Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 09:58

Isroil Gʻazoni toʻliq bosib olish operatsiyasini boshladi

Isroil armiyasi 360 kvadrat kilometr maydonga ega va 2 milliondan ortiq aholi yashaydigan Gʻazo sektori hududining taxminan 75 foizini bosib oldi.

Isroil Gʻazoni toʻliq bosib olish operatsiyasini boshladi

Isroil armiyasi matbuot kotibi Effi Defrin kechki matbuot anjumanida, Mudofaa vazirligi tomonidan Gʻazoni bosib olish rejasi tasdiqlangach, «Gideon arabalari 2» deb nomlangan operatsiyaga tayyorgarlik boshlanganini bildirdi.

Uning aytishicha, armiya sentabr oyi boshida xizmatga chaqiriladigan 60 ming nafar zaxiradagi askarga chaqiriq yuborgan, shuningdek 20 ming nafar zaxiradagi askarga xizmat muddatini uzaytirish buyrugʻi berilgan. Shu bilan birga, armiya Gʻazo atrofida joylashgan Zaytun tumanida hujumlar oʻtkazayotgani aytildi.

Defringa nisbatan Gʻazoda asir olingan isroilliklarning oilalari tomonidan «asirlarning hayoti xavf ostida qolmoqda» degan eʼiroz bildirilmoqda. U «asirlar oilalari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda va ular ustuvor ahamiyatga ega», deya taʼkidladi.

Gʻazoga 10 mingdan ortiq hujum

Armiyaning ikkinchi bayonotiga koʻra, 18 mart kuni tuzilgan oʻq ochishni toʻxtatish kelishuvini buzgan holda, Isroil Gʻazoga havodan va dengizdan 10 mingdan ziyod zarba bergan.

Isroil armiyasi Gʻazo sektori hududining taxminan 75 foizini bosib olganini bildirdi. Bu hududda 2 milliondan ziyod aholi yashaydi va ular genotsidga uchragani aytilmoqda.

Isroilning maʼlumotiga koʻra, 18 martdan buyon Gʻazoda taxminan 2 ming HAMAS aʼzosi oʻldirilgan, operatsiyalarda beshta rota bir vaqtning oʻzida ishtirok etgan.

Armiya maʼlumotida 18 martdan buyon dunyoda eng zich aholi yashaydigan hududda falastinliklar majburiy ravishda dengiz boʻyi hududining 25 foiziga koʻchirilgani koʻrsatilgan.

20 fevralda mudofaa vaziri hujum rejasini maʼqulladi

Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats 20 fevral kuni bosh shtab raisi Eyal Zamir taqdim etgan Gʻazoga bosqin rejasini maʼqulladi.

Gʻazo shahriga qilingan hujum operatsiyasi «Gideonning jang arabalari II» deb nomlandi.

Isroil Gʻazoga bosqin kiritish haqida qaror qabul qildi

8 avgust kuni Isroil xavfsizlik kabineti Gʻazo shahriga bosqin rejasini maʼqulladi.

Yigʻilishdan oldin Bosh vazir Binyamin Netanyahu: «Biz Gʻazo sektori hududining barchasini egallab olishni maqsad qilganmiz», — dedi.

Isroil matbuoti xabar berishicha, armiya qolgan hududni ham bosib olish buyrugʻini olgan, biroq bu qadam sentabrgacha amalga oshirilmasligi mumkin.

Rejaga koʻra, birinchi bosqichda taxminan bir million falastinlik janubga koʻchiriladi, shahar qorshovga olinib, qattiq hujumlardan soʻng bosib olinadi.

Ikkinchi bosqichda esa markaziy Gʻazoda joylashgan qochqinlar lagerlari bosib olinadi, oʻsha paytga kelib hududning katta qismi vayron boʻlishi kutilayapti.

Isroil 1967 yildan 2005 yilgacha 38 yil davomida Gʻazo sektorida ishgʻolchi kuch sifatida boʻlgan. Hozirda esa taxminan 2,3 million aholi yashaydigan Gʻazo sektori 18 yildan buyon qattiq qamal holatida.

Jahon

21.08.2025, 12:05

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi

“Amnesty international” xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotining yillik hisoboti e’lon qilindi.

Jahon

21.04.2026, 11:26

Gʻazodagi urushda 500 dan ortiq Markaziy Osiyo fuqarolari ishtirok etgan

Gʻazo sektoridagi urushda 50 mingdan ortiq xorijlik ishtirok etgan. Ularning 500 dan ortigʻini Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi. 

Jahon

23.02.2026, 09:15

Isroil Gʻazoda majburiy evakuatsiyani boshladi

Isroil armiyasi oktabr oyida eʼlon qilingan sulhdan beri birinchi marta Gʻazo sektori janubida falastinlik oilalarni majburiy koʻchirishga buyruq berdi.

Jahon

22.01.2026, 12:35

Erdoʻgʻan: Muammoni hal qilish yoʻli — mustaqil Falastin davlatini tuzishdir

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning taʼkidlashicha, Falastin muammosini faqatgina 1967 yilgi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil va suveren Falastin davlatini tashkil etish orqali hal qilish mumkin.

Jahon

14.10.2025, 17:48

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

AQSh rahbari Donald Tramp Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi urush butunlay tugaganini eʼlon qildi. Uning aytishicha, dushanba yoki seshanba kuni asirlar almashinuvi boʻladi. Shuningdek, u Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi tinchlikka erish boʻyichagi Misrdagi imzolash marosimiga ham qatnashish niyati bor ekanini maʼlum qildi.

Jahon

09.10.2025, 23:30

Gʻazoga zarbalarni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvga qaramay Isroil hujumlarni davom ettirdi

Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga hujumlarni toʻxtatish haqidagi kelishuvga qaramasdan, havodan va artilleriya orqali hujumlarni davom ettirdi.

Jahon

09.10.2025, 17:08

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kongo va Ugandada Ebola epidemiyasi tarqaldi

Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada Ebola epidemiyasi avj oldi. Oqibatda 80 kishi vafot etgani gumon qilinmoqda. Shu sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xalqaro miqyosda favqulodda holat e’lon qildi. 

Jahon

18.05.2026, 09:56

Turkiy davlatlar rahbarlari Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qilishdi

XIV asr oxirida Amir Temur farmoyishiga binoan barpo etilgan ushbu maqbara bugungi kunda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Markaziy Osiyodagi oʻrta asr islom meʼmorchiligining eng noyob va muhtasham namunalaridan biri hisoblanadi.

Madaniy

15.05.2026, 16:18

“Eron urushini davom ettirishdan ma’no yo‘q” – Xitoy

Oq uyning ma’lum qilishicha, Tramp va Si Pekindagi muzokaralar chog‘ida Hormuz bo‘g‘ozidagi kema qatnovi yo‘lini ochiq saqlash zarurligi borasida kelishib olgan.

Jahon

15.05.2026, 10:55

Chorvachilikni rivojlantirishda yangi qadam

Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Uning oldiga qoramollar sonini 16,5 milliontaga, qo‘y va echkilar sonini 30 milliontaga, parrandalar sonini 141 milliontaga yetkazish vazifalari qo'yilgan.

Oʻzbekiston

13.05.2026, 17:22

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi

Qaytarilgan artefaktlar Kushon davridan Temuriylargacha bo‘lgan davrlarga oid noyob yodgorliklardan iborat.

Madaniy

13.05.2026, 16:32

Andijon voqealari: 21 yil oldingi qonli kun

2005-yil hibsga olingan andijonlik 23 akramiylar a’zosi deya gumon qilingan shaxslarning yaqinlari va hamkasblari boshlagan namoyishlar pirovardida 13-may kungi qonli voqealariga olib keldi.

Oʻzbekiston

13.05.2026, 14:42

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida kuzatilgan qisqarishdan so‘ng aprel yakunida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1,9 milliard dollarga ko‘payib, jami 70 milliard 891,9 million dollarni tashkil etgan.

Iqtisodiyot

12.05.2026, 15:49

Davomli xantavirus — Infeksiyadan keyingi hayot tashvishlimi?

Ushbu kasallikdan omon qolish to‘liq sog‘ayishni anglatmaydi. Ko‘plab bemorlar xantavirusdan tuzalganidan so‘ng ham COVID kabi uzoq muddatli jismoniy va ruhiy muammolardan aziyat chekmoqda.

Jahon

12.05.2026, 15:09

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazi tashkil etadi

BAAning “Unison Capital Investment” kompaniyasi respublika bo‘ylab 100 ta to‘liq siklli diagnostika markazlarini tashkil etish rejalarini taqdim etdi.

Oʻzbekiston

12.05.2026, 11:25

Moliyaviy xizmatlar sohasida 22,4 foizlik o‘sish qayd etildi

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 46,8 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,4 foizga oshgani bilan e’tiborli.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 16:08

Hindiston bosh vaziri masofaviy ishlashga qaytishni taklif qildi

Narendra Modi koronavirus pandemiyasi davrida qo'llaniladigan masofaviy ish, virtual uchrashuvlar va videokonferensiyalar amaliyotini qayta joriy etish zarurligini aytdi.

Jahon

11.05.2026, 15:40

O‘zbek qizi malay tili bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi

20 yoshli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Madinabonu Abdullayeva Xalqaro malay tili bo‘yicha Malayziya Bosh vaziri musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.

Ta'lim

11.05.2026, 14:01

Qiymati 50 mln dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tadi

Adliya vazirligi Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 12:55

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi

“Samsung Electronics” kompaniyasi Dua Lipa suratidan televizor sotishda ruxsatsiz foydalangan. Xonanda zararni qoplash uchun 15 million dollar talab qilmoqda.

Jahon

11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi

Fransiyalik professor Florent Montakler filologiya bo‘yicha soxta mukofot joriy etganlikda ayblanmoqda. U shuningdek, soxta “Xalqaro filologiya jamiyati”ni tuzgan va amerikalik tilshunos Noam Chomskiyni ham mukofotlagan.

Jahon

09.05.2026, 16:06

Nega “Pivo o‘lkasi”da ichkilik darajasi pasayib ketdi?

Pivo iste’moli bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Chexiyada rekord darajadagi pasayish qayd etildi. Pivo zavodlari xavotirda bo‘lsa-da, mutaxassislar bu o‘zgarishga ijobiy baho bermoqda.

Jahon

08.05.2026, 17:11

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi

Kolumbiyalik xonanda Shakira payshanba kuni 2026-yilgi Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini ommaga namoyish qildi.

Sport

08.05.2026, 10:48

Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyoni logistika markaziga aylantirishi mumkin

Markaziy Osiyo koridorlari dengiz yo‘llariga nisbatan uzunroq va qimmatroq bo‘lsa-da, barqarorlikni ta’minlay oladi. Yo‘lning arzonligi muhim emas. Muhimi – yo‘lning ishonchliligi.

Jahon

07.05.2026, 13:30

O‘zbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Pokiston xalqaro transport aloqalarini rivojlantirish hamda Xunjarob dovoni orqali o‘tuvchi “Pokiston–Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” yo‘lagi bo‘ylab hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. 

Iqtisodiyot

07.05.2026, 12:06

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida

Qamoqda saqlanayotgan  tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti  sovrindori Narges Muhammadiy yurak xastaligi tufayli og‘ir ahvolda.

Jahon

06.05.2026, 17:11

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →