiyagaça.
Uning daromadi bir paytlar Google va Microsoft kabi texnologiya gigantlarinikidan ham yuqori bölgan. Şubhasiz, Samsung kelajakda ham turli yangi bozorlarga kirişda davom etadi.
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp Kim Chen In bilan yana uchrashadimi?
Jahon
01.10.2026, 13:21

Kelasi hafta Seul Markaziy Osiyo sammitiga mezbonlik qiladi – Janubiy Koreya prezidenti
Siyosat
11.09.2026, 15:47

19 nafar qidiruvdagi o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada yashirinib yuribdi — politsiya
Oʻzbekiston
09.09.2026, 09:25

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 09:25

Yadrosizlanishni AQSh ittifoqchilaridan boshlash kerak — Shimoliy Koreya
Siyosat
11.07.2026, 14:27

Toshkentda gumanoid robotlar zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot
20.06.2026, 10:59
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
