Isroil Gʻazoda oziq-ovqat kutayotgan falastinliklar hamda tinch aholini oʻldirdi
Kecha, 29 iyun, yakshanba kuni tongda Isroil armiyasi tomonidan Gʻazo boʻylab amalga oshirilgan hujumlarda kamida 72 nafar falastinlik halok boʻldi. Ulardan 47 nafari Gʻazo shahri va anklavning shimoliy hududlarida oʻldirilgan. Qurbonlar orasida yordam olish uchun navbatda turgan oddiy tinch aholi vakillari ham bor. Bu haqda "Al Jazeera" telekanali xabar qildi.
Jahon
30.06.2025, 14:29
Ulashish:

Foto: Al Jazeera telekanali
Gʻazoda vaziyat kundan-kunga ogʻirlashib borar ekan, AQSh va Isroil yetakchilari ehtimoliy oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini muhokama qilmoqda. Shu bilan birga, xalqaro hamjamiyat urushni toʻxtatishga chaqirmoqda.
"Al Jazeera" telekanali muxbiri Muas al-Kahlutning Gʻazo shahridan bergan maʼlumotlariga koʻra, Isroil zarbalaridan soʻng al-Ahli kasalxonasiga oʻnlab yaradorlar olib kelingan.
"Bu yerda juda koʻp yarador tinch aholi vakillari bor, ularning orasida bolalar ham talay. Kasalxona imkoniyatlari yetarli emas, joy va tibbiy vositalar tanqisligi sababli koʻpchilik bemorlar yerda yotishiga majbur", — dedi al-Kahlut.
Isroil armiyasi Gʻazo shahri sharqida yashovchilarga janubga koʻchishni buyuruvchi varaqalarni tashlagan. Muxbirning aytishicha, bunday varaqalardan soʻng odatda hududlar intensiv bombardimon qilinadi va natijada koʻplab qurbonlar boʻlayotgani kuzatilmoqda.
Yordam kutib oʻlganlar
Rafah shahri shimolida, tanqid ostida qolayotgan Gʻazo Gumanitar Fondi (GHF) tomonidan tashkil etilgan oziq-ovqat tarqatish punktlari yaqinida kamida besh nafar falastinlik oʻldirilgani haqida ham xabar berilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, GHF may oyi oxirida AQSh va Isroil koʻmagida Gʻazoga cheklangan yordam yetkazishni boshlagan edi. Shundan buyon Isroil harbiylari ushbu tarqatish nuqtalari atrofida yordam kutayotgan fuqarolarga oʻq uzgani qayd etilgan. Gʻazo hukumati matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra, bu holatlarda 580 nafardan ortiq odam halok boʻlgan, 4 mingdan ortigʻi yaralangan.
Isroilning "Haaretz" nashrida chiqqan hisobotda esa ayrim isroillik askarlar ommaviy yordam oluvchilarga qarata oʻq uzish boʻyicha buyruq olganlarini tan olgani yozilgan.
"Yordam yetkazish bahonasida odam oʻldirish — tushunarsiz va fojiali"
Xalqaro jinoyat huquqi boʻyicha mutaxassis, huquqshunos Joffri Nays “Al Jazeera”ga bergan intervyusida GHF atrofidagi oʻlimlar haqida fikr bildirar ekan, bu holatlarni "tushunib boʻlmaydigan" deb atadi.
"Bu tashkilot yordam koʻrsatish uchun tashkil etilgan boʻlsa-da, aynan uning faoliyati atrofida yuzlab odamlar oʻldirilmoqda. Bu tashqaridan qaraganda mutlaqo aql bovar qilmas holat", — dedi Nays.
Mavzuga oid yangiliklar

Oq Uy Trampning Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasini eʼlon qildi. Tramp Gʻazoni oʻzi boshqarmoqchi
Jahon
30.09.2025, 15:01

Yaqin Sharqda otashkesimni toʻxtatishga qaratilgan AQSh taklifiga Isroil hukumati rozi boʻlgan, biroq Hamas bu taklifni hali muhokama qilmoqda
Jahon
30.05.2025, 09:31

Gʻazo uchun qaysi davlat qanday yordam beradi?
Jahon
21.02.2026, 07:37

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev
Oʻzbekiston
20.02.2026, 08:09
Tramp Gʻazodagi kelishuvning ikkinchi bosqichi boshlanganini maʼlum qildi
Jahon
15.10.2025, 19:02

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi
Jahon
09.10.2025, 23:30
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
