Ikkinchi sinf oʻquvchilaridan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash talab etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 14 maktabda soliq inspeksiyasi xodimi 2-sinf oʻquvchilaridan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlab qoʻyishni talab qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holatga Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

Videoda soliq inspeksiya xodimlari 2-sinf oʻquvchilarini yangi oʻquv yili bilan tabriklagan hamda bolalarga ota-onalari soliqlarini vaqtida toʻlashi kerakligini uqtirgan. Shuningdek, tasvirda ularga eslatma xati tarqatgani ham aks etgan.

“Avvalambor, hammangizni bayram bilan tabriklaymiz. Yangi oʻquv yilida oʻqishlaringizga omad. Biz Nishon tumani Soliq inspeksiyasidan kelyapmiz. Sizlardan bitta iltimosimiz bor. Hozir sizlarga eslatma oʻqib beramiz. Buni ota-onangizga berasizlar va ular oʻzingiz yashab turgan hududdagi soliq inspeksiyasiga borib yoki telefondan soliq ilovasi orqali qarzlarini hisoblatib toʻlov qilishlari kerak. Bir yilda soliqqa ikki marta toʻlov qilinadigan boʻlsa, birinchi toʻlov 15 apreldan 15 oktabrga qadar toʻlanishi kerak. Iloji boricha shu oydan soliqlarni toʻlab ketish talab etiladi, tushundilaringmi?”, deydi xodim.

Shuningdek, ular oʻquvchilarga Konstitutsiyadan soliqqa doir moddani oʻqib eshittirib, soliqlarga vaqtida toʻlov qilish kerakligini ham uqtirgan.

“Qoʻlingizda turgan qogʻozda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi yozilgan. Unda Oʻzbekiston fuqarolari vaqtida soliqlarni toʻlashi kerakligi shart deb aytilgan, Tushundilaringmi?”, deya “dars”ni davom etgan.

Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi. 

“Maktab oʻquv jarayoni ishtirokchisi boʻlmagan begona shaxslarni taʼlimga oid tartib-qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan holda dars jarayoniga kirib borishi va uni buzishi, bolalarga qandaydir noqonuniy talablar bilan murojaat qilishi — mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat”, deyiladi Bolalar ombudsmani izohida.

Shuningdek, ombudsmanining axborot xizmati partalida bolalar oʻz ota-onalarining soliqqa oid majburiyatlari uchun javobgar emas, hech bir holatda ularni bu jarayonga jalb qilish, ogohlantirish mumkin emas, deya taʼkidlagan.

Bundan tashqari, xabarda bunday nojoʻya harakatlarga yoʻl qoʻygan masʼullarga tegishli tarzda chora koʻrilishi shart, deya qoʻshimcha qilingan.

Mavzuga oid yangiliklar

Kanadada maktabda otishma: 10 kishi halok boʻldi

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Tumbler-Ridj oʻrta maktabida otishma sodir boʻldi. Oqibatda 10 kishi halok boʻldi, hujumchi esa oʻz joniga qasd qilgan.

Jahon

11.02.2026, 17:49

Oʻzbekistonda taksi haydovchilarining daromadi yiliga 1 mln soʻmdan ham oshmadi — DSQ

2025 yil yakuniga koʻra taksi agregatorlari faoliyati boʻyicha eʼlon qilingan maʼlumotlarda haydovchilar daromadi, toʻlov usullari, yosh tarkibi va yoʻlovchi tashish bozorining asosiy koʻrsatkichlari keltirilgan.

Iqtisodiyot

10.02.2026, 13:21

Toshkent shahar IIBB boshligʻi va prokuroriga «hayfsan» berildi: poytaxtda 800 dan ortiq jinoyat hisobdan yashirilgan

Toshkent shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar sabab shahar IIBB boshligʻi Ravshan Sultonxoʻjayev va shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar Oʻrmonovga nisbatan intizomiy jazo — «hayfsan» qoʻllanildi.

Oʻzbekiston

27.01.2026, 17:00

Xitoyda prezervativlar uchun soliq oshirildi

Xitoy aholisi soʻnggi uch yil davomida muntazam kamayib bormoqda. 2024 yilda mamlakatda atigi 9,54 million chaqaloq tugʻilgan boʻlib bu koʻrsatkich oʻn yil oldingi darajaning taxminan yarmiga teng.

Jahon

03.01.2026, 14:55

Soliqdan qarzi borlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi

2026 yildan Namangan viloyatida yangi soliq boshqaruvi modeli boʻyicha eksperiment boshlanadi. Mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha qarzi 1 million soʻmdan yuqori boʻlgan jismoniy shaxslar aniqlanib, qarzni undirishda elektr energiyasining billing tizimi qoʻllaniladi. Soliq qoʻmitasi 2026 yil 1 oktabrga qadar eksperiment natijalari boʻyicha uni boshqa hududlarda joriy etish haqida taklif tayyorlaydi.

Iqtisodiyot

02.12.2025, 12:32

Soliq qarzi eng yuqori boʻlgan korxonalar aniqlandi

2025 yil 15 oktabr holatiga koʻra, mamlakat boʻyicha 173 mingdan ortiq tashkilotning 747 mingga yaqin xodimi mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha jami 831,5 milliard soʻmlik qarzdorlikka ega.

Iqtisodiyot

21.10.2025, 19:43

So‘nggi yangiliklar

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda

Dubay iqtisodiyoti har daqiqada qariyb 1 million dollar miqdorida zarar koʻrmoqda.

Iqtisodiyot

04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Krishtiano Ronaldu xavfsizlik maqsadida Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Sport

03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48