G‘azo: Isroilning so‘nggi zarbalari bir oilaning to‘rt a’zosini hayotdan olib ketdi
10-sentyabr kuni G‘azo sektoridagi uyga berilgan havo zarbasi oqibatida bir erkak, uning rafiqasi hamda 8 va 12 yoshli ikki qizi halok bo‘ldi.
Jahon
10.09.2026, 16:13
Ulashish:

Isroil harbiylari so‘nggi ikki kun ichida uylarni bombardimon qilishni kuchaytirdi. 10-sentyabr kuni G‘azo sektorining shimolidagi bir uyga berilgan havo zarbasi oqibatida bir erkak, uning rafiqasi hamda 8 va 12 yoshli ikki qizi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters nashri yozdi.
Isroil harbiylari Bayt Lahiya shahridagi ushbu hujum yuzasidan hozircha izoh bermagan.
Isroil va HAMAS bir-birini ayblamoqda
2025-yil oktyabr oyida AQSH vositachiligida erishilgan sulh keng ko‘lamli jangovar harakatlarni to‘xtatgan bo‘lsa-da, Isroil zarbalariga batamom chek qo‘ymadi.
HAMAS va Isroil bir-birini sulh bitimini buzishda ayblamoqda.
O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan beri G‘azoda 1300 dan ortiq falastinlik – asosan tinch aholi vakillari halok bo‘lgan. Shuningdek, Isroil rasmiylarining aytishicha, 4 nafar isroillik askar ham o‘ldirilgan.
Mahalliy aholi va shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiylari so‘nggi ikki kun ichida anklav bo‘ylab kamida oltita uyga zarba bergan. Bu zarbalar oqibatida yaqin atrofdagi uylar va chodirlardan iborat boshpanalarga ziyon yetgan, ko‘plab oilalar esa uylarini tashlab qochishga majbur bo‘lgan.
Isroil harbiylari 9-sentyabr kuni G‘azo sektoridagi uchta hududga zarba berib, HAMASning uchta qurol-yarog‘ omborini yo‘q qilganini ma’lum qildi.
Harbiylarning xabar berishicha, 8-sentyabr kuni ham HAMAS va “Islomiy jihod”ga tegishli uchta qurol-yarog‘ ombori yo‘q qilingan. Ularda raketalar va miltiqlar saqlanib, raketa uchirish maydonchasi ham bo‘lgan, deyiladi xabarda.
HAMAS boshqaruvidagi G‘azo hukumati matbuot xizmati rahbari Ismoil As-Savobta Isroilning da’volarini rad etib, uning nishonlari “tinch aholi va ularning uylari” bo‘lganini aytdi.
Jahon
10.09.2026, 16:13
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Isroil zarbasi oqibatida G‘azoda 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
03.10.2026, 11:28

“G‘azo bizniki”: Isroil vaziri har kecha G‘azoda 30–40 nafar falastinlikni o‘ldirishga chaqirdi
Jahon
17.08.2026, 10:31

Isroil hujumlari tufayli Ğazoda 18 kişini halok böldi
Jahon
03.08.2026, 10:01

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda
Jahon
17.09.2026, 16:19

Netanyahu Tramp taklif qilgan Ğazo rejasini rad etdi
Siyosat
10.08.2026, 11:14

“Falastindagi qochqinlar agentligi inqiroz yoqasida” – Antonio Guterrish
Jahon
01.07.2026, 10:43
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
