Vaziyat: Eron yangi hujumlarga shay, AQSh sulhni uzaytirmoqchi emas
Eron va AQSh o‘rtasidagi anglashuv memorandumi samarasiz yakunlandi. Tehron Hormuz bo‘g‘ozida harbiy pozitsiyani egallamoqda, Vashington esa muzokaralarni uzaytirishni istamayapti.
Siyosat
18.08.2026, 11:50
Ulashish:

17-avgust kuni Eronning yuqori martabali rasmiysi Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, AQSh bilan urushni butunlay yakunlashga qaratilgan muzokaralar muzlab qolgani tufayli mamlakat “to‘liq hujumkor” harbiy pozitsiyani egallamoqda.
Tinchlik muzokaralarini va strategik Hormuz bo‘g‘ozida neft tankerlari harakatini qayta tiklash bo‘yicha ijobiy siljish kuzatilmayapti. Bu esa AQSH va Isroil 28-fevral kuni Eronga hujum uyushtirish orqali boshlagan mojaroning yana cho‘zilishi xavfini yuzaga keltirmoqda.
“Eron Hormuz bo‘g‘ozi va kengroq mintaqada keskinlikni kuchaytirishga shay turishi kerak, chunki Eron qiyin qarorlarni qabul qilish va ular asosida chora ko‘rishga tayyor”, — dedi Eron rasmiysi.
Shuningdek, agar diplomatik harakatlar barbod bo‘lsa, Tehron AQSh dengiz blokadasini yorib o‘tish uchun o‘z vaqtida va aniq harbiy hujum uyushtirishini qo‘shimcha qildi.
60 kunlik kelishuv barcham topdi
Iyun oyida imzolangan urushni tugatish to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi Eron va AQShga yakuniy tinchlik shartnomasini tuzish uchun 17-avgustgacha muhlat belgilagan edi.
17-iyun kuni imzolangan memorandum Eron yadroviy dasturi va AQSH sanksiyalari bo‘yicha kengroq kelishuvga erishish uchun 60 kunlik muddat bergan.
“Barcha yo‘nalishlarda harbiy harakatlarni darhol va uzil-kesil to‘xtatish”ni e’lon qilgan ushbu kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat borasidagi nizo sabab bo‘ldi.
Dushanba kuni jurnalistlarning “AQSh iyundagi muvaqqat kelishuvni uzaytirishga intilyaptimi?” degan savoliga Donald Tramp “yo‘q” deb javob berdi.
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan maxfiy aloqa
OAV xabarlariga ko‘ra, Tramp urush davrida yanada qudratliroq bo‘lib olgan hamda Eron qurolli kuchlari va iqtisodiyotining katta qismini nazorat qiluvchi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bilan maxfiy muzokaralarni boshlagan.
Axios nashrining xabar berishicha, AQSh Milliy razvedka direktori lavozimida ishlagan Tulsi Gabbard Iroqdagi Kurdiston rahbariyatining IIQK bilan yaqin aloqalari bor yetakchisi bilan gaplashgan. Ushbu vositachi orqali AQSH IIQK qo‘mondoni, general Ahmad Vahidiyga xabar yetkazgan.
Fox News keyinchalik Donald Tramp telefon orqali bergan intervyusida ushbu xabarni tasdiqlaganini ma’lum qildi.
Tramp ma’muriyati muzokaralar stolida o‘tirgan Eron vakillarining haqiqatan ham Islom inqilobi posbonlari korpusi nomidan gapirayotganiga shubha bilan qaragan, deb yozadi “Axios”.
Reuters Vohidiyning hal qiluvchi shaxsga aylangani haqida xabar bergan edi.
Vahidiy esa Eron muzokarachilari bilan hamfikr ekanligini bildirgan.
“Tafsilotlarga to‘xtala olmasam-da, shuni aytamanki, AQSH va Eron hukumati o‘rtasidagi muloqotlar, ehtimol, har qachongidan ham mustahkamroqdir”, — dedi Trampning kuyovi va maxsus elchisi Jared Kushner 17-avgust kuni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.
Tramp Ummonni bombalash bilan tahdid qildi
Eron AQSH ittifoqchisi Ummon bilan birgalikda boshqariladigan Hormuz bo‘g‘ozini nazorat qilish huquqi o‘zaro anglashuv memorandumining 5-bandida belgilanganini aytdi. AQSh esa buni rad etdi.
Eronning Hormuz bo‘g‘ozidan ruxsatsiz o‘tishga uringan kemalarni o‘qqa tutishi ortidan esa harbiy harakatlar qayta tiklandi va 7-iyul kuni Tramp kelishuv poyoniga yetganini e’lon qildi.
Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozini boshqarish bo‘yicha alohida muzokaralar olib borayotgani va kelishuvga yaqinligini bildirgan.
Tramp esa 17-avgustda Fox News nashriga bergan intervyusida Ummonga tahdid qilib:
“Agar Ummon xalaqit bersa, ularni qattiq bombardimon qilamiz”, — dedi.
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp benzin qimmatlashishidan ogohlantirdi, Eron esa murosasiz pozitsiyada
Siyosat
15.08.2026, 12:13

Hormuzni endi kim boshqaradi?
Jahon
02.07.2026, 11:30

AQSH bilan vaqtinchalik kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha hech qanday siljish yo‘q — Eron rasmiysi
Siyosat
13.08.2026, 13:37

Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozida vaqtinchalik koridor ochishni muhokama qilmoqda
Siyosat
26.08.2026, 10:36

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi
Siyosat
20.08.2026, 16:33

AQSH Eron portlariga blokada joriy etdi
Siyosat
15.07.2026, 15:11
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
