Yaqin Sharqda otashkesimni toʻxtatishga qaratilgan AQSh taklifiga Isroil hukumati rozi boʻlgan, biroq Hamas bu taklifni hali muhokama qilmoqda
Kecha, 29 may kuni AQSh prezidenti Donalʼd Tramp maʼmuriyati Isroil va Hamas oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha ikki tomonga ham taklif bergan. Isoril hukumati AQSh taklifini qabul qilgan, Bosh vazir Binʼyamin Netanʼyaxu taklifga imzo chekkan, biroq Hamas bu taklifni hali muhokama qilmoqda. Bu taklifning shartlari hali keng ommaga maʼlum emas. Hamas harakati rasmiysining aytishicha, AQSh taklifi Gʻazodagi genotsid va ocharchilikni davom ettirishga qaratilgan. Bu haqda "Al Jazeera" nashri maʼlum qildi.
Jahon
30.05.2025, 09:31
Ulashish:

Oq uy matbuot kotibi Karolin Leavitt payshanba kungi bayonotida Isroil bu taklifni qabul qilganini maʼlum qilgan. Hamasga esa bu taklifni AQShning Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Stiv Viktoff taqdim etgan.
Hamas siyosiy byurosi aʼzosi Basim Naimning "Reuters" agentligiga aytishicha, bu bitim Falastin xalqining birorta ham asosiy talabini, eng avvalo urushni toʻxtatishga qaratilmagan. Shuningdek, harakat AQShning bu taklifi boʻyicha, masʼuliyat bilan jiddiy tahlil olib bormoqda.
Taklifning toʻliq tafsilotlari jamoatchilikka eʼlon qilinmagan. Biroq Hamas yetakchilaridan biri Sami Abu Zuhri "Reuters"ga bergan intervyusida ushbu hujjatda Isroilning urushni toʻxtatish, qoʻshinlarini Gʻazodan olib chiqish yoki gumanitar yordamning erkin kirishini taʼminlashga doir hech qanday aniq majburiyatlari yoʻqligini aytgan.
Oq uy matbuot kotibi bu taklifni Isroil qabul qilganini aytgan boʻlsa ham Isroil hukumati bu taklifni qabul qilganini rasman haligacha eʼlon qilgani yoʻq.
Isroil ommaviy axborot vositalariga koʻra, Bosh vazir Benyamin Netanyaxu bu hafta Gʻazada hamon garovda saqlanayotgan asirlar oilalariga Vitkoff tomonidan taklif qilingan vaqtinchalik sulh rejasini amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.
Isroillik siyosiy sharhlovchi Akiva Eldar "Al Jazeera"ga bergan izohida, Netanyaxuning bunday tashabbusni birinchi boʻlib ilgari surishi “odatiy hol emas”ligini aytib, bunga sabab sifatida uning Hamasning rad javobiga ishonib, uni "aybdor" sifatida koʻrsatmoqchi boʻlish ehtimolini keltirdi.

"Bu ilgari ham sodir boʻlgan... Netanyaxu aybni doim ularning zimmasiga yuklagan", degan Eldar.
Qarama-qarshi bayonotlar
Gʻazoda sulhni qayta tiklash boʻyicha harakatlar bir necha bor urinishlarga qaramay, taraflar oʻrtasidagi asosiy kelishmovchiliklar tufayli amalga oshmayapti. Isroil Hamasni toʻliq qurolsizlantirishni talab qilayotgan boʻlsa, Hamas Isroil qoʻshinlarining Gʻazodan toʻliq chiqishini talab qilmoqda.
Ushbu soʻnggi taklif haqida xabarlar avvalroq eʼlon qilingan qarama-qarshi bayonotlar ortidan paydo boʻldi. Hamas oʻsha paytda Stiv Vitkoff bilan "umumiy tamoyillar asosida sulh" boʻyicha kelishuvga erishilganini va "yakuniy javob" kutilayotganini bildirgan edi.
"Biz Vitkoff bilan doimiy sulh, Isroil harbiy kuchlarining Gʻazodan toʻliq olib chiqilishi va gumanitar yordamning toʻsiqsiz kirishini kafolatlovchi umumiy kelishuvga erishdik", deyiladi harakat bayonotida.
Shuningdek, ushbu kelishuvda sulh eʼlon qilingach, Gʻazo ishlarini yurituvchi professional qoʻmita tuzish va AQSh tomonidan sulh 60 kun ichida kuchga kirishini kafolatlash koʻzda tutilgan edi.
Biroq Vitkoffga yaqin boʻlgan AQSh rasmiysi bu daʼvolarni "notoʻgʻri" va “umidsizlik baxsh etuvchi" deb atab, "Al Jazeera"ga bergan izohida rad etdi. Isroil ham bu bayonotlarni inkor qildi — "The Times of Israel" gazetasiga koʻra, bir ismi oshkor qilinmagan rasmiy bu soʻzlarni "psixologik urush" va "tashviqot" deb atagan.
Mavzuga oid yangiliklar

Oq Uy Trampning Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasini eʼlon qildi. Tramp Gʻazoni oʻzi boshqarmoqchi
Jahon
30.09.2025, 15:01

Isroil Gʻazoda oziq-ovqat kutayotgan falastinliklar hamda tinch aholini oʻldirdi
Jahon
30.06.2025, 14:29

Gʻazo uchun qaysi davlat qanday yordam beradi?
Jahon
21.02.2026, 07:37

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev
Oʻzbekiston
20.02.2026, 08:09
Tramp Gʻazodagi kelishuvning ikkinchi bosqichi boshlanganini maʼlum qildi
Jahon
15.10.2025, 19:02

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi
Jahon
09.10.2025, 23:30
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
