Sun’iy intellekt yordamida ilk bor tabiatda uçramaydigan viruslar yaratildi
Amerikalik tadqiqotçilar sun’iy intellektdan foydalanib 16 ta virus yaratdi. Bu kaşfiyot yangi yutuqlarga umid uyğotiş bilan birga, undan notöğri maqsadda foydalaniliş borasidagi xavotirlarni ham kuçaytirmoqda.
Fan-texnologiya
07.08.2026, 12:10
Ulashish:

AQŞlik tadqiqotçilar sun’iy intellekt yordamida yangi viruslar yaratganini e’lon qildi. Mazkur ilm-fandagi ilk holat bir tomondan tibbiyotda yutuqlarga erişiş umidini uyğotsa, ikkinçi tomondan sun’iy intellektning xatarlari borasidagi xavotirlarni kuçaytirmoqda.
"Science" jurnalida çop etilgan tadqiqotga köra, Stenford universiteti, şuningdek, MIT va Garvard qoşidagi Brod instituti olimlari sun’iy intellekt orqali minglab genomlarni hosil qiliş uçun andoza sifatida tabiatda mavjud fagdan – ya’ni bakteriyalarni zararlaydigan virus turidan foydalanganini ma’lum qildi.
6-avgust kuni e’lon qilingan xulosalarga köra, tadqiqotçilar 300 ga yaqin genomni kimyoviy usulda sintezlab, ularni laboratoriya şaroitida sinovdan ötkazgan. Natijasi 16 ta “yaşovçan” virus hosil bölgan.
Sinovlar davomida sintetik viruslar aralaşmasi içak tayoqçasi bakteriyalarini yöq qilişda tabiiy viruslarga qaraganda samaraliroq ekanligi isbotlandi.
Tadqiqotda iştirok etmagan, Toronto universiteti va Toronto boş şifoxonasining yuqumli kasalliklar böyiça mutaxassisi Isaak Bogoçning ta’kidlaşiça, mazkur tadqiqot umidbaxşligi bilan bir qatorda xavotir ham uyğotadi.
“Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan viruslar ba’zi bir afzalliklarga ega. Masalan, antibiotiklarga çidamli infeksiyalarni yangiça usullar bilan yengişga yordam beradigan maqsadli bakteriofaglarni yaratiş mumkin. Biroq funksional viruslarni loyihalaş salohiyati zararli patogenlarga nisbatan qöllanilsa, jiddiy bioxavfsizlik tahdidiga aylanişi heç gapmas. Şu sababli, texnologiya bilan bir qatorda kuçli himoya çoralari, tekşiruv va nazorat ham rivojlanib borişi zarur”, — dedi Bogoç “Al-Jazira” naşriga.
Sidneydagi UNSW Biotexnologiya va biomolekulyar fanlar maktabi professori Fatema Vafaning aytişiça, tadqiqotning özi insonlar uçun bevosita xavf tuğdirmaydi, çunki bakteriofaglar faqat bakteriyalarni zararlaşi mumkin. Biroq nazariy jihatdan tadqiqotda qöllangan usullar zarar yetkazişda foydalanilişi mumkin.
Sun’iy intellekt nazoratdan çiqişi mumkinmi?
Mazkur ilmiy yutuq sun’iy intellekt insonlar tomonidan yovuz maqsadlarda qöllanişi yoki uning nazoratdan çiqib ketişi ehtimoli haqidagi xavotirlar kuçaygan paytga töğri kelmoqda.
Buyuk Britaniyaning sun’iy intellekt sohasini nazorat qiluvçi taşkiloti ma’lum qilişiça, Anthropic va OpenAIning eng ilğor modellari xavfsizlik sinovida real odamlar va taşkilotlarni nişonga olgan.
Bunday nazoratdan çiqqan faoliyatlar qatorida Anthropic kompaniyasining Claude Mythos 5 modeli e’tibor markazida böldi. U dasturçilar platformasidagi oçiq kodli loyihaga zararli kod kiritişga uriniş maqsadida soxta onlayn şaxslar yaratgani kuzatildi.
Mavzuga oid yangiliklar

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

AI insoniyatni 2030-yilgacha yo‘q qilishi mumkinmi?
Fan-texnologiya
10.09.2026, 10:30

OpenAI yangi ChatGPT Work agentini namoyish qildi
Fan-texnologiya
10.07.2026, 18:30

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

ChatGPT yetti yoshli boladagi insult alomatlarini shifokorlardan oldin aniqladi
Fan-texnologiya
09.09.2026, 09:56
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
