Soliqdan qarzi borlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi

2026 yildan Namangan viloyatida yangi soliq boshqaruvi modeli boʻyicha eksperiment boshlanadi. Mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha qarzi 1 million soʻmdan yuqori boʻlgan jismoniy shaxslar aniqlanib, qarzni undirishda elektr energiyasining billing tizimi qoʻllaniladi. Soliq qoʻmitasi 2026 yil 1 oktabrga qadar eksperiment natijalari boʻyicha uni boshqa hududlarda joriy etish haqida taklif tayyorlaydi.

Ulashish:

Prezident «Soliqlarning yigʻiluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzolagan edi.

Hujjatga koʻra, 2026 yildan boshlab Namangan viloyatida yangi soliq boshqaruvi modelini joriy etish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha qarzdorlik umumiy summasi 1 million soʻmdan oshgan holatlar aniqlanadi. Bunday qarzdorlikni undirish jarayonida elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalaniladi.

 

Barcha hududlarda joriy etiladi

Soliq qoʻmitasi 2026 yil 1 oktabrga qadar eksperiment natijalari asosida uni boshqa hududlarda joriy etish boʻyicha takliflarni hukumatga kiritadi.

 

Bu ilk cheklov emas

Noyabrdan boshlab Toshkentda Hududiy elektr tarmoqlari chiqindi tashish boʻyicha toʻlanmagan qarzi bor abonentlar uchun elektr energiyasiga toʻlovni qabul qilishni cheklay boshlagan edi. Yangi tartib dekabrdan butun Oʻzbekiston boʻylab amalda boʻlishi belgilangan.

Qarzdorlar haqidagi maʼlumotlar har oyning 3-sanasiga qadar «Toza Makon» billing tizimidan HET Billing tizimiga ogohlantirish yuborish uchun taqdim etiladi. Agar abonent ogohlantirish olgandan keyin 5 kun ichida qarzni toʻlamasa, cheklovlar joriy etiladi.

Iqtisodiyot

02.12.2025, 12:32

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Chiqindi qarzi tufayli elektr cheklovlari qayta koʻrib chiqilishi mumkin

Chiqindi xizmati boʻyicha asossiz qarzlar tufayli elektr cheklovlari qoʻyilmoqda. Raqobat qoʻmitasi korxonalar bilan muzokara boshladi.

Oʻzbekiston

13.02.2026, 14:43

Oʻzbekistonda taksi haydovchilarining daromadi yiliga 1 mln soʻmdan ham oshmadi — DSQ

2025 yil yakuniga koʻra taksi agregatorlari faoliyati boʻyicha eʼlon qilingan maʼlumotlarda haydovchilar daromadi, toʻlov usullari, yosh tarkibi va yoʻlovchi tashish bozorining asosiy koʻrsatkichlari keltirilgan.

Iqtisodiyot

10.02.2026, 13:21

Toshkent shahar IIBB boshligʻi va prokuroriga «hayfsan» berildi: poytaxtda 800 dan ortiq jinoyat hisobdan yashirilgan

Toshkent shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar sabab shahar IIBB boshligʻi Ravshan Sultonxoʻjayev va shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar Oʻrmonovga nisbatan intizomiy jazo — «hayfsan» qoʻllanildi.

Oʻzbekiston

27.01.2026, 17:00

1 fevraldan kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz xarajatlari uchun kompensatsiya beriladi

2026 yil 1 fevraldan boshlab Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalar elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.

Oʻzbekiston

08.01.2026, 15:02

Xitoyda prezervativlar uchun soliq oshirildi

Xitoy aholisi soʻnggi uch yil davomida muntazam kamayib bormoqda. 2024 yilda mamlakatda atigi 9,54 million chaqaloq tugʻilgan boʻlib bu koʻrsatkich oʻn yil oldingi darajaning taxminan yarmiga teng.

Jahon

03.01.2026, 14:55

Toʻliq toʻlash yoki boʻlib toʻlash: uy xaridida qaysi qaror toʻgʻri?

Uy xarid qilish inson hayotidagi eng yirik moliyaviy qarorlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yangi qurilish bozorida toʻlov usulini toʻgʻri tanlash kelajakdagi moliyaviy barqarorlikka bevosita taʼsir qiladi.

Oʻzbekiston

30.12.2025, 10:50

So‘nggi yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari ostidagi kichik boʻrtma tepalikchalar bejiz joylashtirilmagan. Ularning asosiy vazifasi — qoʻl barmoqlarini klaviaturaga qaramasdan toʻgʻri joylashtirishga yordam berish.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin

Oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga muhim oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti sanasiga oid dastlabki maʼlumotlar eʼlon qilindi. Unga koʻra, bayram 20 mart kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 10:06