Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda
Salvador, Qozogʻiston, BAA va AQShda millionlab oʻquvchi hamda oʻqituvchilar taʼlimga moslashtirilgan chat-botlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.
Fan-texnologiya
08.02.2026, 07:47
Ulashish:

Yirik texnologik kompaniyalar maktablarda sunʼiy intellekt (AI) joriy etishni kengaytirmoqda. Biroq ekspertlar va bolalar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bu yondashuv oʻquvchilarda tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini susaytirishi mumkinligini taʼkidlamoqda.
2024 yil dekabr oyida Ilon Maskka tegishli xAI kompaniyasi Salvador hukumati bilan hamkorlikni eʼlon qildi. Unga koʻra, milliondan ortiq oʻquvchini qamrab olgan 5 mingdan ziyod davlat maktablarida Grok chat-boti joriy etiladi.
Bundan oldin Microsoft BAAdagi 250 mingdan ortiq oʻquvchi va oʻqituvchi uchun sunʼiy intellekt boʻyicha maxsus oʻquv dasturini ishga tushirgan.
OpenAI esa Qozogʻistondagi 165 ming oʻqituvchiga ChatGPT Edu xizmatidan foydalanish imkoniyatini taqdim etgan.
AQShda Florida shtatidagi Mayami-Deyd va Brovard okruglari maktablari Google kompaniyasining Gemini chat-botlarini joriy qildi.
Loyiha doirasida 100 ming nafar yuqori sinf oʻquvchisi Gemini for Education tizimidan foydalanishi, 18 ming oʻqituvchi esa Google Generative AI for Educators kursini tamomlab, Gemini Academy sertifikatlarini olishi rejalashtirilgan.
Qator davlatlar maktablarda sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha milliy strategiyalarni ishlab chiqmoqda.
Estoniya «AI Leap 2025» dasturi doirasida 20 ming oʻquvchi va 3 ming oʻqituvchiga taʼlim uchun moslashtirilgan ChatGPT va Google Gemini versiyalarini taqdim etdi. Ushbu tizimlar tayyor javob berish oʻrniga, muammolarni bosqichma-bosqich hal qilishga oʻrgatadi.
Islandiyada Anthropic kompaniyasining Claude modeli asosida milliy pilot loyiha ishga tushirildi. Loyiha yuzlab oʻqituvchilarga dars rejalarini tuzish va metodik yordam olishda koʻmaklashmoqda.
Rossiyada esa 2030 yilgacha maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlovchi milliy sunʼiy intellekt tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Hozircha loyiha konsepsiyasi ishlab chiqish bosqichida.
Shu bilan birga, tadqiqotlar sunʼiy intellektga ortiqcha tayanish tanqidiy fikrlash darajasini pasaytirishi mumkinligini koʻrsatmoqda.
Microsoft va Karnegi-Mellon universiteti hamkorligida oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, AIga haddan tashqari bogʻlanish foydalanuvchilarning olingan javoblarni tanqidiy baholash qobiliyatini susaytiradi.
Ushbu xavflarni inobatga olgan holda, ishlab chiqaruvchilar yangi yechimlarni taklif qilmoqda. Jumladan, OpenAI joriy yilda ChatGPT platformasida talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi «oʻqitish rejimi»ni ishga tushirdi.
Ushbu rejim tayyor javob berish oʻrniga, foydalanuvchini yechimga bosqichma-bosqich olib boradi va bilimni chuqurroq oʻzlashtirishga yordam beradi.
Fan-texnologiya
08.02.2026, 07:47
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

Hindiston maktablar atrofida fastfud savdosini cheklamoqchi
Jahon
24.09.2026, 11:32

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

ChatGPT yetti yoshli boladagi insult alomatlarini shifokorlardan oldin aniqladi
Fan-texnologiya
09.09.2026, 09:56

SI xodimlarni aslidagidan ko‘ra mahoratliroq ko‘rsatmoqda – tadqiqot
Fan-texnologiya
04.09.2026, 13:32
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01
So'nggi yangiliklar

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01
