Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan tibbiy hamkorlik boʻyicha kelishuvlarga erishildi

Oʻzbekistonda tibbiy uskunalarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Ulashish:

Cogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari F.Tashpulatov boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston – Germaniya Hukumatlararo qoʻshma komissiyasi yigʻilishi doirasida ushbu mamlakatda boʻldi.

Safar davomida vakillarimiz Germaniyaning yetakchi kompaniya va tashkilot rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi.

Dastlab “DZ Bank” boshqaruv kengashi aʼzosi Yoxen Anton-Boyk va Ralf Lerx bilan muloqot boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarida moliyaviy koʻmakdosh sifatida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Yakunda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va “DZ Bank” oʻrtasida potensial loyihalarni imtiyozlar doirasida moliyalashtirish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shundan soʻng “Opasko” kompaniyasi rahbari Aleksey Sverdlov va “Siemens Healthineers” masʼul xodimi Sebastyan bilan qator qoʻshma loyihalar yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Hamkorlik yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

Loyihalar doirasida olib kelingan tibbiy jihozlar bilan ishlovchi xodimlarni oʻqitish, malakasini oshirish, tibbiyot muassasalarida qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;

SIEMENS tibbiy jihozlariga uzluksiz kafolatlangan texnik xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;

SIEMENS kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish, Oʻzbekistonda kompaniya texnik xizmat koʻrsatish markazini tashkil etish.

“AKA Bank” kompaniyasi boshqaruvchisi Mattias Vitbrok bilan oʻtgan uchrashuvda esa mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimi haqida batafsil maʼlumot berilib, yakunda oʻzaro hamkorlik boʻyicha memorandum imzolandi. 

Bundan tashqari, “German Development KfW Bank”ning Osiyo davlatlarini salomatlik va ijtimoiy himoyalash missiyasi rahbari Martina Kox, “KfW bank” loyihalari boʻyicha tender/xarid jarayonlariga masʼul ekspert-mutaxassis Aleksandr Cheppiknap hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Sharqiy Bolqon, Markaziy Osiyo va Gʻarbiy Yevropa boʻyicha missiyasi rahbari Daniel Passon boshchiligidagi ekspertlar guruhi bilan oʻzaro hamkorlikdagi loyihalar yuzasidan muloqotlar tashkil etildi.

Shuningdek, “Drager” konsernining hududiy direktori Yuliy Nagel, “Mangold konsalting” va “BINZ” kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlarda Oʻzbekistonda tibbiy uskunalarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Oʻzbekiston

26.07.2025, 19:28

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Tugʻruq maskanining achinarli ahvoli: Saida Mirziyoyeva holatni oʻrgandi

1972 yilda qurilgan mazkur bino hozirda 13 mingdan ortiq aholiga xizmat koʻrsatib, 16 ta qishloq uchun yagona tugʻruq maskani hisoblanadi.

Oʻzbekiston

19.12.2025, 09:38

Endi bemorlar zarur tibbiy yordam uchun toʻgʻri keladigan muassasani oʻzlari tanlaydi

Bemorlarga zarur ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni oʻz vaqtida koʻrsatish maqsadida ular bir tibbiyot muassasasidan boshqasiga oʻtkaziladi. Koʻchirish jarayonida bemorlar zarur tibbiy yordamni taqdim eta oladigan muassasani oʻzlari tanlashi mumkin. Oʻtkazish shifokor tomonidan berilgan tibbiy koʻrsatma asosida amalga oshiriladi. Bemorlarni koʻchirish jarayoni bepul amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston

02.12.2025, 14:21

Toshkentda yangi tibbiyot klasteriga 150 million dollar sarflanadi

Toshkent shahrida Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda zamonaviy “tibbiyot klasteri” tashkil etiladi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 17:41

Urganchda tibbiyot instituti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

2025 yil 3 oktabr sanasida “Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi. 

Ta'lim

09.10.2025, 11:03

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirining aholi va soha xodimlariga murojaat yoʻlladi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov korrupsiyaning oldini olish borasida murojaat yoʻlladi.

Oʻzbekiston

26.07.2025, 11:07

So‘nggi yangiliklar

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda

Dubay iqtisodiyoti har daqiqada qariyb 1 million dollar miqdorida zarar koʻrmoqda.

Iqtisodiyot

04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Krishtiano Ronaldu xavfsizlik maqsadida Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Sport

03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48