“G‘azo bizniki”: Isroil vaziri har kecha G‘azoda 30–40 nafar falastinlikni o‘ldirishga chaqirdi
Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir falastinliklarni G‘azodan butunlay ko‘chirib, Isroilni ushbu hududda yangi aholi punktlari qurishga chaqirdi. “U yerda yashashga noloyiq odamlar bor. Ular hatto odam ham emas”, – dedi vazir.
Jahon
17.08.2026, 10:31
Ulashish:

Isroilning o‘ta o‘ngchi milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning so‘zlariga ko‘ra, Isroil kuchlari G‘azoda har kecha “30 yoki 40 kishini o‘ldirishi” va “aynan o‘sha paytda xavf tug‘diradiganlar” bilan cheklanib qolmasligi kerak.
Ben-Gvir bu fikrlarni Isroil 2023-yil oktyabr oyida HAMAS boshchiligidagi hujumlardan so‘ng G‘azoda asirlikda saqlangan sobiq isroillik Rom Braslavskiy bilan suhbatda bildirgan.
“U yerda yashashga noloyiq odamlar bor. Ular yashamasligi kerak. Ular hatto odam ham emas”, – deya qo‘shimcha qildi Ben-Gvir G‘azodagi falastinliklarni o‘ldirishga chaqirar ekan.
Bu so‘zlar Bosh vazir Benyamin Netanyahuning koalitsion hukumatida o‘rin olgan hamda Isroil politsiyasi va qamoqxona xizmatlarini nazorat qiladigan Ben-Gvirning ko‘plab keskin bayonotlarining so‘nggisidir.
Mamlakat 27-oktyabr kuni bo‘ladigan saylovlarga yaqinlashar ekan, o‘ta o‘ngchi vazirning Isroildagi nufuzi ortib bormoqda.
Ben-Gvir Braslavskiyga Netanyahuning joriy “sulh” sharoitida G‘azodagi harbiy zarbalarni qisqartirish qaroriga qo‘shilmasligini, aksincha, nafaqat faol tahdid deb hisoblangan shaxslarga, balki undan kengroq doiradagi nishonlarga qarshi hujumlarni qayta boshlash tarafdori ekanligini aytdi.
Shuningdek, Ben-Gvir Braslavskiyga isroilliklarga qarshi qonli hujumlarda aybdor deb topilgan falastinlik mahbuslar qatl etilsa, bu jarayonda shaxsan ishtirok etishi uchun ruxsat berishga harakat qilishini aytdi. Yaqinda Isroilda o‘lim jazosi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan edi.
“Janob vazir, sizga shaxsiy iltimosim bor. Sizga chin dildan, ko‘zingizga tik qarab aytyapman. Menga ularni osishga ruxsat bering. Menga arqon emas, qurol tepkisi kerak. Isroil davlatidagi har bir terrorchini o‘z qo‘llarim bilan qatl qilaman” — dedi Braslavskiy Ben-Gvirga.
“Buni amalga oshirish uchun butun dunyoni ostin-ustun qilaman. Va’da beraman, buni amalga oshirish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman”, — deb javob berdi Ben-Gvir.

“G‘azo bizniki”
Suhbatda Ben-Gvir falastinliklarni G‘azodan butunlay tark ettirib, Isroilni ushbu hududda yangi aholi punktlarini qurishga chaqirdi. Shuningdek, “butun G‘azoni o‘zimizniki deb bilishini” aytdi.
Xalqaro huquqshunoslar bunday ommaviy, majburiy yoki uyushtirilgan emigratsiya etnik tozalashga teng bo‘lishidan ogohlantirgan.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, oktyabr oyida "o‘t ochishni to‘xtatish" kuchga kirganidan so‘ng ham Isroil zarbalari oqibatida G‘azoda 1250 dan ortiq odam halok bo‘lgan.
Ben-Gvir qonli hujumlarni amalga oshirishda aybdor deb topilgan falastinliklar uchun o‘lim jazosini standart qilib belgilashni yoqlab keladi. Bundan tashqari, Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarning sharoitlarini qasddan yomonlashtirgani bilan ham maqtangan.
Ushbu faoliyati xalqaro tanqidlarga sabab bo‘lsa-da, unga qarshi jiddiy oqibatlarga olib kelmagan. Ben-Gvir Buyuk Britaniya va ayrim Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan sanksiyaga uchragan, ammo bu uning xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatmagan.
Jahon
17.08.2026, 10:31
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Isroil zarbasi oqibatida G‘azoda 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
03.10.2026, 11:28

Isroil hujumlari tufayli Ğazoda 18 kişini halok böldi
Jahon
03.08.2026, 10:01

G‘azo: Isroilning so‘nggi zarbalari bir oilaning to‘rt a’zosini hayotdan olib ketdi
Jahon
10.09.2026, 16:13

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda
Jahon
17.09.2026, 16:19

Netanyahu Tramp taklif qilgan Ğazo rejasini rad etdi
Siyosat
10.08.2026, 11:14

Ğazo uruşidagi eng yirik ommaviy janoza marosimi bölib ötdi
Jahon
05.08.2026, 09:46
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
