Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi
Isroil hukumati 1 mart kuni urushdan vayron boʻlgan Gʻazo, bosib olingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi 37 ta yordam guruhi faoliyatini taqiqlashini aytdi.
Jahon
26.02.2026, 10:29
Ulashish:

Bu harakat falastinliklar uchun halokatli boʻlishi mumkin.
“Al-Jazira” nashri ushbu buyruqni toʻxtatishini soʻrab 17 ta xalqaro yordam guruhi Isroil Oliy sudiga murojaat qilganini maʼlum qildi. Ular Isroil farmoyishi toʻliq sud tartibida koʻrib chiqilgunga qadar taqiqni vaqtinchalik toʻxtatib turishni soʻragan.
Oxfam xayriya tashkilotining 24 fevralda eʼlon qilgan bayonotiga koʻra, Gʻazo va bosib olingan Falastin hududining qolgan qismida yordam operatsiyalarini majburiy yopish harakati shanba kuniyoq boshlanishi mumkin.
“Bu holatning taʼsiri zudlik bilan namoyon boʻlib, nafaqat alohida tashkilotlar, balki butun gumanitar tizimga keng yoyiladi”, — deya ogohlantirdi Oxfam.
Bayonot davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishiga qoʻyilgan cheklovlar hamda aholi zich yashaydigan hududlarga qayta zarbalar berila boshlanganligi tufayli oilalar hamon tashqi yordamga muhtoj boʻlib qolayotgani aytilgan.
Isroil hukumati 2025 yil 30 dekabr kuni “Chegara bilmas shifokorlar” (fransuzcha qisqartmasi – MSF), “Oxfam”, Norvegiya qochqinlar Kengashi va CARE kabi gumanitar tashkilotlarning Isroildagi faoliyat muddati tugagani eʼlon qilgandi. Tashkilotlarni yangilash va falastinlik xodimlarning shaxsiy maʼlumotlari aks etgan roʻyxatlarni taqdim etish uchun 60 kun muhlat berilgan.
Shunga muvofiq, tashkilotlar falastinlik xodimlari haqida maʼlumot bermasa, 1 martdan boshlab faoliyatini toʻxtatishi kerak boʻladi.
Tashkilotlarning Isroil buyruqlariga rioya etolmasligiga bir qancha sabablar bor:
- falastinlik xodimlarning maʼlumotlarini oshkor qilish ularning hayotini xavf ostiga qoʻyadi;
- gumanitar betaraflik tamoyiliga putur yetadi;
- Yevropaning maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligi buzilishi mumkin.
Sudga yuborilgan iltimosnomada ham gumanitar tashkilotlarni mojaro ishtirokchisi uchun axborot yigʻish vositachisiga aylantirish betaraflik tamoyiliga mutlaqo zid ekanligi aytilgan.
Yordam guruhlari oʻzlarining qoʻshma bayonotida ularning faoliyatini toʻxtatish yuz minglab muhtoj odamlar uchun “gumanitar inqiroz va tuzatib boʻlmas talafot”ga olib kelishini aytdi.
Isroilning ikki yildan koʻproq davom etgan urushi salmoqli hududni vayron qildi. Natijada Gʻazodagi 2 milliondan ortiq aholi oziq-ovqat, suv, sogʻliqni saqlash, boshpana va boshqa zarur ehtiyojlar uchun yordam tashkilotlariga tayanmoqda.
Murojaatchilarning aytishicha, ular Isroil rasmiylariga xodimlar roʻyxatini topshirish oʻrniga boshqa muqobil variantlarni, jumladan, “donorlar tomonidan tekshiriladigan audit tizimlari”ni taklif qilishgan.
2023 yil 7 oktabrda Isroilning Gʻazodagi genotsid urushi boshlangan. BMT maʼlumotiga koʻra, shundan beri Gʻazo sektorida Isroil hujumlari oqibatida 133 nafar nodavlat notijorat tashkilotlar xodimi, shuningdek, 15 ta MSF xodimi halok boʻlgan.
Bundan tashqari, 2025 yilda dunyo miqyosida jurnalistlarning oʻlimi rekord darajaga yetdi. Xususan, Isroil mudofaa kuchlarining harakati natijasida 86 nafar jurnalist bevaqt halok boʻlgan.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Jahon
26.02.2026, 10:29
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

Gʻazodagi urushda 500 dan ortiq Markaziy Osiyo fuqarolari ishtirok etgan
Jahon
23.02.2026, 09:15

Isroil Gʻazoda majburiy evakuatsiyani boshladi
Jahon
22.01.2026, 12:35

Isroil Gʻazoga zarba berdi, Tramp otashkesim bekor boʻlmaganini maʼlum qildi
Jahon
29.10.2025, 11:13
Gʻazo SSV: Isroil topshirgan 30 nafar falastinlik jasadida qiynoq belgilari bor
Jahon
23.10.2025, 12:24

Isroil Gʻazoga 153 tonna bomba tashlaganini Netanyahu tan oldi
Jahon
22.10.2025, 10:05
Mashhur yangiliklar

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
