Hormuzni endi kim boshqaradi?

Dohada AQSH va Eron muzokara o‘tkazdi. Asosiy e’tibor Hormuzga qaratildi. 

Jahon

02.07.2026, 11:30

Ulashish:

Hormuzni endi kim boshqaradi?

Eron va AQSH chorshanba kuni bilvosita muzokaralar bosqichini yakunladi, biroq barqaror tinchlikka oid bironta yutuqqa erishilmadi. Bu haqda Reuters ma’lum qildi.

Manbalarga ko‘ra, Dohada ikki mamlakat vakillari ikki kun davomida ikkita muhim masalani – Hormuz bo‘g‘ozidagi kema qatnovi va Eronning muzlatilgan mablag‘larini ozod qilishni muhokama qilgan.

Navbatdagi uchrashuv 9-iyulga rejalashtirilgan Oyatulloh Ali Xomanaiyning dafn marosimidan keyin bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Qatar Tashqi ishlar vazirligi.

“Dohadagi muzokaralarda ijobiy siljishga erishildi va ular Shveytsariyadagi sammit xulosalariga asoslandi”, — dedi vazirlik matbuot kotibi.

 

Yadro masalasi ochiq qoldi

Donald Tramp tomonlar Eronning yadroviy dasturiga qaratilgan cheklovlar borasida yaxshi natijalarga erishayotganini aytdi. Ayni shu narsa fevral oyida AQSH va Isroilning urush boshlashiga asosiy sabab bo‘lgandi.

“Eronni yadro qurolidan xolilashtirish yaxshi ketmoqda. Ular juda samarali uchrashuvlar o‘tkazishdi, davomini kuzatamiz”, — dedi Tramp jurnalistlarga.

Biroq manbalarning aytishicha, texnik masalalarga bag‘ishlangan muzokaralarda yadroviy dastur mavzusi umuman ko‘tarilmagan.

AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens bu masalaga keyinroq to‘xtalishini ma’lum qildi. “Biz yadroviy masaladan xavotirdamiz, albatta. Bu haqda ham muzokaralarni boshlaymiz”, – dedi u.

Qatar tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Amerika va Eron vakillari Qatar hamda Pokiston vositachilari bilan alohida muzokaralar o‘tkazgan.

 

Bo‘g‘ozni kim boshqaradi?

Dastlabki kelishuvga ko‘ra, Eron va AQSH Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashishni qayta tiklashga ruxsat berishi kerak. Urushdan avval bu yerdan jahon neft va suyuqlantirilgan tabiiy gaz savdosining beshdan bir qismi o‘tgan

Garchi yuk tashish qisman tiklangan bo‘lsa-da, strategik suv yo‘lining maqomi noaniqligicha qolmoqda.

27-28-iyun kunlari Eronning yuk kemasiga qilgan hujumi ortidan ikki davlat o‘zaro zarbalar almashdi.

Eron bo‘g‘ozdagi nazoratini xalqaro miqyosda tan olinishiga kuch bilan bo‘lsayam erishishga qat’iy bel bog‘lagan, dedi Eronning yuqori martabali rasmiylari.

Tehron dastlabki kelishuvda ko‘rsatilgan bepul davr tugagach, ya’ni avgust o‘rtalaridan boshlab kemalar qatnovi uchun boj undirilishini e’lon qilgan.

Trampning chorshanba kungi izohlari Eron bilan keng qamrovli urushga qaytish ehtimolini pasaytirdi. “Nazarimda, ular ancha yo‘l bosishdi”, – dedi u.

Trampning bayonotlaridan so‘ng neft narxi so‘nggi 4 oy ichidagi eng past darajaga tushdi.

 

Hormuzda aniqlik izdan chiqqan

Eron davlat OAV 1-iyul kuni qandaydir xorijiy konteyner kemasi Eron belgilagan tashish yo‘lagidan tashqaridagi sayozlikda qolib ketganini ma’lum qildi.

"Hormuz qayta ochilishda davom etmoqda, biroq bu jarayon notekis, noaniq va shaffof emas", — dedi neft bozori tahlili bilan shug‘ullanuvchi Vanda Insights kompaniyasi asoschisi Vandana Hari.

Bir necha Yevropa davlati bo‘g‘ozni minalardan tozalashga yordam taklif qilgan, biroq Eronda boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish istagi yo‘q.

Mavzuga oid yangiliklar

Vaziyat: Eron yangi hujumlarga shay, AQSh sulhni uzaytirmoqchi emas

Eron va AQSh o‘rtasidagi anglashuv memorandumi samarasiz yakunlandi. Tehron Hormuz bo‘g‘ozida harbiy pozitsiyani egallamoqda, Vashington esa muzokaralarni uzaytirishni istamayapti. 

Siyosat

18.08.2026, 11:50

Tramp benzin qimmatlashishidan ogohlantirdi, Eron esa murosasiz pozitsiyada

Eron AQShni mag‘lubiyatni tan olishga chaqirdi. Tramp esa Tehronni “o‘ta yovuz” deb atab, amerikaliklarni yoqilg‘i narxi ko‘tarilishiga tayyor turishga undadi.

Siyosat

15.08.2026, 12:13

AQSH bilan vaqtinchalik kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha hech qanday siljish yo‘q — Eron rasmiysi

Iyun oyida tuzilgan kelishuvda “barcha jabhalarda harbiy amaliyotlarni tezda batamom to‘xtatish” e’lon qilingan edi, biroq u ko‘p o‘tmay barbod bo‘ldi.

Siyosat

13.08.2026, 13:37

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»

Eron prezidenti Masud Pezeshkian BMT minbarida yadroviy dastur, Hormuz bo‘g‘ozi va AQSh bilan muzokaralar haqida gapirdi.

Jahon

24.09.2026, 10:26

Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozida vaqtinchalik koridor ochishni muhokama qilmoqda

Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi kemalar harakatini tartibga solish hamda minalardan tozalashga oid  qo‘shma loyiha bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.

Siyosat

26.08.2026, 10:36

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi

Eron tashqi ishlar vaziri Donald Trampning Tehronga qarshi yangi kampaniyasini AQSHga nisbatan nafratni kuchaytiradigan “muvaffaqiyatsiz siyosat” deb atadi.

Siyosat

20.08.2026, 16:33

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

F1 çempioni Lyuis Hemilton Ğazo çegarasida

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi

Yetti karra Formula-1 çempioni Hemilton «Rafah» çegara punktini oçişga çaqirdi.

Jahon

12.11.2026, 16:42

Толибон эркак шифокорларнинг аёлларни даволашини чекламоқда

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda

Erkak şifokorlarga ayol bemorlarni mahramsiz körikdan ötkaziş taqiqlangan. Çeklovlar tibbiy yordam oliş imkoniyatini yanada qiyinlaştirmoqda.

Jahon

12.11.2026, 15:46

Ğazodagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosdi

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti

Ğazo sektoridagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosgan, 350 ming atrofidagi aholi toşqinlardan zarar körgan. BMT Isroilni gumanitar yordam yetkaziş uçun barça çegara ötiş punktlarini oçişga çaqirmoqda.

Jahon

12.11.2026, 12:36

Фазлиддинхон Меҳмонов ҳамда блогер Азиз Ғоипназаров

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi

«Demokrat.uz» rahbari va bloger Aziz Ğoipnazarov qanday jinoyatda ayblandi va sud ularga qanday jazo tayinladi? Iş tafsilotlari ma’lum böldi.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 12:27

Янги Тошкент шаҳрининг меъморий макети.

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?

Yangi Toşkentda hokim kimga böysunadi, şaharni kim boşqaradi va davlat idoralari qayerda joylaşadi? Prezident farmoni bilan yangi şaharning boşqaruv tizimi belgilandi.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 11:08

Cохта IMEI код

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari

IMEI kodlarini soxtalaştiriş, noqonuniy import sxemalari va iPhone importi 6,2 barobar oşgan.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:51

Блогернинг ижтимоий саҳифасидан

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida öziga mutlaqo begona qizning suratini uning roziligisiz joylaştirib, unga nisbatan asossiz ayblovlar bildirganlikda gumon qilinmoqda.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:35

Блогер Феруза Норматованинг ижтимоий тармоқдаги саҳифасида эълон қилинган видеосидан лавҳа.

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida öziga mutlaqo begona qizning suratini uning roziligisiz joylaştirib, unga nisbatan asossiz ayblovlar bildirganlikda gumon qilinmoqda.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:35

Kiberhujum

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi

Xakerlar Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid 2 000 dan ortiq hujjatni öğirlagan. Şuningdek, Özbekiston örmon xöjaligiga aloqador tizimga ham kirgan.

Jahon

12.11.2026, 10:18

“Aytmatov” va “Kulpaş” filmlari posteri

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi

Qozoğistonda 1930-yilgi oçarçilik va Stalin qatağonlari aks etgan ikki film namoyişi qoldirildi. Bu holat mamlakatda senzura va ijod erkinligi borasidagi bahslarni kuçaytirmoqda.

Madaniy

11.11.2026, 15:53

Rossiya IIV: migrantlar orasida jinoyatçilik yarim yilda 40 foizga kamaydi

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Rossiyada xorij fuqarolari 20 mingdan ortiq jinoyat sodir etgan. IIV migrantlarga nisbatan çeklovlar jinoyatçilikni kamaytirganini da’vo qilmoqda.

Jahon

11.11.2026, 12:17

GTL

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?

Qariyb 3,42 milliard dollarlik majmua import örnini bosişi kerak edi, ammo işlab çiqariş va import körsatkiçlari loyihaning samaradorligi haqida jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda.

Oʻzbekiston

11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi

Eron inqilobi qöriqçilari korpusining Harbiy-havo va kosmik kuçlari tasarrufidagi yangi raketa majmuasida ballistik va qanotli raketalar joylaştirilgan.

Jahon

11.11.2026, 11:36

Европа Иттифоқи ҳарбийлари Украинада

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi

Qaror Yevropa Ittifoqining Ukrainaga kömaklaşiş böyiça harbiy yordam missiyasi faoliyati yuzasidan ötkazilgan sönggi strategik tahlildan keyin qabul qilindi.

Jahon

11.11.2026, 10:09

Çegara mojarosida zarar körgan uy

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi

Tojikiston bilan çegara hududlari almaşinuvi natijasida Qirğiziston tasarrufiga ötgan 213 ta uyning 170 tasi yaşaş uçun yaroqli deb topildi. Ularni 2021–2022-yillardagi qurolli töqnaşuvlarda uyidan ayrilgan fuqarolarga beriş rejalaştirilmoqda.

Jahon

10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi

 Bu haqda studiya direktorlar kengaşi raisi Yuliana Slaşçyova 9 noyabr kuni Toşkentda ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya mediaforumida ma’lum qildi.  

Madaniy

10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi

12 noyabr kuni Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasida bölib ötadigan örtoqlik uçraşuviga hakamlar tayinlandi.

Sport

10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda

Rossiyada millionlab böş iş örinlari mavjud bölsa-da, hukumat xorijliklarning mehnat faoliyatini çeklaşda davom etmoqda. 2027-yildan sakkizta hududda migrantlarga taksiçilik qiliş taqiqlanişi, Sankt-Peterburgda esa çeklovlar boşqa sohalarga ham yoyilişi mumkin.

Siyosat

09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?

Samsung smartfonlar, televizorlar yoki kir yuviş maşinalaridan taşqari osmonöpar binolar ham quradi. Kiyim-keçak sotadi. Bir paytlar harbiy texnika ham işlab çiqargan. 2016-yilda esa “portlaydigan” telefonlar sotgan. Ayrimlar kompaniya rahbarini mamlakat prezidentidan ham qudratliroq deb hisoblaydi.

Fan-texnologiya

09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi

Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan muloqotida ma’lum qilindi.   

Oʻzbekiston

09.11.2026, 15:16

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →